Reja: Qutb yog'dusi
Download 0.86 Mb.
|
Yerning magnit maydoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shimoliy magnit qutbi
Mavzu: Yerning magnit maydoni Reja:
Tabiatdagi go'zal hodisalaridan biri - qutb yog'dusidir. Qutb yog'dusi Yerning shimoliy va janubiy qutblari yaqinida yer yuzidan 80-1000 km. gacha balandlikda ro'y beradi (141-rasm). Bunga sabab, Yer sharining ulkan magnitdair iborat ekanligidir. Quyosh nurlarining zaryadlangan, o'ta kuchli oqimlari sayyoramizga yetib kelganida, qutblarda og'adi. Demak, Yerning magnit maydoni himoya qobig'i vazifasini bajaradi. Yerning magnit maydoni uning sirtidagi jismlarga qanday ta'sir ko'rsatadi? K.ompas strelkasi yoki ipga osilgan doimiy magnit janubdan shimolga tomon yo'nalish bo'ylab joylashadi (142-a rasm). Bu yerning magnit kuch chiziqlari shimoliy magnit qutbdan janubiy magnit qutbga tomon yo'nalganligi, ya'ni yer sharining magnit maydon bilan o'ralgani orqali izohlanadi (142-b rasm). Rasmdagi (N dan S ga yo'nalgan) kuch chiziqlarining ixtiyoriy nuqtasiga qo'yilgan kompas shu chiziqlar yo'nalishida burilishini (joylashishini) bildiradi. Demak, kompas bizga «yo'l ko'rsatmaydi», u biz turgan joyda nisbatan Yer sharining shimoliy va janubiy geografik qutblarini ko'rsatadi. Yerning janubiy magnit qutbi (S) 75° shimoliy kenglik va 99° g'arbiy uzunlik yaqinida, Yer shariniiig shimoliy geografik qutbidan taxminan 2100 km uzoqlikda joylashgan. Shimoliy magnit qutbi (N) esa Yerning janubiy geografik qutbi yaqinida bo'lib, 66,5° janubiy kenglik va 140° sharqiy uzunlikda joylashgan.
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling