2-ma’ruza. Global iqlim o’zgarishi va uning biologik xilma-xillikka ta’siri
Iqlim oʻzgarishining hayvonot dunyosiga ta’siri
Download 31.72 Kb.
|
2-ma\'ruza
Iqlim oʻzgarishining hayvonot dunyosiga ta’siri. Quruqlikda yashovchi
hayvonlarga iqlim va ob-havo kuchli ta’sir etadi, chunki ularning hayoti yashash muhitining haroratiga bogʻliq. Suvda ham quruqlikda yashovchilarning koʻpchiligi suvda va quruqlikda yashayotganligi uchun ularning miqdori 10-martalab oʻzgarishi mumkin, chunki koʻpgina suvda va quruqlikda yashovchilarning koʻpayishi harorat, suv darajasiga bogʻliq. Abiotik omillardan biri – harorat oʻsish va rivojlanishga kuchli ta’sir koʻrsatadi hamda koʻpayish sikli va hayvonlarning xulq-atvorini boshqaradi. Qurgʻoqchilik boshlanishi bilan suv havzalarining qurishi bilan koʻpgina hayvonlarning uvildiriqlari nobud boʻladi. Ba’zi yillarda yogʻingarchilikning kech boshlanishi suvda va quruqlikda yashovchilarning sonini kamayishiga olib keladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar sonining kamayishiga asosiy sabab ozuqaning yetishmasligi, ya’ni umurtqasiz hayvonlarning kamayishi hisoblanadi. Koʻpgina mutaxassislarning fikriga koʻra, yer yuzidagi suvda ham quruqlikda yashovchilar sonining kamayishi oʻtgan asrdan boshlangan. Soʻnggi yillarda 60 mamlakatlarning 500 dan ortiq olimlari 5743 suvda va quruqlikda yashovchilarning populyasiyasini oʻrganishdi. Baholash natijasiga koʻra 25 yil davomida122 tur Suvda ham quruqlikda yashovchilar yoʻqolib ketgan boʻlsa, hozir qurbaqalar, baqalar, salamandra va tritonlarning yoʻqolish xavfi kuzatilmoqda. Olimlar suvda ham quruqlikda yashovchilar sonining qisqarish sabablarini aniqlash qiyinchilik tugʻdirmoqda, lekin ehtimolga koʻra yashash muhitining ifloslanishi, iqlim oʻzgarishi va antropogen omillar boʻlishi mumkin. Kosta-Rikadagi Tropik ilmiy markazi tadqiqotchisi Dj.A.Paunds aniqlashicha, Markaziy va Janubiy Amerika oʻrmonlarida qurbaqalarning yoʻqolishi “gribok” kasalligidan boʻlib, inson faoliyati bilan bogʻliq ekan. F.Paunds aniqlashicha, tropiklarda kechki payt haroratning koʻtarilishi “gribok”larning koʻpayishiga yaxshi sharoit yaratadi. Paunds bilan bir qator olimlar suvda va quruqlikda yashovchilarning xronologiya va geografiyasini iqlim oʻzgarishi bilan solishtirganda oʻrtacha haroratning koʻtarilishi koʻpgina hayvonlarning nobud boʻlishiga olib keladi, degan xulosaga keldilar. Olimlar hisoblanishicha, havoning isib ketishi bulutlarning koʻpayishi va “gribok”larning koʻp boʻlishiga olib keladi. London shahridagi Zoologiya jamiyati olimlarning fikriga koʻra, 2050-yilda yevropadagi yarmidan koʻp Suvda ham quruqlikda yashovchilar yoʻqolish arafasida turipti. Oʻlimga sabab boʻluvchi asosiy omil iqlimning global isishi, hayvonlar arearining buzilishi va kasalliklar epidemiyasi hisoblanadi. Suvda ham quruqlikda yashovchilar populyasiyasiga turli faktorlar ta’sir etib bu - lokal yoki global boʻlishi mumkin. Rossiyalik Suvda ham quruqlikda yashovchilar mutaxassisi A.N. Reshetnikov (2007) hisoblashicha, salbiy omillar populyasiyani qisqarishiga olib kelishini hayvonlar miqdorining oʻzgarishidan farqlash kerak. Buning uchun albatta, monitoring olib borish maqsadga muvofiq boʻladi. Reshetnikov tadqiqotining natijasiga koʻra Suvda ham quruqlikda yashovchilarning kamayishida bir qarcha sabablar boʻlishi mumkin: yer yuzida ultrabinafsha nurlarning koʻpayishi, ozon qatlamining yupqalashuvi, iqlim oʻzgarishi, yuqumli kasalliklarning koʻpayishi, biotoplarning ifloslanishi va buzilishi, boshqa turlarning kirib kelishidir. I.V.Maslova (2001) Janubiy Primorya qoʻriqxonalardagi suvda ham quruqlikda yashovchilarning hayotiga iqlim oʻzgarishi ta’sirini oʻrgandi. Xulosa qilinishicha, suvda va quruqlikda yashovchi, tuproqda qishlovchi hayvonlarning fenologiya va ekologiyasiga qorning qaysi paytda erishi ta’sir koʻrsatadi. Qor eriganda dastlab janub ekspozitsiyasidagi Suvda ham quruqlikda yashovchilar fevral oyining oxirida chiqar ekan. Boshqa rayonlarda, botqoq tuproqlardagi qorlarning sekin erishi hayvonlarning ikki hafta kech chiqishi kuzatiladi. Maslova xulosasiga koʻra, tuproqdagi qorning erishi suvda va quruqlikda yashovchilarning koʻpayish jarayoniga ta’sir koʻrsatadi. Hayvonlar migratsiyasi yashash joyida muhit sharoitining oʻzgarishi yoki rivojlanishningʻ har xil davrlarida hayvonning yashash muhiti sharoitiga talabining oʻzgarishi migratsiya bilan bogʻliq. Hayvon yashaydigan joyda yashash sharoitining oʻzgarishi ta’sirida sodir boʻladigan Hayvonlar migratsiyasi davriy (mavsumiy, sutkalik) yoki nodavriy boʻlishi mumkin. Hayvonlar, odatda, ajdodlari oʻtgan yoʻl orqali migratsiya qiladi. Davriy (siklik) migratsiya har xil: vertikal (sut emizuvchilar, qushlar va hasharotlarning togʻning vertikal mintaqalari boʻyicha, umurtqasizlarning tuproq va suv qatlamlari boʻyicha migratsiyasi), anadrom (oʻtkinchi baliqlarning dengizlardan daryolarga oʻtishi), katadrom (oʻtkinchi baliqlarning daryolardan dengizlarga oʻtishi) xillarga ajratiladi. Dengiz toshbaqalari va sut emizuvchilarining okeanlarda, tuyoqli, yirtqich va kemiruvchi sut emizuvchilarning quruqlikda, koʻpchilik qushlar, koʻrshapa-laklar va hasharotlarning havo orqali migratsiyasini ham davriy deyish mumkin. Davriy boʻlmagan, ya’ni sporadik migratsiya-oʻtroq yashovchi hayvonlar (olmaxonlar, lemminglar va boshqalar) yashash muhitining yomonlashuvi (qurgʻoqchilik, yongʻin, toshqin va boshqalar), individlar sonining oshib ketishi natijasida sodir boʻladigan ommaviy koʻchishi. Bu xildagi migratsiya tartibsiz sodir boʻladi va koʻp hollarda hayvonlarning yalpi qirilib ketishiga olib keladi. Ontogenetik migratsiya - rivojlanishning har xil davrlarida hayvonlarning yashash muhiti sharoitiga talabining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Bunday migratsiya lichinkalik (oʻtroq yashovchi assidiyalar, korall poliplar, gʻovaktanlilar, qalqondorlar va boshqalar) yoki jinsiy voyaga yetgan davrda sodir boʻlishi mumkin. Faol migratsiya qilish uchun hayvonlar vaqt va yoʻnalishni biologik sezish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Migratsiya hayvonlarni tamgʻalash va eksperiment orqali oʻrganiladi. Sut emizuvchilarning migratsiyasi, asosan, tuyoqlilar, kurakoyoqlilar, koʻrshapalaklar Shimoliy yarimsharda iqlimning oʻzgarishi va muzliklarning shimolga qarab chekinishi natijasida shakllangan. Muzliklarning erishi bilan oziq topish va koʻpayish uchun yaroqli maydonlar koʻpaydi. Shimol kiyiklari (karibu) har yili 600 dan 800 km masofani bosib oʻtadi. Yozda kiyiklar tundrada oʻtlab yursa, iyulda ninabargli oʻrmonlar orqali janubga qarab bir xil marshrut boʻyicha harakatlanadi va bahor faslida esa yana qaytadilar. Ularning harakat tezligi 15-20 km/sutkaga teng. Ayrim vaqtlarda daryolarning suvi toshgan boʻlsa koʻpchilik kiyiklar nobud boʻladi. Iqlim isishi tuyoqli hayvonlarning yashash muhitining oʻzgarishiga olib keladi, bu faqat qishlash va koʻpayish emas, balki migratsiya yoʻlida boʻlishi mumkin. Shunday qilib, hayvonlarning migratsiyasi anʻanaviy migratsiya yoʻlini oʻzgartirishi ularning koʻproq nobud boʻlishiga va populyasiyasining qisqarishiga olib keladi. Erik Post Pansilvaniya universitetidan (AQSh), Mads Forchxammer Kopengagen universiteti (Daniya) va ularning hamkasblari (1999) iqlim oʻzgarishining ta’sirida kiyik (karibu) va qoʻyhoʻkizlarning uzoq vaqtli populyasiya dinamikasini tahlil qildilar. Karibu va qoʻyhoʻkizlar Grelandiyaning turli qirgʻoqlarida va muz qalqonlari bilan ajralganlar joylarda yashaydilar. Lekin lokal (mintaqa) qishki harorat va Shimoliy-Atlantik global ob-havo indeksining oʻzgarishi mana shu turlarning dinamikasiga ta’sir koʻrsatadi. Qattiq sovuq qish yosh individlarning oʻlish sonini koʻpayishiga olib keladi. Mumkin sovuq qish ular oziqlanadigan oʻsimliklarga ham ta’sir qiladilar, oziqning yetishmasligi ham populyasiyalar sonining kamayishiga olib keladi. Umuman bu turlarning migratsiyasi mavsumiy boʻlib, yilning iqlim sharoitiga bogʻliq. Hayvonlarning migratsiyasi nafaqat Shimolda, balki iqlimi issiq Afrika mintaqasida ham yuzaga keladi. Ob-havo omillari asosiy sabab boʻlmoqda. Tropik Afrikada yomgʻirli davr boshlansa, yarim choʻllar va dashtlarda oʻt va oʻsimliklarning uygʻonishi sodir boʻlib, koʻpgina hayvonlarni oʻziga jalb qiladi. Zebra, gazel va boshqa tuyoqlilar ulkan podasi ortidan katta yirtqichlar - sher, yoʻlbars, shoqol, giena va boshqalar izidan boradilar. Yomgʻirlarning oʻtishi va quyoshning issiq taftidan oʻsimliklarning qurishi bilan hayvonlarning qayta migratsiyasi boshlanadi. V.N.Lissov koʻp yillar davomida Arktika dengiz muhitini himoyasi boʻyicha Xalqaro guruhlar ishida ishtirok etib “Xavfli isish” (2007-y.) nomli maqolasida soʻnggi 10 yillar ichida Arktika muzliklarining qisqarishini yozadi. Har yili qariyb 100 ming kv. km muz maydoni qisqarishi va Islandiyaning butun maydoniga tengligini ta’kidlaydi. Muzliklar nafaqat qisqarishi, balki muz qalinligi yupqalashuvi sodir boʻlmoqda. Soʻnggi 30 yil ichida dengiz muzlari qariyb 1,3 m.ga yupqalashdi va qancha muz yupqalashsa muz mavsumi ham qisqa boʻladi. Hozirgi kunda muzlarning erishi erta bahorda boshlanmoqda. Iqlimning global oʻzgarishi qutb sutemizuvchilariga salbiy ta’sir qilmoqda. Kelajakdagi iqlim qanday boʻlishi va oqibatlari toʻgʻrisida turli olimlar fikr bildirib oʻtgan. Jumladan, Avstraliya iqlimshunosi va yozuvchisi T.Flanner turli olimlar tomonidan turli yillar, hatto turli asrlarda iqlim oʻzgarishi boʻyicha qilingan bashoratlarni roʻyxatini tuzdi. Quyida roʻyobga chiqqan 5 ta bashoratni keltiramiz. Bu global iqlimni bir koʻrishda afsona emasligini isbotlaydi va hamma insoniyat bunga oʻz eʻtibor berishlari kerak deb hisoblaymiz. 1. Bundan 100-yil oldin (1893-yilda) shved olimi Nobel mukofoti laureati Svante Arrxenius ta’kidlagan edi: biz atmosferaga qancha koʻp karbonat angidrid gazini chiqarsak yer shuncha qiziydi. Zamonaviy ilmiy ishlar sayyoraning harorati va CO2 darajasi bir-biri bilan toʻgʻri propotsionalligini isbotlashdi. 2. Yuz yil oldin qilingan bashorat, dovullarni kuchayib borish ham oqlandi. Misol uchun uzoqqa borish shart emas, “Katrina” bilan boshlangan dovullar ketma-ketligini eslashni oʻzi kifoya. 3. NASA olimi Jeyms Xansen qutb muzlari tez erishini aytib oʻtgan. Hozir biz muzliklarni erishini kuzatmoqdamizki, Arktik muzlarining qalinligi qariyb 40%ga kamaydi. Bundan tashqari togʻ muzliklarining chekinishi, koʻl va daryolarni muz bilan qoplanishning yillik davomiyligi ikki haftaga qisqarishi, qor va muzlik qoplamlarining masofasi 10-15 %ga qisqarishi kuzatilmoqda. 4. Yigirma yil oldin BMT iqlimni oʻrganuvchi bir guruh olimlari 2000- yildan boshlab iqlim oʻzgarishlari sezila boshlaydi deb ta’kidlagan edilar. Shunday ham boʻldi – oxirgi issiq yoz kunlarini va favqulotda iliq qishlarni eslashni oʻzi kifoya. 5. 1980-yillar bashorati-okean sathini koʻtarilish ham asoslandi. Bugun hammaga ma’lumki, iliq dengiz suvlarini kengayishi va qutb muzlarini erishi hisobiga 20-yuzlikda okean sathi 10-20 sm ga koʻtarildi. Iqlim oʻzgarishini oldindan aytib berish-ob-havoni oldindan aytib berishga nisbatan ancha murakkab vazifa. Bunda ob-havoni oldindan aytishda ma’lum kunlar (2-3 kun kabi) yoki xalq iboralari, odatlari, oʻtgan yillardagi holat hisobga olinadi. Kelajak hisob-kitoblari, xususan, 2100-yilgacha atmosferaning radiatsion isishi asosan issiqxona samarasining antropogen kuchayishi sharoitlarida koʻrinadi. Bir yuz yillik masshtabining tabiiy omillari oʻrni u qadar ulkan emas. Shu bois model hisob-kitoblarni uch qadam koʻrinishida tasavvur qilish mumkin. Avval CO2 chiqindilari, shuningdek boshqa gazlar va aerozollarni prognoz qilinadi. Keyin atmosfearadagi CO2 va boshqa gazlar va aerozollar konsentratsiyasi hisoblanadi. Uchinchidan, eng qiyin bosqichda yildan yilga atmosfera va okeanlarning umumiy sirkulyatsiyasi modeli yordamida kelajak tuziladi: harorat, yogʻingarchilik qor qatlami holati va boshqalar. Agar oʻrtacha global oʻzgarishlar darajasi XX asrda 0,6oCni tashkil etgan boʻlsa, XXI asrda oʻzgarish 3 barobarga ortishi prgnoz qilinmoqda. Oʻrtacha haroratning 2oC ga koʻtarilishi, qator hududlarda 5oC va undan yuqori ga oshishini bildiradi. Ayniqsa, kuchli oʻzgarishlar qutbdagi hududlarda boʻlishi kutilmoqda. Oʻzgarishlar yomonlashgan sharoitda esa oʻrtacha harorat 6 C ni, alohida joylarda 10-15 C ni tashkil etadi. Bu oʻz navbatida iqlim oʻzgarishining kardinalligini va ehtimol noqulay ob-havo koʻrinishlarini chastotasining kattalashuvini yuzaga chiqaradi. XXI asr insoniyatning havoga CO2 antropogen chiqindilarni, issiqxona gazlarining atmosfearaga chiqishini chegaralashi va qisqartirishiga bogʻliq. Afsuski, isish oʻrtacha haroratning yumshoq va ravon koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaydi. U barqaror boʻlmagan ob-havo sharoitida katta miqdorda anomal koʻrinishlar (jazirama, qurgʻoqchil, kuchli yogʻingarchiliklar va qor koʻchishi, kuchli suv toshqinlari, sellar va b.)da koʻrinadi. Umumiy qilib aytganda, butun dunyoda iqlim oʻzgarishi mahalliy muammolarni keskinlashuviga olib kelmoqda. Jonli tabiat va biologik xilma-xillik qirilib ketish havfi ostida, bunga sabab albatta insonning faoliyatidir. Endilikda esa yangi chaqiriq, ya’ni iqlim oʻzgarishi havfi soya solmoqda. Ma’lumki, turli ekotizimlarning mavjudligi avvalo, iqlim sharoitlariga bogʻliq. Shunday turlar borki, iqlim oʻzgarishi natijasida hatto qisqa muddatli sovuq yoki qurgʻoqchilikda ham qirilib ketishlari mumkin. Hayot belgilangan tabiiy sharoitlarga moslashib boradi. Agar iqlim tizimi belgilangan oʻzgarishni boshdan kechirsa yoki ular tez sodir boʻlsa, u holda ayrim turlar boshqa rayonlarga joylashuviga yoki moslashuviga yoki halok boʻlishiga toʻgʻri keladi. Quruqlikda ham dengizda ham haytning aborigen shakllarini siqib chiqarib, aloqida flora va fauna turlarini janubdan shimolga, “isib” ketgan hududlardan odatiy sovuqlariga harakat boshlanadi. Isishning intensiv boʻlishi ekotizim uchun shunchalik zarbalidir. Global isish sharoitida barcha oʻsimlik va hayvonlar ham yashab qololmaydi. Bu maydonda faqatgina insonlar bilan yaqinda yashaydigan, tez koʻpayadigan, shu bilan birga katta yashash arealiga ega va iqlim sharoitiga tez moslasha oladigan hayvonlargina yashab qolishlari mumkin. Download 31.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling