2-ma’ruza ideal va real gazlar reja
Aralashma tarkibini ifodalash usullari
Download 71.33 Kb.
|
2-MA\'RUZA IDEAL VA REAL GAZLAR (3)
Aralashma tarkibini ifodalash usullariGazlar ish aralashmasining tarkibi shu aralashma tarkibiga kiruvchi har qaysi komponentning miqdori bilan aniqlanadi. Aralashmaning tarkibi odatda massaviy, hajmiy va molyar ulushlar bilan ifodalanadi. Agar massasi m bo‘lgan aralashma n komponentdan tarkib topgan bo‘lsa, u holda aralashmadagi ayrim komponentlarning massaviy ulushlari quyidagiga teng bo‘ladi: (2.22) bu yerda m1, m2….mn - aralashmani hosil qiluvchi ayrim komponentlarning massalari. Ma’lumki, gazlar aralashmasidagi ayrim komponentlar massalarining yig‘indisi barcha aralashmaning massasiga teng bo‘ladi: m1+m2+….+mn=m (2.23) Bu tenglik gazlar aralashmasi massaviy tarkibining tenglamasi deyiladi. (1.20) va (1.21) tenglamalardan ko‘rinib turibdiki, gazlar aralashmasidagi ayrim komponentlar massaviy ulushlarining yig‘indisi 1 ga teng. q1+q2+….qn=1 (2.24) Agar n komponentdan tarkib topgan aralashmaning hajmi V bo‘lsa, u holda aralashmadagi komponentlarning hajmiy ulushlari quyidagi tenglamalar bilan aniqlanadi: (2.25) bu yerda: V1, V2….Vn – aralashma tarkibiga kiruvchi komponentlarning partsial hajmlari. Aralashma tarkibiga kiruvchi komponentning shu aralashmaning temperaturasidagi va bosimidagi hajmi uning partsial hajmi deyiladi. Aralashma hajmiy tarkibining tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi. V1+V2+V3+…..Vn=V (2.26) Gazlar aralashmasidagi komponentlar hajmiy ulushlarining yig‘indisi birga teng: r1+r2+r3+….+rn=1 (2.27) Bazi hollarda aralashma tarkibini mol ulushlari vositasida aniqlash qulay bo‘ladi. Komponentning aralashmadagi mol ulushi deb, ko‘rib chiqilayotgan komponentning mollari miqdorining aralashma mollarining miqdoriga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Aralashma birinchi komponentning n1 mollaridan, ikkinchi komponentning n2 mollaridan va hokazolardan tarkib topgan bo‘lsin. Aralashma mollarining soni n=n1+n2+….+nn (2.28) va komponentlarning mol ulushlari quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: x1=n1/n; x2=n2/n;….xn=nn/n, (2.29) bundan x1+x2+…..xn=1 yoki . (2.30) Massaviy va hajmiy ulushlar orasidagi quyidagidek bog‘lanishlar mavjud. (2.31) Avagadro qonuniga asosan va qi=rimi/m=riR/Ri (2.32) ri=qim/mi=qiRi/R (2.33) Aralashmaning zichligi: (2.34) Aralashmaning solishtirma hajmi: (2.35) Gaz dommiysi: (2.36) Tuyulma molekulyar massa: (2.37) Download 71.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling