2-maruza. Issiqlik nurlanishi. Kirxgof qonuni. Stefan-Bolsman qonuni va Vin siljish qonuni. Reley-Jins qonuni Reja


Download 377.3 Kb.
bet6/6
Sana22.02.2023
Hajmi377.3 Kb.
#1219598
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-мавзу атом 22 топширикли

Vin formulasi. 1896-yilda nemis olimi Vin har bir tebranish modasi (kovak bo‘shlig‘idagi turg‘un to‘lqinlar) E(ν) – energiyani tashuvchidir degan g‘oyani taklif qildi. Lekin berilgan chastotada hamma modalar uyg‘otilmagan. Uyg‘otilgan modalarning nisbiy soni ΔN/N Bolsman taqsimoti qonuni orqali aniqlanadi:
, (13)
Bundan esa chastotasi bo‘lgan modaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha energiya quyidagicha ifodalanadi:
, (14)
Vin umumiy termodinamik mulohazalardan shunday xulosaga keldiki, har bir moda energiyasi chastotaga proporsional bo‘ladi:
, (15)
(15) formulada h – proporsionallik koeffisiyenti bo‘lib, hali u davrda Plank doimiysi ekanligi aniqlanmagan edi. U vaqtda (14) formulani hisobga olgan holda (1) formulani quyidagicha yozish mumkin bo‘ladi:
(16)
(16) formula Vin formulasi deyiladi. ρν ning Vin formulasi asosida hisoblangan qiymatlari issiqlik nurlanishi spektrining yuqori chastotalar sohasida tajribadan olingan natijalar bilan mos keladi (4-rasmda tutash chiziq). Kichik chastotalar sohasida Vin formulasi asosida hisoblangan ρν ning qiymatlari tajribadan olingan qiymatlar­dan kichikroq qiymatlarni beradi. Shunday qilib, Vin formulasi issiqlik nurlanishi spektrining yuqori chastotalar sohasida tajriba natijalari bilan mos keladigan to‘g‘ri natijalarni beradi. Reley-Jins formulasi esa spektrning kichik chastotalar sohasida tajriba natijalari bilan mos keladigan to‘g‘ri natijalarni beradi. Lekin har ikkala formula ham spektrning o‘rta qismini yoki to‘liq spektrni tushuntira olmadi. Bunday hol issiqlik nurlanishi nazariyasini klassik fizika qonunlari asosida tushuntirib bo‘lmasligini ko‘rsatadi.


Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:



  1. Issiqlik nurlanishining hosil bo‘lishini tushuntiring.

  2. Jism nurlanish sistemasida muvozanatli holat qaysi vaqtda bo‘ladi?

  3. Absolyut qora jism deb qanday jismga aytiladi?

  4. Absolyut qora jismning amaldagi modeli qanday?

  5. Issiqlik nurlanishining spektri qanday ko‘rinishda va undagi egri chiziqlar nimani ifodalaydi?

  6. Kirxgof qonuni qaysi kattaliklar orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi?

  7. Absolyut qora jism to‘la nur chiqarish qobiliyati bilan absolyut temperatura orasida qanday bog‘lanish bor?

  8. Vin qonuni qaysi kattaliklar orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi?

Download 377.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling