2 maruza mashg`uloti: Sharq Uyg‘onish davrida pedagogik


“Axloqiy Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o’rni


Download 66.88 Kb.
bet12/24
Sana13.03.2023
Hajmi66.88 Kb.
#1266138
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
2 MARUZA MASHG`ULOTI

“Axloqiy Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o’rni.Davoniyning axloqiy tarbiyaga bag’ishlangan “Axloqi Jaloliy” asari dunyoning ko’p tillariga tarjima qilingan. Asar uch qismdan iborat. Birinchi qism – axloq faniga, ikkinchi qism – “Odamning ichki holati” oilaviy hayotiga, uchinchi qism – “Shahar (davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati” deb nomlanib, unda muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar ko’tariladi.
Davoniy inson o’zining aqliy qobiliyatini tarbiyalash uchun quyidagilargaamal qilish lozimligini uqtiradi: 1) zehn o’tkirligi; 2) fahmlilik; 3) zehn ravshanligi; 4) bilimni tez egallash qobiliyati; 5) qo’yilgan muammoni tezdaanglashi; 6) yodlash qobiliyati; 7) xotira.
Davoniy insonga foyda keltiradigan kasb-hunarni uchga bo’ladi: 1) inson aqliy faoliyati bilan bog’liq; 2) ta’lim-tarbiya natijasida vujudga keladigan; 3) kishilarning shijoati, jasurligi bilan bog’liq.
Davoniy insoniy fazilatlarni to’rtga bo’ladi: donolik, adolat, shijoat, iffat.
Davoniy g’azabni eng og’ir ruhiy kasallik deydi. G’azab kishining katta nuqsoni, kamchiligi, aqlsizligidir, agar aql g’azab va hissiyotga bo’ysunsa, kishi hayvon darajasiga tushib qolishi mumkin, chunki hayvonning aqli bo’lmaganligi tufayli u g’azab va quvvatini o’ziga buysundiraolmaydi. Inson aqli bo’la turib g’azabni buysundiraolmasa, buni hech qachon kechirish mumkin emas.


XVII ASRDAN XIX ASRNING YARMIGACHA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI.
Reja:
1.Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya.
2.Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni.
3. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni.
4.Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnihatga doir dastlabki qo‘llanma sifatida.
5.Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning “Odob as-solihin” asari – yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba.
Buxoro amirligi, Qo’qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya. XVII-XIX asrlarda O’rtaOsiyoda bir nechta turdagi talim muassasalari (maktab, madrasa, qorixona, daloilxona, otnoyilar maktablari) mavjud edi. Ayniqsa Qo’qon, Toshkent, Buxoro kabi shaharlarda ularning soni tez ko’paygan.
Maktablar boshlang’ich talim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish va o’qish o’rgatlgan, din haqida dastlabki malumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi o’quv muassasasi hisoblangan, qorixona va daloilxona («Daloil al-xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.
XIX asrdagi Qo’qon xonlari arxivlarida beklar va xonlar saroylarida sag’ir (etm)lar uchun ochilgan maktablar haqidagi malumotlar saqlanib qolgan. Bunday maktablar davlat mablag’lari hisobiga faoliyat yuritgan.

Download 66.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling