2 maruza mashg`uloti: Sharq Uyg‘onish davrida pedagogik


Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni


Download 66.88 Kb.
bet14/24
Sana13.03.2023
Hajmi66.88 Kb.
#1266138
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
2 MARUZA MASHG`ULOTI

Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni. Masjid va xonaqohlar qoshidaochilgan maktablarda faqat o’g’il bolalar o’qitlgan. Qiz bolalar o’z davrining o’qimishli ayollari tomonidan uylaridaochilgan maktablarda o’qitlgan. Ayol muallimani o’lkaning turli hududlarida “otnoyi”, “otnbibi”, “bibiotn”, “bibixalifa” deb ataganlar. Qizlar maktabi o’g’il bolalar maktablariga nisbatan ancha kam bo’lgan, ko’p hollarda maktabdorlarning, imomlarning xotnlari maktabdorlik qilgan. Qizlar maktabi haqida K.E.Bendrikov “Turkistondaxalq maorifi tarixidan ocherklar” asarida quyidagilarni yozadi: “Qizlar ishqiy maktublarga berilmasinlar deb, qizlar maktabida yozuvga o’rgatlmagan”. Professor U.Dolimovning fikricha, bu so’zlar haqiqatdan ancha yiroq. O’zbek xalqi – o’tmishda eng ko’p shoiralar etshtrgan xalq, agar yozuvga o’rgatlmaganida edi, podshohlar saroyiga mansub bo’lgan Gulbadanbegim, Zebunisobegim, Nodirabegimlarni qo’ya bering, XIX asrning o’zida Uvaysiy, Mahzuna, Dilshodi Barno, Muazzamxon, Muattarxon, Anbar otn, Qamarniso, Nozimaxon kabi o’nlab mashhur shoiralar qaerdan etshib chiqqan?!
O’rtaOsiyoda faoliyat yuritgan qizlar maktabining yirik namoyondalaridan biri – Jahon Otn Uvaysiydir. O’zining butun faoliyat davomidaxalqimiz orzu-umidlarini ro’yobga chiqarishga harakat qilgan Jahon otn xalqimizning oqila qizlarini tarbiyalash, go’zal hayotga erishishning birdan-bir yo’li deb o’ylab, o’zining butun umrini yosh qizlarga talim-tarbiya berish bag’ishladi.
O’z maktabida qizlarga boshlang’ich talim berar ekan, Jahon Otn ularning zehnini o’strishga kattaahamiyat beradi. Otn o’z shogirdlariga savod o’rgatbgina qolmay, ular orasidan iqtdorli qizlarni tanlab sharq sheriyat bilan tanishtradi. Qizlarni nazm bo’stonigaetaklaydi.
Atoqli zullisonayn shoira Dilshodi Barno 50 yildan ortq muallimalik qilib, qizlargaxat-savod o’rgatdi, tabi nazm qizlarga sheriyat ilmidan dars berdi.
Dilshod o’z maktabida yosh qizlarni tarbiyalar, ulargaxat-savod o’rgatar va ularni chuqur bilim egasi qilib chiqarishga intlar edi. SHu bilan birga, yosh istedodli qizlarga o’zbek, tojik mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarini ham o’rgatar va ularni nafosat ruhida tarbiyalab, o’z zamonasining ilg’or kishilari qilib etshtrishga harakat qilgan.

Download 66.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling