2-ma’ruza. Matematikani o‘qitishdagi ilmiy usullar. Ilmiy tadqiqot uslublarining umumiy xarakteristikasi Reja


Download 212.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana08.01.2022
Hajmi212.61 Kb.
#250798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5267111367965412275

2. Kuzatish deb atrof olam alohida obyektlar va hodisalarining xossalari va 

munosabatlarini ular mavjud bo’lgan tabiiy sharoilarda o’rganish usuliga aytiladi. 




Kuzatishni oddiy qabul qilishdan farq qilish lozim. U yoki bu obyektni qabul 

qilish bu obyektning sezgi organlarimizga ta’sir etish paytidagi ongda bevosita aks 

etish jarayoni bo’lib, kuzatish uni o’z ichiga oladi va u bilan chegaralanmaydi. 

Kuzatish  xotirada  saqlash  va  keyin  kuzatish  natijalarini  so’zda  (yoki 

yozuvda) aks ettirilishiga ham bog’liqdir. 

Tajriba  deb  obyektlar  va  hodisalarni  o’rganishning  shunday  usuliga 

aytiladiki,  bunda  biz  ularning  tabiiy  holatiga  va  rivojiga  aralashamiz,  ular  uchun 

sun’iy  sharoitlar  yaratamiz,  qismlarga  ajratib  boshqa  obyektlar  va  hodislar  bilan 

bog’lanishlar hosil qilib tadqiq etamiz. 

Har  bir  tajriba  kuzatish  bilan  bog’liq.  Tajriba  o’tkazayotgan  shaxs  tajriba 

borishini  kuzatadi,  ya’ni  obyekt  va  hodisalarning  yaratilgan  sun’iy  sharoitlardagi 

holati, o’zgarishi va rivojlanishini kuzatish amalga oshiriladi. 

Kuzatish  va  tajriba  usullari  tabiiy  fanlar,  fizika,  kimyo,  biologiyada  asosiy 

o’rinni  egalaydi.  Matematika  esa  umumiy  holda  tajribaviy  fan  emas,  shuning 

uchun matematik tadqiqotlarda bu usullar muhim o’rin egallamaydi. 

1.  Natural  sonlarni  tub  ko’paytuvchilarga  ajratishni  kuzatib,  turli  natural 

sonlar uchun bu yoyilmalarni topib, tub va murakkab son tushunchalari ma’nosini 

tushunadilar. 

2.  Uchburchak  ichki  burchaklari  yig’indisining  qiymatlarini  tajriba  yo’li 

bilan  aniqlab,  uning  yoyiq  burchakka  teng  ekanligini  topadilar,  xuddi  shunga 

o’xshash  kuzatish  va  tajriba  orqali  yasash  va  o’lchashlar  natijasida  muhim 

geometrik xossa, qonuniyatni ochishga va uni isbotlashga zamin tayyorlanadi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  kuzatish  va  tajriba  matematik  tadqiqotlarda  asosiy 

usullar  qatoriga  kirmasada,  uni  o’qitish  va  o’rganishda  qo’llanilishi  mumkin.  Bu 

usullarni qo’llash natijalari u yoki bu matematik ma’lumotni qat’iy asoslash uchun 

to’liq yetarli emas, vaholonki, uni topish va izlashda qo’l keladi.  


Download 212.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling