xossa fikran ajratishdan iborat. Maslan, romblar to’plamidan teng diagonalli
qarashga o’tishdan iborat. Masalan, musbat kasr sonlar to’plamini qarashdan
natural sonlar to’plamini qarashga o’tish maxsuslashtirishdan iborat. Bunda
o’zgaruvchi miqdorni o’zgarmas bilan almashtirish yoki o’rganish obyektiga
cheklashni kiritishni (uchburchak–teng yonli uchburchak) maxsuslashtirish deb
mumkin. Birinchi shakli, predmetni hissiy bilish bo’lib, bunda predmetning bir
xossasiga qaramasdan boshqa uning xossalarini ajratishdir. Geometrik jism sifatida
qarab predmetning shakli, o’lchovlari, tekislikda yoki fazodagi vaziyatiga qaraladi.
Ikkinchi shakli abstraksiya hissiy bilishdan umuman olganda kelib chiqadi.
Masalan, uchburchakning turli burchaklar bo’yicha sinflashda abstraktlashtirib
uchburchakning turlicha tomonga egaligi xossasiga e’tibor bermay, abstrakt
uchburchak tushunchasi bilan ish ko’riladi. Salbiy tomoni shundaki,
o’rganilayotgan obyekt ba’zi xossalariga e’tibor bermaydi. Lekin bu xossalardan
tashqari bizga muhim bo’lgan xossalari ajratib qaraladi. Demak, abstraksiyalash –
o’rganilayotgan obyekt ba’zi muhim bo’lmagan xossalariga fikran e’tibor
bermasdan xossani tadqiq etish uchun muhim xossa ajratib qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: