2-Ma’ruza Mavzu: Elektr ta’minoti qurilmalari


Elektr energiyasi to‘satdan o‘chgan holda energiya bilan ta’minlash


Download 57.73 Kb.
bet4/6
Sana03.10.2023
Hajmi57.73 Kb.
#1691105
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-maruza

3. Elektr energiyasi to‘satdan o‘chgan holda energiya bilan ta’minlash


Qurilmalarni elektr tarmog‘ida kuchlanishning yo‘qolishidan himoyalash uchun ma’lum vaqt ichida tizimning ishga yaroqligini saqlab turadigan qurilmalardan foydalaniladi. Bu vaqt ichida foydalanuvchi o‘z ish faoliyatini tugatib, natijalarni kompyuter xotira siga saqlab qo‘yishga va kompyuterni o‘chirishga ulguradi. Bunday qurilmalarning ikki turi mavjud: zaxirali ta’minot manbayi (Standby Power Supply – SPS) va uzluksiz ta’minot manbayi (Uninterruptible Power Supply – UPS). Tarmoq buferi qurilmalari orasida imkoniyatlari yaxshisi UPS bloklaridir, chunki ular kompyuterning ishlashini buzilish vaziyatlarida ta’minlabgina qolmay, balki kuchlanishni barqarorlashtiradi va ularni xalallardan tozalaydi.
Zaxirali ta’minot manbayi (SPS). Bu ta’minot manbayi faqat tarmoq kuchlanishi yo‘qolganda yoki juda ham pasayganda ishga tushadi. Bu vaziyatda moslangan datchik ishga tushib, SPS blokida o‘rnatilgan doimiy kuchlanishni o‘zgaruvchan kuchlanishga o‘zgartirgichga akkumulatorli batareya ulanadi. Qurilmaning chiqis higa beriladigan tarmog‘ kuchlanishining o‘rniga o‘zgaruvchan kuchlanish ishlab chiqarila boshlaydi.
SPS ning ba’zi bir modellarida zaxirali elektr ta’minotiga o‘tish juda tez amalga oshmaydi. Bu vaziyatda kompyuter o‘chishi yoki qayta yuklanishi mumkin. Yuqori sifatli SPSlarda ferrorezonansli stabilizatorlar o‘rnatiladi. Bu deyarli katta qurilma bo‘lib, bir sxemadan ikkinchisiga o‘tayotganda kompyuterni elektr toki bilan ta’minlash uchun foydalaniladigan bir qancha miqdorda elektr energiyani zaxiralash imkonini beradi.
Ko‘rib o‘tilgan bloklarga filtr-stabilizatorlar o‘rnatilishi mumkin, ammo narxi arzon modellarda o‘rnatilmaydi va kuchlanish odatdagi vaziyatda kompyuterga hech qanday filtrlashsiz, bevo sita elektr tarmog‘idan uzatiladi. Ferrorezonansli stabilizator o‘rnatilgan SPSlarda chiqish kuchlanishi o‘zgarmas bo‘ladi, boshqa qurilmalarga ishonchli bo‘lishi uchun qo‘shimcha filtr-stabilizatorlar o‘rnatilishi kerak.
Uzluksiz elektr ta’minoti manbayi (UPS). Bu qurilma kompyuterni kuchlanishning keskin o‘zgarishidan himoyalash uchun (ya’ni tarmoq filtri vazifasini bajaradi) mo‘ljallangan va elektr energiyasi o‘chgan vaziy atda kompyuterga yoki boshqa qurilmalarga belgilangan vaqt oralig‘ida elektr ta’minotini ta’minlab beradi (5-rasm).
Uzluksiz elektr ta’minoti man-
5-rasm. Uzluksiz elektr
ta’minoti manbayi. bayining ba’zi bir modellari kompyu-
terni hatto elektr tokini uzatish zanjiriga chaqmoqning tushishidan himoyalash imkonini beradi.
Uzluksiz elektr ta’minoti manbayi akkumulator va invertorga (6 yoki 12 V akkumulatordan kompyuter va boshqa elektron qurilmalarning ishlashiga zarur bo‘lgan 220 V ga aylantirib beradigan elektron sxema) ega. Elektrenergiya o‘chgan vaqtda uzluksiz elektr ta’minoti manbayi darhol akkumulatordan ishlashga o‘tadi, invertor esa shakli jihatidan o‘zgaruvchan tokka yaqin bo‘lgan 220 V kuchlanishini ishlab chiqara boshlaydi.
Akkumulatorning elektr energiyasidan foydalanilmaganda, kompyuter o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan foydalanib ishlaydi.
Har qanday uzluksiz elektr ta’minoti manbayining muhim ko‘rsatkichlaridan biri volt-amperlarda o‘lchanadigan quvvatdir. Haqiqiy quvvatni biz o‘rgangan vatt o‘lchov birligida aniqlash uchun volt-amperda berilgan qiymatni 0,65–0,7 koeffitsiyentga ko‘paytirish kerak bo‘ladi. Uzluksiz elektr ta’minoti manbayining ko‘pchiligi elektr tarmog‘idagi kuchlanishsiz 10–20 minut oralig‘ida ishlashga mo‘ljallangan.
Uzluksiz elektr ta’minoti manbayidan foydalanilayotganda elektr tokini ko‘p iste’mol qiladigan, masalan, lazerli printer yoki kseroks kabi qurilmalarni ulash mumkin emasligiga e’tibor bering. Chunki ular ayrim vaqtlarda, ayniqsa qizib ketganda ko‘p iste’mol qiladi. Bunday qurilmalarni ulash uchun UPS ni ishlab chiqaruvchilar maxsus rozetkalarni ko‘zda tutganlar. Bunday ulanishda uzluksiz elektr ta’minoti manbayi faqat kuchlanishni keskin o‘zgarishdan va elektromagnit xalallardan himoyalashni ta’minlaydi.
Narxi birmuncha qimmat modellar «sovuq start» deb ataluvchi vazifani bajarish imkoniga ega. Bunda kompyuterni elektr ta’minoti tarmog‘ida kuchlanish bo‘lmagan taqdirda ham ishga tushirish imkoni mavjud.
Zamonaviy uzluksiz elektr ta’minoti manbayi tizimli blokka ulanish imkoniga ega. Bu o‘z navbatida operatsion tizim vositalari orqali ichki akkumulatorlarning holatini nazorat qilish va ularning razryadi tugaganda muhim bo‘lgan ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga saqlash va kompyuterni o‘chirish imkonini beradi. Bu vazifa akkumulator zaryadi tugaganda, kompyuter oldida foydalanuvchi bo‘lmasa, kompyuterning ishini avtomatik tarzda tugatishga mo‘ljallangan.
Odatda, uzluksiz elektr ta’minoti manbayining ichki akkumul atori 3–8 yil ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, undan keyin uni almashtirish talab qilinadi.
UPSdan foydalanishni va ulash sxemalarining turlarini ko‘rib chiqamiz.

Download 57.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling