2 ma’ruza mavzu: Ichki kuchlar va ularni aniqlash. Kesish usuli. Reja


Tashqi kuchlar va ularning klassifikatsiyasi


Download 396.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.12.2021
Hajmi396.55 Kb.
#180994
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-maruza. Ichki kuchlar va ularni aniqlash. Kesish usuli

2.1. Tashqi kuchlar va ularning klassifikatsiyasi 

 

Muhandislik  tuzilmalarining  qismlari  ish  jarayonida  tashqi  ta’sirni  kuch 



ko’rinishida qabul qiladilar va ularni bir - birlariga uzatadilar. Tashqi kuchlar eng 

avvalo qo’yilish shartiga ko’ra hajmiy va sirtqi turlarga bo’linadi. Hajmiy kuchlar 

jismning  barcha  tashkil  qiluvchi  zarralariga  ta’sir  qiladi  (jismning  og’irlik  kuchi, 

inertsiya kuchlari, magnit ta’siri). 

Sirtqi kuchlar jismlarga qo’shni jismning tegib turgan sirti  orqali  uzatiladi. 

Sirtqi  kuchlar  to’plangan  va  taqsimlangan  bo’lishlari  mumkin.  To’plangan  kuch 

jismning juda kichik yuzasiga qo’yilib, hisoblarni yengillashtirish maqsadida nuqta 

orqali ta’sir qiladi deb hisoblanadi. 

Uzunlik yoki yuzaga uzluksiz qo’yilgan kuch taqsimlangan kuchdir. Ularning 

asosiy tahrifi uning jadalligi (intensivligi) hisoblanadi 



.





2

,



м

Н

м

Н

 

Taqsimlangan kuchlar tekis taqsimlangan yoki tekis taqsimlanmagan bo’lishi 



mumkin. 

Tashqi  kuchlar  vaqt  bo’yicha  o’zgarish  tarziga  ko’ra  statik  va  dinamik 

kuchlarga bo’linadi. 

Jismga asta - sekin qo’yiladigan, jismni tebratmagan holda noldan eng yuqori 

qiymatigacha o’sib borib, keyin o’zgarmay qoladigan yoki sezilarsiz o’zgaradigan 

kuch  statik  kuchdir.  Uning  yorqin  misoli  sifatida  tomga  yoqqan  qor  og’irligini 

keltirish mumkin. 

Vaqt  o’tishi  bilan  o’zgaradigan,  jismning  tezlanishlari  va  tebranishlariga 

sabab  bo’ladigan  kuchlar  dinamik  kuchlardir.  Bunga  zarb  ta’sirni,  bexosdan 

qo’yilgan  kuchni  misol  qilib  ko’rsatish  mumkin.  Umuman  dinamik  kuch  statik 

kuchdan ma’lum tezlanishda qo’yilishi bilan farqlanadi. Bu esa o’z navbatida ancha 

katta qiymatlarda inertsiya kuchlarining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. 

Tashqi kuchlar, bulardan tashqari doimiy (ko’prikning xususiy og’irligi) va 

vaqtinchalik  (ko’prikdan  o’tayotgan  poezd  og’irligi),  shuningdek,  siklik  (davriy 

o’zgaruvchi yoki takrorlanuvchi o’zgaruvchi) bo’lishi mumkin. 

 




Download 396.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling