2 ma’ruza mavzu: Ichki kuchlar va ularni aniqlash. Kesish usuli. Reja
Ichki kuchlar. Kesish usuli (KOAM-qoidasi). Kuchlanishlar
Download 396.55 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza. Ichki kuchlar va ularni aniqlash. Kesish usuli
2.3. Ichki kuchlar. Kesish usuli (KOAM-qoidasi). Kuchlanishlar
Jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar orasida o’zaro ta’sir kuchlari (birlamchi ichki kuchlar) ta’sir qilib, ular jismning yaxlitligini tahminlaydi. Jismga tashqi kuch qo’yilganida elementar zarralar orasida birlamchi ichki kuchlarga qo’shimcha ichki qarshilik kuchlari hosil bo’ladi. Bu kuchlarni ichki kuchlar, yoki zo’riqish kuchlari, yoki qayishqoqlik kuchlari deb yuritiladi. Ular qism deformatsiyasiga qarshilik qiladi, ya’ni jismning dastlabki shakli va o’lchamlarini tiklashga intiladi. Bu ichki kuchlarning qiymati deformatsiya ortishi bilan ichki va tashqi kuchlar muvozanatlashgunga qadar ortib boradi. Agar bu muvozanat sodir bo’lmasa qattiq jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar muvozanati, ya’ni ularning o’zaro bog’liqligi buziladi. Natijada jismning tegishli joyida mikroyoriq hosil bo’ladi va jism yemiriladi. Demak, jismning yemirilishining bevosita sababchisi sifatida qiymati molekulalararo o’zaro ta’sir kuchlari kattaligiga erisha oladigan ichki zo’riqish kuchlarini ko’rsatish mumkin. SHuning uchun ularning kattaligini aniqlash muhim masala kasb etadi. Bu maqsadlarda kesish usulidan foydalaniladi.
Kesish usulining mohiyati quyidagicha. Biror nuqtasidagi zo’riqish kuchlarini topish zarur bo’lgan jism P 1 , P
2 , P
3 va R
4 kuchlar sistemasi ta’sirida muvozanatda turibdi (2.1 - shakl). 1. Jismni bizni qiziqtirayotgan nuqta va kesim orqali o’tuvchi tekislik bilan fikran kesamiz. Jism ikki bo’lakka bo’linadi. 2. Ajratilgan bo’laklardan biri, masalan, o’ng II tomon tashlab yuboriladi 1- qism olib qolinadi(2.2 - shakl). Bunda qolgan chap I qism muvozanati buziladi. 3. Olib qolingan qism muvozanatini tiklash uchun tashlab yuborilgan o’ng II qismning olib qolingan chap I qismga ta’sirini ichki zo’riqish kuchlari bilan almashtiramiz. Ularning kattaligi, yo’nalishi va taqsimlanishi qonuni noma’lum. Ammo, ma’lumki, har qanday kuchlar sistemasini bitta bosh vektor va bitta bosh momentga keltirish mumkin. 2.3 - shaklda ularning tuzuvchilari (komponentlari) ko’rsatilgan. Ularni bahzan ichki kuch omillari deb ham yuritiladi. 4. Qoldirilgan chap qismning muvozanat sharti yoziladi. 0 0 0 = = = Y X Z
0 0 0 = = = Y X Z M M M
(2.1) Ichki kuch omillarining har bir alohida turi deformatsiyaning alohida turi bilan bog’liq. Masalan, brus ko’ndalang kesimlarida faqat normal kuch N hosil bo’lib, qolganlari nolga teng bo’lsa, brus cho’zilish yoki siqilish deformatsiyasi ta’sirida bo’ladi. Brus ko’ndalang kesimlarida faqat ko’ndalang kuch (Q X yoki Q Y ) ta’sir etsa-siljish, faqat burovchi moment M Z ta’sir etsa buralish deformatsiyasi sodir bo’ladi. Brus ko’ndalang kesimlarida bosh moment tuzuvchilaridan faqat M
x yoki M u ta’sir etsa, u sof egilish deformatsiyasi ostida bo’ladi. Bir vaqtda ko’nd alang kesimda bir necha zo’riqish kuchlari ta’sir etsa brus murakkab deformatsiya vaziyatida bo’ladi. Ichki kuchlarning jadalligini (intensivligini) baholash uchun kuchlanish tushunchasi kiritiladi. Kuchlanish topilishi zarur bo’lgan K nuqta atrofida elementar F yuzacha ajratamiz (2.4 - shakl). Unda o’rtacha kuchlanish ,
Р p = ўр
(2.2) bu yerda P - ushbu F elementar yuzachadagi ichki zo’riqish kuchlarining teng ta’sir etuvchisi.
2.1 - shakl
2.2 - shakl
2.3 - shakl 2.4 - shakl.
2.5 - shakl. Ajratilgan elementar yuzacha qancha kamaytirilsa, kesim nuqtasidagi ichki kuch intensivligi shuncha aniqroq topiladi. Ajratilgan elementar yuzacha nolga intilganda (nuqtaga tortilganda) nuqtadagi kuchlanish haqiqiy kuchlanish deyiladi. . lim 0 F P p F = →
(2.3)
Kuchlanish vektorini ikkita tuzuvchiga ajratamiz (2.5 - shakl): kesim yuziga tik yo’nalgan normal kuchlanish () va kesim yuziga parallel yunalgan urinma kuchlanish (). Nuqtadagi to’la kuchlanish . 2 2 + =
(2.4) Yuqoridagilardan ko’rinadiki, ichki kuchlarning kesim yuzasi birligiga to’g’ri kelgan kattaligi kuchlanishdir. Uning o’lchov birligi-Paskal (1 Pa=1 N/M 2 ). Bu birlik juda kichikligidan amaliy hisoblarda kuchlanish megapaskallarda o’lchanadi yoki kN/m 2 . (1 MPa=10 6 Pa.)
Download 396.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling