2-ma'ruza mavzu: Oqsillarning kimyoviy tarkibi, funksiyasi. Aminokislotalar, ularning fizik-kimyoviy xossalari. Oqsillarning fizik-kimyoviy xossalari. Reja


Download 38.45 Kb.
bet3/3
Sana11.11.2023
Hajmi38.45 Kb.
#1767141
1   2   3
Oqsillar denaturatsiyasi
Oqsillar turli fizik-kimyoviy agentlar ta’sirida fazoviy konformatsiyasi o‘zgarib, tabiiy, nativ holati buzilib, biologik vazifalari keskin o‘zgarsa, bu hodisa oqsillarning denaturatsiyasi deb ataladi. Oqsillarning denaturatsiyasi va degradatsiya xususiyatlarini bir-biridan ajratish lozim. Oqsillar degradatsiyaga uchraganda birlamchi strukturasi buzilib, makromolekulaning turli xil bo‘laklari, fragmentlari hosil bo‘ladi. Polipeptid zanjirida denaturatsiya bo‘lganida fragmentlarga bo‘linmaydi. Lekin, disulfid ko‘priklari, vodorod, gidrofob va elektrostatik bog‘lar uzilishi mumkin. Natijada oqsillarning to‘rtlamchi strukturalari (agar bo‘lsa) o‘zgarib, uchlamchi va ikkilamchi strukturalari kamroq shikastlanishi mumkin.
Denaturatsiyaga sababchi bo‘lgan agentlar odatda ikki xil: kimyoviy va fizikaviy bo‘lishi mumkin. Harorat, jumladan muzlatish yoki issiqlik, bosim, ultratovush ta’siri, nurlanish va boshqalar fizikaviy agentlardir. Ikkinchi xil agentlarga-organik eritmalar (aseton, xloroform, spirt) kiradi. Laboratoriya amaliyotida denaturatsiya omili sifatida siydikchil (mochevina) yoki guaninxlorid bo‘lib, ular vodorod va gidrofob bog‘larini uzib, to‘rtlamchi strukturali oqsillarni uchlamchiga aylantirishlari mumkin. Oqsillar denaturatsiyasini 50-600 S dagi harorat uchlamchi strukturaga aylantiradi.
Oqsil denaturatsiyasi qaytalama ham bo‘lishi mumkin. Bunday holat denaturatsiya ta’sir kuchi yengil bo‘lganida sodir bo‘ladi. Denaturatsiyaga uchragan oqsil ferment bo‘lsa, u ma’lum vaqtdan so‘ng yana biologik faollikka ega bo‘lib qolishi mumkin. Oqsillarning qaytadan nativ holatga kelishi renaturatsiya deb ataladi. Bu jarayon 9-rasmda chizma ravishda ko‘rsatilgan.
Oqsillarning renaturatsiyasi organizmda katta biologik ahamiyat kasb etishi mumkin. Masalan, xaddan tashqari issiq sharoitda ayrim o‘simliklar so‘lib, egilib qoladi, suv berilsa yoki salqin tushishi bilan ular o‘z holatiga qaytadi. Shunday noqulay sharoitda oqsillar qayta denaturatsiyaga uchrab, tashqi muhitga moslashadilar.

Download 38.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling