2-ma`ruza. Mavzu: Transport xuquqining asoslari
Download 117.49 Kb.
|
2-ma`ruza
2-ma`ruza. Mavzu: Transport xuquqining asoslari va manbalari.Reja:
Transportda boshqarishning huquqiy asoslari. Rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida O’zbekiston transportini boshqarish vazifalari va metodlari o’zgarmoqda. Hozirgi paytda temir yo’l transportini boshqarish «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasi (DATK) tomonidan, aviatsiyada tashishda «O’zbekiston havo yo’llari» kompaniyasi, avtomobil transportida esa – O’zbekiston Avtomobil transporti Agentligi tomonidan amalga oshirilmokda. «O’zbekiston temir yo’llari» DATK temir yo’l transportida davlat siyosatini o’tkazish, Shuningdek temir yo’llarning, Davlat aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasi (DATK) O’zbekiston qonunlariga muvofiq tartibga solish zimmasiga yuklatilgan kompaniyadir. Temir yo’l transportida tashish jarayonini boshqarish markazlashtirilgan holda bajariladi va DATKning mutlaq vakolatiga kiradi. DATK transportning boshqa turlari, masalan, avtotransport va h.k. manfaatlariga taalluqli bo’lgan masalalarda o’z faoliyatini muvofiqlashtiradi. DATK, jumladan, quyidagi juda muhim funktsiyalarni bajaradi: Tashish ishlari normativini va ularni bajarmaganlik uchun javobgarlikni belgilaydi, tashish jarayonini tezkor boshqarishni tashkil qiladi; Temir yo’ldan foydalanish, tashish jarayoni bilan bog’liq texnik vositalarga xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash bilan bog’liq normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; O’zbekiston temir yo’llari bo’ylab yo’lovchi, bagaj va yuk tashish qoidalarini ishlab chiqadi; Tashish jarayoni bilan bog’liq transport va boshqa texnik vositalarning harakatlanishi va ularning ishlatilishi xavfsizligining ahvolini nazorat qiladi, harakatlanish xavfsizligining buzilishi sabablarini aniqlaydi, temir yo’l transportida avariyalarning va ekologik halokatning oldini olish bo’yicha choratadbirlarni amalga oshiradi, tabiiy ofatlar, temir yo’l transportida favqulodda vaziyatlar, halokatlar va avariyalar oqibatlarini tugatish bo’yicha ishni tashkil qilishda belgilangan tartibda katnashadi; Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar uchun majburiy bo’lgan harakatdagi tarkibda harakatlanish xavfsizligini ta’minlovchi ortish va yukni mahkamlashning texnik sharoitlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; Sinovlarni o’tkazish, Shuningdek temir yo’l transporti xodimlarining temir yo’lni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishini tekshirish tartibini, umumiy foydalaniladigan yo’llarda lokomotivni, o’zi yurar temir yo’l mashinasini va olib qo’yilmaydigan turdagi temir yo’l transportini boshqarishni sinovdan o’tkazish va boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma berish tartibini, lokomotiv mashinistlariga klass (malaka) berish tartibini va boshqalarni belgilaydi; Temir yo’l transportida yo’lovchi, yuk, yuk-bagaj va bagaj tashish sohasida tarif siyosatini yuritadi, temir yo’l boshliqlari, temir yo’l transportining boshqa korxona va tashkilotlari rahbarlari bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzadi, temir yo’llar tarkibiga kiruvchi korxona va muassasalar rahbarlari bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish tartibini belgilaydi; Ish vaqti va dam olish vaqti rejimini, ishi bevosita poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan temir yo’l transporti xodimlarining alohida toifalari mehnat sharoitini belgilaydi, temir yo’l ustavini, Shuningdek temir yo’l transporti boshqa korxonalari hamda muassasalarining ustavlari va qoidalarini tasdiqlaydi, temir yo’l tarkibiga kiradigan korxonalar va muassasalar nizomini tasdiqlash tartibini belgilaydi; Idoraga qarashli korxona va tashkilotlarga biriktirilgan mulkning tarmoq reestrini o’rnatilgan tartibda olib boradi, asosiy fondlarni temir yo’l transporti korxonalari hamda muassasalariga balansdan balansga beg’araz o’tkazish masalalarini hal etadi, mulkni xo’jalik tasarrufiga berishni hamda temir yo’l transporti korxona va tarmoq reestrini o’rnatilgan tartibda olib boradi, asosiy fondlarni temir yo’l transporti korxonalari hamda muassasalariga balansdan balansga beg’araz o’tkazish masalalarini hal etadi, mulkni xo’jalik tasarrufiga berishni hamda temir yo’l transporti korxona va tarmoq reestrini o’rnatilgan tartibda olib boradi, transportning boshqa turlari bilan o’zaro munosabatlar borasida takliflar tayyorlaydi; Temir yo’l transportida tabiatni muhofaza qilish ishlarini olib borishni tashkil qiladi boshqa funktsiyalarni bajaradi. Download 117.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling