2-ma`ruza. Mavzu: Transport xuquqining asoslari
Yuk tashish shartnomasi tushunchasi
Download 117.49 Kb.
|
2-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
Yuk tashish shartnomasi tushunchasi.
Ijro uchun qabul qilingan yuk tashish to’g’risidagi arizalarni (buyurtmalarni) amalga oshirish transport korxonasi va yuk jo’natuvchilar o’rtasida shartnoma tuzish hamda uni bajarish yo’li bilan ruyobga chiqariladi. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatda iqtisodiy vaziyat o’zgarganiga va bozor munosabatlariga o’tilayotganiga qaramay, transport qonunchiligidagi asosiy qoidalar (masalan, yuk tashish shartnomasini belgilash) ko’p vaqtdan buyon o’zgarishsiz qolmoqda, Shuning uchun yurist olimlarning transport qonunchiligining baxsli muammolari bo’yicha ancha ilgari (SSSR mavjudligi davrida) bildirgan fikrlari dolzarbligicha qolmoqda hamda amaldagi transport qonunchiligini yaxshirok tuShunish va baxolash transport munosabatlarida mavjud ayrim baxsli muammolar bo’yicha to’g’ri xulosa chiqarishda ko’maklashadi. Transport tashkiloti (tashuvchi) tashish shartnomasi bo’yicha unga jo’natuvchi tomonidan ishonib topshirilgan yukni belgilangan punktga yetkazish va yukni olishga vakil qilingan shaxsga (oluvchiga) topshirish majburiyatini oladi, jo’natuvchi esa yukni tashish uchun belgilangan xakni to’lash majburiyatini oladi. Yuk tashish shartnomasining huquqiy tavsifi borasida hozirga qadar yagona fikr yuk. Bu masalaga yuridik adabiyotda katta ahamiyat berilishiga qaramay, u fuqarolik huquqi fanida hali ham baxsli bo’lib qolmoqda. Yuk tashish shartnomasining huquqiy tavsifini aniqlashda unda yukni qabul qilib oluvchining huquqiy holatini, uning yuk jo’natuvchi va tashuvchi bilan munosabatini aniqlash yetarliga o’xshaydi. Yukni qabul qilib oluvchining yuk jo’natuvchi va tashuvchi bilan tashish shartnomasidagi o’zaro munosabatlari borasida bir qancha nuqtai nazarlar mavjud. Ba’zilar yuk tashish shartnomasini uchinchi shaxs foydasiga ishlovchi shartnoma sifatida kvalifikatsiya qilishadi. Ayni mahalda boshqalar yuk tashish shartnomasining ijrosini uchinchi shaxsga topshirish to’g’risidagi shartnoma toifasiga kiritiladi yoki yuk jo’natuvchi va yukni qabul qilib oluvchini yuk tashish shartnomasida bir tomon deb hisoblashadi. Boshqa nuqtai nazarga ko’ra, yuk tashish shartnomasi yukni qabul qilib oluvchi uchinchi shaxs yoki yuk jo’natuvchi bilan bir tomon emas, balki mustaqil sub’ekt hisoblanadigan o’ziga xos shartnomadir. Ayrim mualliflar tashish shartnomasini katnashchilar huquqka xam, tegishli majburiyatlarga xam ega bo’lgan uch tomonlama shartnoma, deb hisoblashadi. Yukxatda yukni qabul qilib oluvchi sifatida uni jo’natuvchi emas, balki boshqa shaxs ko’rsatilgan yuk tashish shartnomasini uchinchi shaxs foydasiga ishlovchi shartnoma deb emas, balki uchinchi shaxsga bajarib berish shartnomasi, deb e’tirof etish kerak. Transport jarayoni uch qismga bo’linadi:
Yukning qabul qilib oluvchi manziliga junatilishi, belgilangan punktga yetib borishi yoki yetkazib berish muddati utib ketishi tashuvchi bilan yukni qabul qilib oluvchi – uchinchi shaxs o’rtasida majburiyat munosabatlarini yuzaga keltiradigan yuridik faktlardir. Bunda yukni qabul qilib oluvchining huquq va majburiyatlari tashish shartnomasiga emas, balki ularni bevosita tartibga soluvchi ustavga butkul asolangan. Ayrim yuridik nashrlarda tashish shartnomasida yuk jo’natuvchi va yukni qabul qilib oluvchi bir tomon, tashuvchi esa boshqa tomon bo’lishi ko’rsatilib, bu fikr-muloxaza yukni qabul qilib oluvchining tashuvchiga talablar bo’yicha uz huquqlarini yuk jo’natuvchiga utkazish huquqi bilan, Shuningdek yuk tashish yo`qolganda va tashuv tulovlari ortiqcha olinganda talab qilish huquqi yuk jo’natuvchiga xam, uni qabul qilib oluvchiga xam, ulardan kaysi biri talab qilish uchun zarur hujjatlarga ega ekanligiga karab, taalluqli ekanligi bilan asoslaydilar. Yuk jo’natuvchi bilan yukni qabul qilib oluvchining tashish shartnomasida bir tomon bo’lib ishtirok etishi yukning belgilangan stantsiyaga kelishi bilan tasdiqlanadi va ushbu tashish bo’yicha tashuvchi oldidagi barcha majburiyat yukni qabul qilib oluvchining zimmasiga tushadi. Ya’ni yukni qabul qilib oluvchi yukni jo’natuvchi bilan tashuvchi o’rtasida tashish shartnomasi tuzilgan ondan boshlab jo’natish stantsiyasida tashish shartnomasi sub’ektiga aylanadi. Agar yuk jo’natuvchi va yukni qabul qilib oluvchi bir xil huquq hamda majburiyatlarga ega bo’lgan xollardagina qonuniy bo’ladi. Biroq transport ustavlarida belgilangan normalar tomonlar – yuk jo’natuvchi va yukni qabul qilib oluvchi – shartnomadan kelib chiqadigan hamda mustaqil xususiyatga ega bo’lgan turli huquq va majburiyatlarga ega ekanliklaridan dalolat beradi (masalan, yuk jo’natuvchi yukni tashishga tayyorlashi – taralangan holatda ko’rsatishi, yo’l haqini to’lashi shart; yukni qabul qilib oluvchi uz nomiga kelgan yukni qabul qilib olishi, olib ketishi, uni qabul qilish tartibini bajarishi shart). Undan tashqari, yuk jo’natuvchi va yukni qabul qilib oluvchi tashuvchi oldida har xil javobgarlikka egadirlar (masalan, yuk jo’natuvchi – transport vositlaridan foydalanmaganligi uchun va x.k.; yukni qabul qilib oluvchi – yukni vaqtida tushirib olmagani, transport vositalari bekor turib qolgani uchun javobgardir), bu yuk jo’natuvchi va yukni qabul qilib oluvchi tashish shartnomasida bir tomon emasliklarini tasdiqlashda muhimdir. Nazorat savollari.
Download 117.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling