2-ma`ruza. Mavzu: Transport xuquqining asoslari


Yuk qanday transportda tashilishiga ko’ra temir yo’lda, dengiz, daryo, havo orqali va avtomobilda tashishga bo’linadi


Download 117.49 Kb.
bet3/4
Sana15.02.2023
Hajmi117.49 Kb.
#1202657
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma`ruza

Yuk qanday transportda tashilishiga ko’ra temir yo’lda, dengiz, daryo, havo orqali va avtomobilda tashishga bo’linadi.
Bunday tasnif yuk tashish bilan bog’liq munosabatlar tashishning tegishli turiga nisbatan qo’llaniladigan qonunlar bilan tartibga solinishi bilan bog’liq.
Mahalliy, to’g’ri va to’g’ri aralash aloqa yo’llari orqali amalga oshiriladigan tashishlar farqlanadi.
Bir transport korxonasi (temir yo’l, paroxodchilik va h.k.) doirasida tashish mahalliy deyiladi. Bir turdagi transportda amalga oshiriladigan tashish to’g’ri tashish deyiladi. CHunonchi, bir hujjat (yukxat) bilan Toshkentdan Qarshiga yuk tashish to’g’ri tashish bo’ladi, chunki bu holda yuk temir yo’l transportining bir necha korxonasi (Toshkent va Qarshi temir yo’llari) tomonidan tashiladi.
Yuk tashish bir hujjat asosida bir necha turdagi transport korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan tashish to’g’ri tashish deyiladi. Yukni Toshkentdan Turkmanboshigacha temir yo’l orqali, Turkmanboshidan Bokugacha Kaspiy dengizidan dengiz transporti orqali olib borish bunday tashishga misol bo’ladi.
O’zbekiston yuklarini chet el portlariga yoki u yerlardan O’zbekistonga tashish chet el aloqa yo’llari orqali tashish deb e’tirof etiladi.
Havo kodeksida tashish alohida turlarga bo’linmaydi, biroq unda xalqaro tashish uchun ayrim alohida qoidalar mavjud. Havo transportida tashish shaharda, shahar atrofiga (shahardan tashqariga) tashish, shaharlararo va xalqaro tashishga bo’linadi.
SHaharda tashishga shahar (boshqa aholi punkti) doirasida tashish, shahar atrofiga (shahardan tashqariga) tashishga shahar (boshqa aholi punkti) doirasidan tashqariga 50 km.gacha bo’lgan masofaga tashish, shaharlararo tashishga shahar (boshqa aholi punkti) doirasida 50 km.dan ziyod masofaga tashish va xalqaro tashishga O’zbekistondan tashqariga yoxud undan-da olisga O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o’tib tashish kiradi. SHaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yuk hamda yo’lovchi tashish tashuvchi tomonidan O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan tartibda berilgan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Tashish shartnomasining huquqiy asoslari. Yuk tashish shartnomasini tuzish uchun muayyan tashkiliy asoslar bo’lishi talab qilinadi. Yuk tashishni tashkil qilish bilan bog’liq harajatlarni yuk tashuvchilar va yuk jo’natuvchilar bilan oldindan kelishib olmay turib ularni bajarib bo’lmaydi. Bunga tashish bo’yicha majburiyatlarni bajarishni tashkil qilish jarayonida erishiladi hamda muayyan huquqiy shaklda ifodalanadi, buning natijasida tashiladigan yuk hajmi konkretlashadi va muddatlari aniqlanadi.
Yuk tashishni tashkil qilishni tartibga soluvchi hujjatlar, xilma­xil transport turlarida yuk tashish harajatini hisobga olib, turli huquqiy shaklga ega: to’g’ri aloqa yo’llari bo’ylab tashishda bu ariza (buyurtma), yuk tashishni tashkil qilish to’g’risida shartnoma; to’g’ri aralash aloqa yo’llari orqali tashishda – har sutkalik ariza, haftalik kalendarь, reja, kemalarni berish bo’yicha oylik jadval. Yuk tashish bo’yicha majburiyatlarning yuk jo’natuvchi va tashuvchi ishtirokida bajarilishida ariza muhim rolь o’ynaydi.
Ariza yuk tashishni tashkil qilishning juda muhim vositasi hisoblanadi. Unda topshiriq aniqlanadi va bir martalik tashishni ta’minlovchi ko’rsatkichlar belgilanadi. Yuk jo’natuvchi yuk tashish boshlanishidan kamida 10 sutka avval jo’natish joyidagi temir yo’l boshqarmasiga ariza berishi shart.

Download 117.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling