Inson kapitali; Oliy o’quv yurtlarida o’qiydigan talabalar soni (10 ming kishi), OO’Yularda tayyorlanadigan mutahassislar soni ( 10 ming kishi), ilmiy hodimlar (10 ming kishi), shahar aholisining zichligi (1000 kishi kv.km)
Bu o’z navbatida bir qancha ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi:
Ichki va tashqi bozordagi raqobatbordoshlilik o’zaro jiddiy farq qilishi mumkin. Bu bozorlarda ichki va tashqi muhitni tashkil etuvchi omillarning turlicha ekanligi, ya’ni to’lovga qodir talab hajmi, ichki va tashqi bozordagi narxlar o’rtasidagi farq, olib borilayotgan tashqi savdo siyosati hakazolar bilan belgilanadi. O’zbekiston o’z mustaqilligining dastlabki yillarida, bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’lini tanlab, uni izchil amalga oshirishi natijasida, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidagi boshqa ko’plab mamlakatlardan farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib, davlatning ichki va tashqi qarzlari haddan ziyod oshib ketishiga yo’l qo’yilmaslikka
erishdi.
Qulay ishchan muhit yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarining natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2005 yildan e’tiboran yiliga 7 – 9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o’sish sur’atlarini namoyish qila boshladi.
SHu o’rinda mamlakatimiz Prezidenti “O’zbekiston oxirgi yetti yil davomida dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida o’rtacha 8 – 8,5 foiz iqtisodiy o’sishga erishayotgani mamlakatimiz salohiyati barqaror rivojlanib borayotganining yaqqol dalilidir”5, - deb ta’kidlagan edilar.
1-jadval
5 Президент И. Каримовнинг Ўзбекистон мустақиллигининг йигирма бир йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги табрик сўзи. Халқ сўзи, 2012 йил 1 сентябр.
O’zbekiston Respublikasi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |