2-Ma`ruza: Nasoslar va kompressorlarning klassifikatsiyasi Reja


Download 34.5 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi34.5 Kb.
#1455806
Bog'liq
2-маъруза


2-Ma`ruza: Nasoslar va kompressorlarning klassifikatsiyasi


Reja:
1. Nasoslarning klassifikatsiyasi
2. Kompresorlarning klassifikatsiyasi


Tayanch so`zlar: gorizantal, vertikal, mashinasozlik, metalurgiya, nasos, gazoduvkalar, kompressor, hajmiy kompressor


Nasoslarning klassifikatsiyasi
Kimyo va oziq-ovqat sanoatining barcha tarmoqlarida suyuqliklar gorizantal va vertikal trubalar orqali uzatiladi. Suyuqliklar va qovushqoqligi yuqori bo`lgan suyuqliklarni uzatish uchun mo`ljallangan mashinalar (qurilmalar) nasoslar deyiladi.
Trubalarning boshlangich va oxirgi nuqtalardagi bosimlar farqi trubalardan suyuqlikning oqishi uchun harakatlantiruvchi kuch xisoblanadi. Suyuqlik oqimining trubalardagi harakatlantiruvchi kuchi gidravlik mashinalar yoqi nasoslar orqali hosil qilinadi. Nasos elektr dvigateldan mexaniq energiyani olib uni suyuqlikning harakatlanayotgan oqimi energiyasiga aylantirib, bosimni oshiradi.
Nasoslar xalq xo`jaligining barcha sohalarida: mashinasozlikda, metalurgiyada, ximiya va oziq-ovqat sanoatida, er ishlarini gidromexanizatsiyalashtirishda va ko`pchilik boshqa tarmoqlarda keng qo`llaniladi.
Nasoslar asosan ikki turga: dinamik va hajmiy nasoslarga bo`linadi.
Dinamik nasoslarda suyuqlik tashki kuch ta`sirida harakatga keltiradi. Nasos ichidagi suyuqlik nasosga kirish va undan chiqish trubalari bilan uzluksiz boglangan bo`ladi. Suyuqlikka ta`sir qladigan kuchning turiga ko`ra, dinamik nasoslar parrakli va ishqalanish kuchi yordamida ishlaydigan nasoslarga bo`linadi. Parrakli nasoslar o`z navbatida markazdan qochma va propellerli (o`qli) nasoslarga bo`linadi. Markazdan qochma nasoslarda suyuqlik ish g`ildiraklarning markazidan uning chetiga qarab harakat qilsa, propellerli nasoslarda esa suyuqlik g`ildirakning o`qi yunalishida harakat qiladi.
Ishqalanish kuchiga asoslangan nasoslar ikki xil (uyurmaviy va oqimli) bo`ladi. Uyurmaviy va oqimli nasoslarda suyuqlik asosan ishqalanish kuchi ta`sirida harakatga keladi.
Hajmiy nasoslarning ishlash printsipi suyuqlikning ma`lum bir hajmini yopik kameradan itarib chiqarishga asoslangan. hajmiy rasoslar jumlasiga pormenli, plunjerli, diafragmali, shesternyali, plastinali va vintsimon nasoslar kiradi.
Sanoatda suyuqliklarni siqilgan gaz (yoqi havo) yordamida uzatish uchun gazliftlar va montejyular xam ishlatiladi.
Kompresorlarning klassifikatsiyasi
Kimyo va oziq-ovqat sanoatida gazlarni trubalar orqali uzatish va siyraklantirish uchun ular siqiladi. Siqilgan gazlar suyuqliklarni aralashtirish, sochib (purkab) berish uchun va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Gazdarni siqish va uzatish uchun kompressor mashinalardan foydalaniladi. Xuddi suyuqliklar kabi, gazlar ham bosimlar farqi bo`lgandagina uzatiladi.
Siqilgan gaz bosimi ning siqilmagan gaz bosimi ga nisbatan siqish darajasi deyiladi. Siqish darajasining kattaligiga qarab kompressor mashinalar quyidagi tiplarga bo`linadi.
1.Ventilyatorlar - ko`p miqdordagi gazlarni uzatish uchun foydalaniladi.
2.Gazoduvkalar - gaz trubalarda katta qarshilik bo`lganda ishlatiladi.
3.Kompressorlar - yuqori bosim hosil qilish uchun ishlatiladi.
4.Vakuum nasoslar- bosimi atmosfera bosimidan past bo`lgan gazlarni so`rish uchun ishlatiladi.Ishlash printsipiga ko`ra kompressorlar hajmiy va parrakli (kanotli) bo`ladi. hajmiy kompressorlarda gaz bosimi uning hajmini majburiy kamaytirish xisobiga ko`payadi. hajmiy kompressorlar jumlasiga portenli, rotatsion va ventli kompressorlar kiradi.
Parrakli kompressorlarda gaz bosimi kompressorning g`ildiraklari aylanganida vujudga keladigan inertsiya kuchlari ta`sirida ko`payadi. Ular truba kompressorlar ham deyiladi hamda markazdan qochma kuch ta`sirida ishlaydigan ventilyator va trubagazoduvkalarga bo`linadi.
Partenli kompressorlar kam miqdordagi gazlarni katta bosimlargacha (0,5; 1; 1,5; 10; 20 m Pa va undan ortik) siqishda ishlatiladi. Trubokompressorlar esa aksiga, katta miqdordagi gazlarni nisbatan past bosimlarda (0,15…1,5 m Pa atrofida) uzatib berishga mo`ljallangan.


Savol va topshiriqlar:

  1. Nasoslar deb nimaga aytiladi?

  2. Parrakli kompressorlarda gaz bosimi qanday ko’payadi?

  3. Kompressorlarni ishga tushirishdan oldin qanday ishlar amalga oshiriladi?



Adabiyotlar:

  1. R.A. Aliev i dr. truboprovodnыy transport nefti i gaza. M. Nedra. 1988.

  2. K.SH. Latipov Gidravlika gidromashinalarvagidroyuritmalar .Toshkent-«O‘qtuvchi – 2002 g.

  3. Metodika rascheta energeticheskix xarakteristik i pererascheta parametrov sentrobejnыx nasosov magistralnыx nefteproduktov pri chastotы vraщenie i vyazkosti perekachivaemoy jidkostiyu –UFA 2003

Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling