2-maruza neytral, qutblangan, O’zgaruvchan tok relelarining ishlash tartibi va asosiy tavsiflari reja


Download 1.23 Mb.
bet2/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1581670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-маъруза

3-rasm. НМШ turdagi rele


Rozetkani o‘rta qismidagi teshik rezbaga ega bo‘lib, u releni qayd etuvchi vint bilan mahkamlashga xizmat qiladi. НМШ rele, aslida НР va НШ relelarga nisbatan kichik o‘lchamlik hisoblanadi.


2. QUTBLANGAN RELELARNING TURLARI
Qutblangan relelarning ishi, neytral relenikidan farqli bo‘lib, ishchi cho‘lg‘am chiqarmalariga ta’minlovchi batareya qutblarini ulanishiga bog‘liqdir. Relening magnit zanjiridagi ikkita mustaqil magnit oqimlarini, ya’ni qutblovchi Фq va ishchi Фi oqimlarning ta’siri tufayli bunga erishiladi. Фq oqim doimiy magnit yoki maxsus (ikkinchi) qutblovchi cho‘lg‘am bilan hosil qilinadi va magnit zanjirda doimo bo‘ladi. Shu sababli, ishchi cho‘lg‘amda tok bo‘lmaganida ham, Фq oqim hosil qiladigan tortuv kuchi ta’sir etadi.
Neytral relega nisbatan qutblangan relelar ikkita ustunlikka:
- funksiyasi bo‘yicha nisbatan murakkab masalani echishlikka, ya’ni ta’min-lovchi tokni faqat qiymatigagina emas, balki uni yo‘nalishiga ham javob berishlikka ;
- nisbatan yuqori tezkorlik va sezgirlikka egadir.
Bu ustunliklar qutblangan rele zanjirida doimo magnitlovchi Фq oqim borligi bilan belgilanadi. Shu sababli, ishchi cho‘lg‘amni ulaganda va Фi oqimni paydo bo‘lganida, umumiy magnit oqim, neytral relenikiga nisbatan, releni ishga tushish qiymatiga tezroq etadi. Ko‘pchilik qutblangan relelarni tuzilmasi shunday qurilganki, ulardagi cho‘lg‘amining vaqt doimiysi kichik, yakor yo‘li qisqa, yakorini o‘zi, engil qilib yaratilgan.
Magnit zanjirining sxemasiga qarab, qutblangan relelarni: ketma-ket, parallel (differensialli) va ko‘priksimon magnit zanjirliklarga ajratishadi.
Ketma-ket sxemada (4-rasm) Фq va Фi oqimlar umumiy zanjirdan o‘tishadi. Agar ishchi 2 cho‘lg‘am uzilgan bo‘lsa, unda magnit zanjirda faqat doimiy magnit 1 (4, a-rasm) yoki doimiy ulangan qutblovchi cho‘lg‘am 4 (4, b-rasm) hosil qiladigan Фq oqim bo‘ladi.




Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling