2-ma'ruza. O‘rta asrlarda Buyuk Britaniya, Germaniya, aqsh, Fransiyada jismoniy tarbiyani rivojlanishi Reja


Ritsarlik tarbiya tizimining barham topishi


Download 209.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana19.04.2023
Hajmi209.67 Kb.
#1363040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-ma\'ruza

Ritsarlik tarbiya tizimining barham topishi. Poroxning va o`q otadigan 
qurolning paydo bo`lishi qurolli kuchlar tarkibining tubdan o`zgarishiga olib keldi. 
Piyoda askarlar va artilleriya og`ir qurollar bilan qurollangan otliq askarlarni siqib 
chiqardi va ritsarlarning harbiy jismoniy tayyorgarlik sistemasining hammasini 
foydasizqilib qo`ydi. Lekin ritsarlar o`zlarining imtiyozli hisoblangan, ularning obro`yini 
saqlab turgan va boshqa sinflardan ajratib turgan narsalardan darhol voz kechmadi. 
Butun XV asr davomida hali turnirlar o`tkazib turildi, lekin endi kishilarning e’tibori 
turnir ishtirokchilarining texnikasi va harbiy ta’lim ko`rganligiga emas, balki 
kiyimlarining yaltirashiga hamda qurollarining chiroyligiga qaratilar edi. 1487 yili 
Vormsda so`nggi umumgerman turniri, 1512 yili esa oxirgi mahalliy turnir bo`lib o`tdi. 
Jangchi ritsarni tarbiyalashning qattiq tizimi asta-sekin unutib borildi. Ritsarlik tarbiya 
tizimi o`rnida jentlmenlar tayyorlash tizimi vujudga keldi.  
Ritsarlik qal’alaridan shaharlarning iqtisodiy jihatdan ustunligi holida 
qimmatbaho o`q otuvchi qurollar zodagonlarning va unga tayanadigan qirol 
hokimiyatining mulki bo`lib qoldi. Zodagonlar boyligining o`sib borishi ularga yollanma 
qo`shinlar-landsknextlar saqlashga imkon berdi. Bular nayza, oybolta, qilich va o`q 
otuvchi aslaha bilan qurollangan professional jangchilarning guruhlari edi. Ular 
urushlarga yollanib borishar va shuning uchun keskin janglardan o`zlarini olib qochar 
edi. Landsknextlar o`q otadigan qurolni ishlatish usullarinigina emas, balki boshqa 
qurolni ishlatish usulini ham o`rganar, qurolsiz kurashishga, suvda suzishga o`rganar va 
o`zlarida chidamlilik xususiyatlarini tarbiyalar edilar. 
Landsknextlar qimmatga tushar edi, ular intizomsiz, jangda unchalik ishonchli 
emas, tinchlik davrlarida esa davlat uchun xavfli kishilar edi. Bu hol asta-sekin doimiy 
armiyaga o`tishga sabab bo`ldi: bu armiyaning oddiy ommasi shahar kambag`allari va 
yersiz dehqonlardan tarkib topar edi. Armiyaga olinganlarning hammasiga ta’lim berish 
ishiga qattiqqo’llik munosabatida bo`linar edi. Safda yurish tayyorgarligi va bir xil 
standart harakat va usullarni sinchiklab o`rganib borish jangchilarning individual 
xususiyatlarini yo`q qilar edi. Komandirlar tarkibi maxsus tashkil etilgan harbiy 
maktablarda ta’lim olar edi. Bu maktablarda otda yurish, qilichbozlik, pistoletdan o`q 
otish, suzish, ov qilish, raqs tushish, soldatlarni qo`pol mashq qildirish bilan shug`ullanar 
edilar.

Download 209.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling