2-ma'ruza. O‘rta asrlarda Buyuk Britaniya, Germaniya, aqsh, Fransiyada jismoniy tarbiyani rivojlanishi Reja
Download 209.67 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
Tommazo
Kampanella (1568-1639) jamiyatda boylar va kambag'allarning bo'lmasligi haqida qayg'uradi. U «Quyosh shahri» nomli kitobini sayohatchi tilidan yozib, ajoyib fikrlarni bildiradi. Ya'ni Quyosh shahrida boy ham, kambag'al ham bo'lmaydi. «Jamoa - barcha kishilarni ayni bir vaqtda boy va shu bilan birga, kambag'al qiladi, hamma narsasi bo'lgani uchun boy bo'ladi, hech qanday mulki bo'lmaganligi uchun kambag'al bo'ladi, ular buyumlarga emas, balki buyumlar ularga xizmat qiladi», - deydi u. «Quyosh shahri» bolalar sayr, yugurish, turli o'yinlar bilan mashg'ul boiishadi. Yetti yoshli bolalar guruhlarga ajratilib, birlari ma'ruza tinglasa, boshqalari jismoniy tarbiya bilan shug'ullanadilar. Qizlarning 19 va yigitlarning 21 yoshgacha turmush qurishi man etilgan. Ammo 27 yoshdan keyin turmush qurmaganlar qoralangan. Fohishalik qilganlar avvalo qattiq jazolangan (bo'yniga boshboldoq osilgan), qayta takrorlansa, o'limga niahkum qilingan. Kampanella «Quyosh shahri» aholisining (solariylar) haq-huquqi, bilimi, mehnati, dam olish va ijtimoiy turmush sharoitlarida tengsizlik bo'lmasligiga erishganligi asosida, kelajak avlodning shu tarzda hayot kechirishlarini orzu qilganligi bilan jahon xalqlari e'tiboriga sazovordir. XVI asrda Yevropada kapitalistik tuzumning rivojlanishi davrida jismoniy tarbiya va sport pedagogika nazariyasidan ancha orqada edi. Bu davrda cherkovlarda islohotlar boshlandi. Xristianlikda yangi protestantlik yo'nalishi paydo bo'ldi. Cherkovdagilarning jismoniy tarbiyaga munosabati o'zgardi. Ya'ni yoshlarni jismonan sog'lom qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiya, mashqlar va o'yinlardan foydalanishning ijobiy tomonlari tan olindi. Barcha gumanistlarining progressivligi shundaki, ular o`rta asrning quruq tarbiyasiga va tarkidunyochilik g`oyalariga qarshi aktiv kurashdilar, inson shaxsining erkin kamol topishini quvvatladilar va jismoniy tarbiyani umumiy tarbiya sistemasining ajralmas bir qismi sifatida ilgari surdilar.Lekin burjua gumanistlarining aksariyati xalq to`g`risida emas, balki jamiyatning bir to`da boshliqlari to`g`risida, xalqdan ajralgan va xalqni ekspluatatsiya qilgan kishilar haqida g`amxo`rlik qildilar. Bu burjua gumanistlari o`zlarining barcha g`ayratlarini cherkov obro`yiga qarshi kurashga qaratib, tug`ilib kelayotgan burjua jamiyatining konservativ kuchiga aylandilar. Xalqqa tayangan va xalq baxt-saodati yo`lida mehnat qilgan gumanistlarning ijodi esa so`nggi o`rta asr davrining demokrat gumanistlarining ijodi sifatida asrlar osha bizning kunlarimizgacha yetib keldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling