Montenning tarbiya masalalariga qarashlari. So`nggi O`rta asr davrining oxirgi
yillarida qadimgi kishilar obro`yigagina emas, balki insonning tabiiy huquqlariga ham
murojaat qiladigan gumanistarlar paydo bo`ldi. Ana shunday yo`nalishdagi
gumanistarlarning vakillaridan biri fransuz Mishel Monten (1533-1592) edi. Monten
kishini tarbiyalash va o`qitishda tarbiyalanuvchilarning tabiiy havaslariga tayanar va
ularning qobiliyatlarini hisobga olar edi. U odamning ma’naviy va jismoniy tomonlarini
butunning teppa-teng qismlari deb hisoblar va shuning uchun faqat aqlni emas, balki
tanani ham tarbiyalash o`rtaga qo`yar edi. “Jonni, tanani emas, balki odamning
tarbiyalaydilar,- deganedi u; -ulardan ikki narsa qilmaslik kerak; binobarn, Platon
aytganidek, birini ikkinchisisiz tarbiyamaslik kerak, lekin ularni, bir toqa shotisiga
qo`shilgan ot singari, bir xilda olib borish kerak”.
Monten nozik-nihol tarbiya usullariga qarshi chiqdi. “Unga (tarbiyalanuvchiga)
hech qanday erkalik qilishga hamda kiyim va uyquning, yeyish-ichishning farqiga
borishga yo`l qo`ymang,-degan edi u, -uni chiroyli va shilqim bo`lishga emas, balki
umuman baquvvat va kuchli yigit bo`lishga o`rgating”.
Monten cherkov maktablarida o`rnatilgan zo`plash, jazo berish va formal
intizomga qarshi edi. U jismoniy mashqlardan yugurish, sakrash, kurashish, qilichbozlik,
otda yurish, raqsga tushish, sayr va sayohatlarni tavsiya qilardi. U o`z Vatani, ona tilini
o`rganshga, amaliy faoliyat uchun kerkli bo`lgan ongli konkret mashg`ulotlarga da’vat
etardi.
Mishel Monten bolani o'qitish va tarbiyalashda uning qiziqishlari va qobiliyatlarini
hisobga olish zarurligini uqtiradi. Tanani tarbiyalash haqida «jonni, tanani emas, balki
odamni tarbiyalaydilar», - degan, ya'ni ikkalasini (tan va ruhni) qo'shib tarbiyalash
kerakligi xususida qat'iy hukm qilgan. Uning g'oyasi shundayki, bolani shilqim va
chiroyli bo'lishga emas, balki umuman baquvvat va kuchli yigit bo'lishga o'rgatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |