2-ma'ruza. O‘rta asrlarda Buyuk Britaniya, Germaniya, aqsh, Fransiyada jismoniy tarbiyani rivojlanishi Reja
Merkurialisning qo`riqlovchi meditsinasi
Download 209.67 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
Merkurialisning qo`riqlovchi meditsinasi. Mashhur italyan gumanisti Ieronim
Merkurialis (1530-1606 yillar) gimnastikaga doir oltita kitob yozdi. Dastlabki uch kitobi jismoniy mashqlar tarixini yoritishga, so`nggi uch kitobi esa jismoniy mashqlarni meditsina jihatidan tahlil qilishga bag`ishlangandir. Merkurialis meditsinani davolash meditsinasi va saqlovchi meditsina deb ikkiga ajratdi. Saqlovchi meditsinani u buzuqchilikka va oziq-ovqat hamda vinoni ortiqcha iste’mol qilishga qarshi kurashga mo`ljalladi; bunday hollar oqsuyaklarning vakillariga muvofiq edi. Merkurialis gimnastika va boshqa jismoniy mashqlarni saqlovchi meditsina vositalari jumlasiga kiritadi. U barcha mashqlarni haqiqiy (davolash), harbiy (hayotiy, zaruriy) va soxta (atletik) mashqlarga bo`lgan edi. Merkurialis ayrim mashqlarning ahamiyatinibaholab, ko`proq jismoniy kuch talab qiladigan mashqlarni salbiy tavsifladi va sog`lomlashtirish-gigiyena jihatdan foyda berishi mumkin bo`lgan mashqlarnigina bajarishni tavsiya qildi. U mushtlashishni inkor qilmadi, lekin yakkama-yakka mushtlashishni emas, balki kishining soyasi bilan mushtlashishni taklif qildi, chunki kishining soyasi bilan mushtlashishi qattiq kuch ishlatishni talab qilmaydi. Merkurialis suvda suzishni emas, balki cho`milishni maqtaydi va baliq ovini taklif qiladi. U jismoniy tarbiyaning musobaqa metodini foydali deb hisoblamadi va sportni inkor qildi. Merkurialisning “bir vaqtlar katta e’tiborga sazovor bo`lgan gimnastika san’atini tiklash uchun harakat qilishi” haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Uning xizmati shundan iboratki, u davolash-profilaktika mashqlarini tikladi va ularni meditsinaning muhim vositalari sifatida himoya qildi. U ko'p kuch sarf qiluvchi mashqlarni to'la ma'qullamadi va asosan davolovchi jismoniy mashqlarni qo'llab- quvvatladi. Merkurialis ko`zga ko`ringan cherkov arboblarining saroy vrachi, so`ngra esa imperator Maksimilian II ning ham vrachi edi. U feodal byurokratik aslzodalarning boshliqlariga ko`rsatgan xizmatlari uchun o`sha vaqtlardayoq eskirib qolgan ritsarlik unvoni bilan taqdirlangan edi. Download 209.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling