2-ma'ruza. O‘rta asrlarda Buyuk Britaniya, Germaniya, aqsh, Fransiyada jismoniy tarbiyani rivojlanishi Reja


Komenskiy pedagogikasida jismoniy tarbiya masalalari


Download 209.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana19.04.2023
Hajmi209.67 Kb.
#1363040
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-ma\'ruza

Komenskiy pedagogikasida jismoniy tarbiya masalalari. Yan Amos 
Komenskiy (1592-1670 yillar) eng ko`zga ko`ringan gumanist pedagog edi. Komenskiy 
“Chex qaxramonlari” jamoasi oillasida tug`ildi va o`sdi, keyin esa turli mamlakatlarda 
pedagog bo`lib ishladi.
Komenskiy, tabiat har bir kishiga ma’naviy kamolot imkoniyatlarini bergan, deb 
ta’kidladi, shuning uchun ham u umumiy ta’limning zarurligi to`g`risidagi masalani 
o`rtaga qo`ydi. U ishonch bilan: “Faqat boylar yoki aslzodalarning bolalari uchungina 
emas, balki umuman hamma uchun: aslzodalar va aslzoda bo`lmaganlar, boylar va 
kambag`allar, og`il bolalar va qizlar uchun barcha shaharlar, katta qishloqlar va joylarda 
maktablar barpo qilish kerak”,-deb yozdi. Tarbiya masalalarida u demokrat sifatida, o`z 
davrining chinakam gumanisti sifatida maydonga chiqdi. Komenskiy maktablarni tubdan 
isloh qilish masalasini o`rtaga qo`yib, ularni “insoniylik ustaxonalariga”aylantirish 
lozimligini ta’kidladi.U formal quruq ta’lim metodlarini tanqid qilibgina qolmadi, balki 
yangi pedagogika asoslarini ham ishlab chiqdi.  
Komenskiy 
ta’limda ko`rgazmalilik masalasiga katta e’tibor berdi; 
mashg`ulotlarning sinf-dars formasini taklif qildi. Uning didaktik prinsiplari hozir ham 
ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Komenskiy boshqa gumanistlar singari, jismoniy tarbiya 
masalalari bilan ko`p shug`ullandi. U inson sog`lig`ining mustahkamlanishi va jismoniy 
kuchining o`sishi uning ma’naviy kamoloti uchun bevosita shart-sharoit yaratadi, deb 
hisobladi. U o`yinlar va jismoniy mashqlarni bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalashdagi 
muhim vositalardan biri sifatida ham baholadi.


Komenskiy o`z sistemasini qadimgi odamlarning obro`yi va tajribasi asosida 
emas, balki bolalarni o`qitish ishida tarbiyaga muvofiqlik va xalq tajribasi asosida ishlab 
chiqdi. U tanlab olingan alohida kishilar haqida emas, balki xalq ommasi haqida o`yladi 
va xalq ommasi uchun juda ko`p ishlar qildi. Komenskiy fikricha, tabiat har bir kishiga 
ma'naviy kamolot imkoniyatlarini beigan, shu sababdan umumiy ta'lim hamma uchun 
zaruriydir. Demak, barcha joylarda maktab tashkil qilish va ularda barcha bolalar
jumladan, kambag'allarning farzandlari ham o'qitilish kerak, degan g'oyani oldinga 
suradi Komenskiy. 
Tomas Mor (1478-1535). Yangi paydo bo'layotgan kapitalistik tuzumga qarshi ilk 
sotsial utopistlar vujudga kela boshladi. Ular orasida ingliz Tomas Morning alohida o'rni 
bor. U eski feodal va yangi kapitalistik tuzumlarni butunlay rad etdi. Uning yaxshi davlat 
tuzilishi va yangi orol haqidagi qiziqarli «Utopiya» («orzu» ma'nosida) kitobi e'tiborga 
loyiqdir. Bu asarda qat'iy kun tartibi (rejim) belgilanib, unga ko'ra ertalab ishlash uchun-
2 soat, tushlik va dam olishga - 2 soat, tushdan so'ng ishlash uchun- 3 soat, kechki ovqat 
va ko'ngilochar o'yinlarga - 3 soat, uxlash uchun esa - 8 soat belgilangan. Bolalar 
tarbiyachilar rahbarligida aqliy ta'lim, mehnat ta'limi, axloqiy va jismoniy tarbiya 
kurslarini o'tishlari shart bo'lgan. 
Моr utopistlarning harbiy-jismoniy mashqlariga katta e'tibor berib, qurollar bilan 
suvda suzish, o'q otish, bolta va boshqa moslamalarni jangda ishlata bilish, oilani himoya 
qilish hamda qo'shnilarni dushman hujumlaridan saqlash uchun zarurligini uqtiradi. 
Italiyalik 

Download 209.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling