2-ma’ruza: O’rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi: maqsadlari va natijalari Reja


Download 30.6 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi30.6 Kb.
#1351297
Bog'liq
3-seminar


2-ma’ruza: O’rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi:
maqsadlari va natijalari
Reja:
1) Sovet hokimiyatining milliy siyosati.
2) Milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazishi va uning oqibatlari.
3) O`zbekiston SSRning tashkil etilishi
Bolsheviklar partiyasi bosh bo‘lgan sovet hokimiyati Turkistonda uzoqqa mo‘ljallangan o‘z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni ko‘zlab u XX-asrning 20-yillari boshlaridan bu zaminda mustamlakachilarga xos bo‘lgan “bo‘lib tashla, hokimlik qil” qabilidagi o‘z milliy siyosatini hayotga izchil tadbiq etish yo‘lini tutdi. Sovet mutasaddilari o‘zlarining niqoblangan soxta ishlari, yolg‘on-yashiq va’dalari va da’vatlari bilan mazlum millat kishilarini o‘z hukmlariga bo‘ysundirishga, “yagona Turkiston uchun” kurash g‘oyasini yo‘qqa chiqarishga intildilar.
Turkiston xalqlari o‘z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intilardi. 1920-yil yanvarida bo‘lib o‘tgan Turkiston Kom’artiyasining V o‘lka konferensiyasida Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi T.Risqulov so‘zga chiqib, mushtarak Turkiston g‘oyasini ilgari suradi. Asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston Avtonom Res’ublikasini Turk Sovet Res’ublikasi, Turkiston Kom’artiyasini Turkiy xalqlar Kom’artiyasi, deb o‘zgartirishni taklif qiladi. Bu takliflar o‘lka ijtimoiy-siyosiy hayotida, RK’(b) Markazqo‘mi, uning siyosiy byurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahslarga sabab bo‘ldi. Shu bois “Turkiston masalasi” bir necha bor Markazda muhokama qilindi. 1920-yil 13-iyunda T.Risqulov, N.Xo‘jayevlardan iborat Turkiston xalqlari delegatsiyasi o‘z amaliy takliflari bilan bevosita sovet hukumati rahbari V.I.Lenin qabulida bo‘ladi. Sovet hukumati rahbariyati va bu masalani 1920-yil 29-iyulida ko‘rib chiqqan RK’(b) Markazqo‘mi Siyosiy byurosi Turkiston xalqlari delegatsiyasi iltimosnomasiga ijobiy baho bera olmadi. Buning aksicha, sovet hukumati va ‘artiya rahbariyati o‘lkadagi vaziyatni tezlikda bartaraf etish uchun shoshilinch tarzda “Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to‘g‘risida”gi maxsus qarorni qabul qilib, bunda Turkistonda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va RK’(b) Markaziy Qo‘mitasining doimiy vakolatxonasi bo‘lishi kerakligi zarur, deb ko‘rsatildi. Mazkur qaror o‘lka hayoti ustidan nazoratni kuchaytirish, sovet hokimiyati negizlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Shunday qilib, o‘lka xalqlarining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘z milliy davlatchiligini o‘z xohishlaricha huquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana bir urinishi barham to’tirildi. O`lka xalqlarining orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘la olmagan Turkiston avtonom res’ublikasi hukumati raisi T.Risqulov tez orada o‘z lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi. Sovet Rossiyasi hukumati Turkistonning emin-erkin rivojlanish yo‘lidan ilgarilab borishini emas, balki uning doimiy nazoratlari ostida bo‘lishini xohlardi. O`lkaning mehnatsevar, jafokash xalqi, uning boyliklari va tabiiy mineral resurslari Markaz foydasiga ishlashi, xizmat qilishi ularning birdan-bir muddaolari edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkkomissiya, O`rta Osiyo byurosi, O`rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi singari nufuzli organlarning o‘lka hayotining barcha jabhalarini o‘z nazoratiga olishi, o‘z iznlariga bo‘ysundirish borasida harakat etib kelganligi boisi ham mana shundadir.
Ma’lumki, bolsheviklar boshliq sovetlar hokimiyati barcha usul va g‘oyaviy ta’sir vositalarini ishga solib, mazlum millatlarni yagona bir qizil saltanat tarkibiga birlashtirish, shu asosda qudratli ittifoq davlatini bar’o etishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Chorizmning mustamlakachilik siyosatini boshqacha shakl va ko‘rinishlarda ustamonlik bilan davom ettirgan makkor sovet rejimi sovet res’ublikalari ittifoqini tuzishga, ularni RSFSR atrofiga ji’slashtirishga asosiy e’tibor qaratdi. Sovet hukumati rahbari V.I.Lenin, yangi ittifoq RSFSRdan yuqori bo‘ladi va unga RSFSR ham boshqa milliy res’ublikalar kabi teng maqom va huquqlar bilan kiradi, degan fikrni bildirdi. Bu sovetlarning yana bir o‘ziga xos hiylasi edi.
Nihoyat, RK’(b) MQ rahbarligida joylarda uzoq vaqt olib borilgan tashviqot-targ‘ibot ishlari va ko‘rsatilgan tazyiqlar o‘z natijasini berdi. Ukraina, Belorussiya, Kavkazorti Federatsiyasi Kom’artiyalari, bu res’ublikalarning sovetlar s’ezdlari RK’(b) Markazqo‘mining “SSSRni tuzish to‘g‘risida”gi takliflarini qo‘llab-quvvatlashlarini bayon qildilar. 1922-yil 26-dekabrda sovetlarning Butun Rossiya X-s’ezdi sovet res’ublikalarini yagona sovet davlatiga birlashtirishni zarur deb topdi.
1922-yil 30-dekabrda Moskvada Butunittifoq sovetlarining I-s’ezdi SSSRni tuzish to‘g‘risidagi Deklaratsiya loyihasini ko‘rib chiqib, Deklaratsiya va Ittifoq Shartnomasini tasdiqlaydi. SSSRning yuqori hokimiyat organlari – Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va hukumati tuzildi. V.I.Lenin SSSR Xalq Komissarlari Soveti raisi etib tasdiqlandi.
Shunday qilib, oktabr to‘ntarishidan 5 yil o‘tgandan keyin 1922-yil 30-dekabrda SSSR tuzildi. Uning ta’sischilari RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Kavkazo’rti Federativ res’ublikalari hukumatlari bo‘ldilar. Keyinchalik uning tarkibi kengayib bordi. XX-asrning 30–40-yillari boshlariga kelib bu ittifoq davlati tarkibi yangi res’ublikalar hisobiga kengayib, u son jihatidan 15 taga yetkazildi. Shunday qilib, yer yuzi hududining 1/6 qismini egallagan qudratli sovetlar saltanati vujudga keldi. Bu ittifoqqa asos solingan barcha dasturamal hujjatlarda tenglik, birodarlik tushunchalari aks ettirilsada, biroq amalda u hukmron Markaz uchun butun-butun xalqlarning taqdiriyu qismati, inon-ixtiyorini tamomila o‘z tasarrufiga bo‘ysundirishga xizmat qilgan tuzoq rolini o‘tab keldi. Negaki, bu ittifoq uning tarkibiga kiritilgan har bir milliy res’ublikalarning amaldagi mustaqilligini barham to’tirdi, emin-erkin rivojlanishiga g‘ov bo‘ldi. Bunday o‘gir ayanchli qismatni O`zbekiston va uning jabrdiyda xalqi ham o‘z boshidan kechirdi.
Ma’lumki, O`rta Osiyo hududida qadim-qadimdan tili, dini, tarixi, madaniyati, an’analari bir-biriga juda yaqin, mushtarak qardosh va qondosh xalqlar yashab kelganlar. Bu yerda istiqomat qilgan o‘zbeklar, turkmanlar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqal’oqlarning xo‘jalik hayoti, turmush tarzi, udumlari ham o‘xshash bo‘lib, shu muqaddas ona zaminni o‘zlarining asl Vatanlari deb bilganlar. “Biz ildizi, tomirlari bir xil xalqmiz”, degan g‘oya azaldan avloddan-avlodga o‘tib keladi. Bu g‘oya doimo hudud yaxlitligi, birligiga xavf tug‘ilganda kuchli, yengilmas tushunchaga aylangan, xalqlarning bir-biridan ajralib, uzoqlashib ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Biroq, afsuslar bo‘lsinki, ‘ixini yorgan sovet hokimiyati arboblari qondosh va jondosh, tarixan bir hududda yashab kelgan birodar xalqlarni bir-biridan ajratib tashlash, ularning birlashib davlat tuzishlariga izn bermaslik ushun butun choralarni ishga solib borganlar. Bundan kuzatilgan bosh maqsad o‘lka xalqlarining birlashuviga, o‘z istiqlolini va istiqbolini birgalikda bunyod etishiga yo‘l qo‘ymaslik va shu asosda Markazning bu yerdagi hukmronligiga, sotsialistik qayta qurish jarayonining avj olishiga keng maydon yaratish edi. Shu maqsadda Turkistonni milliy o‘ziga xoslik, til birligi asosida bo‘lib tashlash g‘oyasi ilgari surildi.
Markazning hukmronlik irodasini bajarishga da’vat etilgan Turkiston ishlari bo‘yicha maxsus komissiya – Turkkomissiya zimmasiga o‘lkada milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazish va shu asosda bu hududda bir qator sovet res’ublikalarini tashkil qilish vazifasi yuklangan edi. RKP(b) Markazqo‘mi kotibi Ya.Rudzutak bu tadbirga bosh mutasaddi qilib belgilangan edi. Markaz mo‘ljallayotgan milliy siyosat mazmuni, mohiyatidan xabardor bo‘lgan Turkistonning ilg‘or ziyolilari o‘lka birligini zo‘r berib himoya qilishga urindilar. Biroq o‘lka jilovini qo‘lda mahkam tutgan bo‘lshevik mutasaddilar ularning haqqoniy fikrlarini hisobga olmadilar. Yagona va mustaqil Turkiston g‘oyasi uchun kurashgan vatan’arvar kuchlar, milliy ziyolilar millatchilikda, turk’arastlikda, islomparastlikda va sovet hokimiyatiga qarshilikda ayblandilar va qoralandilar. Shunday qilib, O`rta Osiyoni milliy-hududiy jihatdan alohida res’ublikalarga bo‘lib tashlash masalasi bir necha bor Markazda, Turkiston, Buxoro, Xorazm res’ublikalarida, ularning kom’artiyalari ‘lenumlarida, RKP(b) MQning O`rta Osiyo byurosi ‘lenumlarida muhokama etilib, mahalliy xalqqa ta’sir va tazyiqlar o‘tkazilib borildi. O`rta O`siyo res’ublikalarida milliy-hududiy chegaralanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzildi. Loyiha RK’(b) MQ O`rta Osiyo byurosining 1924-yil 2-iyundagi yig‘ilishida muhokama etilib, asosan ma’qullandi. Bundan norozi bo‘lgan mahalliy aholi vakillari, xususan, Xorazm res’ublikasining bir guruh mas’ul xodimlari, chunonchi, XK’ MQ kotibi Odinayev, ichki ishlar noziri Abdusalomov, Yoqubov; Turkiston va Buxoro vakillari Sultonbek Xojanov, Sanjar Asfandiyorov va boshqalar yagona Turkistonni bo‘lib tashlash maqsadga muvofiq emas, deb e’tiroz bildirdilar. Ular Turkiston xalqlari birligini saqlab qolishga qaratilgan “O`rta Osiyo Federatsiyasini tuzish to‘g‘risida” taklif kiritdilar. Shuningdek, 1924-yil 8-mayda RKP(b) MQga “Xorazmda milliy masalani hal etish to‘g‘risida xat” kelib tushadi. Bu xatda ham Xorazm res’ublikasini bo‘lib yuborish maqsadga muvofiq emas, deyilgan edi. Biroq mahalliy xalqlarning talab va takliflari inobatga olinmadi. Aksincha, 1924-yil 12-iyunda RKP(b) MQ Siyosiy byurosi “O`rta Osiyo res’ublikalarini milliy-hududiy chegaralash to‘g‘risida”gi masalaga yana qaytib, uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Munozaralar tobora qizib borganligi sababli vaqtincha Xorazm res’ublikasida milliy-hududiy chegaralanishni to‘xtatib turishga qaror qilindi. Bu borada Xorazm Kom’artiyasi va hukumati rahbarlariga har tomonlama ta’sir o‘tkazib borildi. Ularning ko‘‘chiligi vazifasidan olinadi, qolganlari ‘artiya qaroriga qo‘shilishga majbur bo‘ladi. Oqibatda 1924-yil 26-iyunda Xorazm Res’ublikasi rahbarlari Xorazm uchun ham milliy chegaralanishning zarurligini “e’tirof” etadilar. Shundan so‘ng, 1924-yil 15-iyulda O`rta Osiyo byurosi milliy chegaralanish loyihasini tayyorlash va 1924-yil oktabr oyida uni o‘tkazish zarur, degan xulosaga keldi. Bu qaror 1924-yil 14-oktabrda SSSR BMIQ tomonidan ham ma’qullanadi. Shu tariqa, sovet hukumati va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining 1920–1924-yillar davomida O`rta Osiyoda olib borgan, xalqqa yolg‘on va’dalar berishni ko‘zda tutgan “lenincha milliy siyosat”ni hayotga tatbiq etish bobidagi amaliy ishlari yakun to’di. Buning orqasida o‘lkaning tarixan tarkib to’gan o‘ziga xos milliy xususiyatlari, hududiy yaxlitligi zavol to’di. Uning hududlarini kichik-kichik milliy bo‘laklarga bo‘lish ishlari yakuniga 1924-yil 24-oktabrda RK’(b) MQ ‘lenumi so‘nggi nuqtani qo‘ydi.
Shunday qilib, hukmron Markaz zo‘ravonlarining bir necha yillik sa’y-harakatlari orqasida O`rta Osiyoning siyosiy jo‘g‘rofiyasi sun’iy ravishda o‘zgartirildi. Bu hududdagi ko‘‘ asrlik milliy davlatchilik tarixi an’analariga chek qo‘yildi. Buning yorqin ifodasi xususan Buxoro va Xorazm davlatlarining zo‘ravonlik yo‘li bilan tugatilganligida namoyon bo‘ladi. O`rta Osiyo hududida shu davrga qadar hukm surib kelgan uch davlat: Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm res’ublikalari o‘rnida endilikda O`zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, shuningdek, O`zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi. Qirg‘izlar yashagan huddudlar Qoraqirg‘iz (Qirg‘iziston) muxtor viloyatiga birlashtirilib RSFSR tarkibiga, Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlari Qozog‘iston ASSR ixtiyoriga berildi. Qoraqal’oqlar yashaydigan hududlar Qoraqal’oq muxtor viloyatiga birlashtirilib Qozog‘iston ASSR tarkibiga kiritildi. O`lkada beshta milliy davlat birlashmalari tashkil etildi. Natijada, yagona Turkiston xalqlari bir-biridan sun’iy ravishda uzoqlashtirildi. Bu hol sovetlarga o‘lkada o‘z hokimiyatini mustahkamlash ushun katta imkoniyatlar yaratib berdi
Milliy-hududiy chegaralanish natijasida O`zbekiston SSR tashkil etildi. Uning tarkibiga quyidagi hududlar: Turkiston ASSRning 9 ta uezdi, 133 ta tumani va 7 ta qishloq okrugi; Buxoro res’ublikasining 9 ta viloyati; Xorazm res’ublikasining 23 ta tumani kiritildi. O`zbekiston SSR tashkil etilgan ‘aytda uning hududi 312394 kv. km.ni, aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etar edi. Milliy tarkibiga ko‘ra aholining 74,2 foizini o‘zbeklar, qolganlarini esa boshqa millatlar tashkil etar edi. O`zbekiston SSRning dastlabki ‘oytaxti Buxoro shahri bo‘lgan. Biroq ko‘‘ o‘tmay 1925-yil a’relda ‘oytaxt Samarqand shahri qilib belgilandi. 1930-yil oxirida ‘oytaxt Toshkentga ko‘chirildi. O`zbekiston SSR hududida butun hokimiyat O`zbekiston SSR sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar Muvaqqat Inqilobiy qo‘mita ixtiyoriga berildi. Buxoro res’ublikasi hukumati raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev O`zbekiston SSR Inqilobiy qo‘mitasi raisi qilib tasdiqlandi. 1924-yil 5-dekabrda Inqilobiy qo‘mita butun O`zbekiston xalqiga murojaat qilib, O`zbekiston SSR tuzilganini, uning tarkibiga Tojikiston ASSR kirganligini ma’lum qildi. Milliy chegaralanish bilan bir vaqtda iqtisodiy bo‘linish ham o‘tkazildi. Turkiston, Buxoro, Xorazm res’ublikalariga tegishli barcha boyliklar yangi milliy res’ublikalar o‘rtasida qayta taqsimlandi. Bu ishlar sovet hukumati tomonidan maxsus tuzilgan O`rta Osiyoni tugatish komissiyasi boshchiligida amalga oshirildi.
1925-yil 13-fevralda Buxoroda Xalq uyida Umumo‘zbek sovetlarining I-qurultoyi ochildi. Qurultoy “O`zbekiston Sovet Sotsialistik Res’ublikasi tuzilganligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya”ni qabul qildi. Qurultoyda davlat hokimiyati oliy organlari tuzilganligi rasmiylashtirildi. O`zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi lavozimiga farg‘onalik dehqon, “Qo‘shchi” uyushmasi rahbarlaridan biri Yo‘ldosh Oxunboboyev saylandi. O`zbekiston SSR hukumati – Xalq Komissarlar Kengashi raisi lavozimiga Fayzulla Xo‘jayev tasdiqlandi. Milliy chegaralanish davrida O`rta Osiyoda faoliyat ko‘rsatib kelgan ‘artiya, komsomol va xo‘jalik tashkilotlarida ham bir qator tashkiliy o‘zgarishlar amalga oshirildi.
O`zbekiston Kom’artiyasining 1925-yil 6–12-fevral kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tgan I-ta’sis s’ezdida O`zbekiston Kommunistik ‘artiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashdi. Uning Markaziy Qo‘mitasi saylandi. V.I.Ivanov va Akmal Ikromov Markaziy Qo‘mitaning mas’ul kotiblari etib saylandilar. Akmal Ikromov 1927-yildan O`zbekiston Kom’artiyasi MQning birinchi kotibi lavozimida faoliyat olib bora bosh- ladi. Shu yili O`zbekiston komsomoli, res’ublika kasaba uyushmalari, uning rahbar organlari ham tuzildi. Ular res’ublikada Markaz va sovet hokimiyatining tayanch organlari bo‘lib qoldilar.
1925-yil may oyida O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi SSSR tarkibiga kiritildi. SSSR Konstitutsiyasi, uning asosiy qonun-qoidalari O`zbekiston SSR hududida bevosita ishlaydigan bo‘ldi. 1927-yilda qabul qilingan O`zbekiston SSRning birinchi va 1937-yilda qabul qilingan ikkinchi konstitutsiyalari ham amalda SSSR Konstitutsiyasining ko‘chirma nusxasi edi. Chunki O`zbekiston qog‘ozdagi “suveren” res’ublika bo‘lib, amalda Markazga tobe va qaram bir o‘lka edi. U o‘z xalqining milliy manfaatlariga oid biror-bir dolzarb, hayotiy ahamiyatga molik masalani Sovet Ittifoqi hukumatidan xoli ravishda mustaqil hal eta olmasdi. Hatto O`zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishiga oid masalalar ham Sovet Ittifoqi hukumati tasarrufida edi. Masalan, O`zbekiston xalqi, uning hukumati roziligini so‘ramasdan 1929-yilda Tojikiston ASSR O`zbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, Tojikiston SSR ga aylantirildi hamda SSSRga qabul qilindi.
Shunday qilib, qog‘ozda suveren res’ublika sifatida shakllantirilib, hukmron sovet im’eriyasi tarkibiga kiritilgan O`zbekiston SSR amalda Markazga to‘la bo‘ysunuvchi, arzon xom ashyo mahsulotlari yetkazib beruvchi bir chekka o‘lka bo‘lib qolaverdi.
1920 yil 30 aprelda Xorazm millatidan va dinidan qat’i nazar barcha mehnatkashlarning respublikasidir, deb e’lon qilindi. Shunday qilib 1920 yil aprel oyida Xorazmda mustaqil Xalh Respublikasi e’lon qilinib, barcha xalqlar bilan birodarlikda yashashga katta umid bog’landi.
1920 yil 1 fevralda Xivaning oxirgi xoni taxtdan tushirilib, hujjatga imzo chekkandan keyin, 2 fevral kuni inqilob g’alabasi e’lon qilindi va inqilobiy qo’mita tuzildi. Ana shu tariqa Xorazmda yangicha hayot va boshqarish tartibi e’lon qilindi. Turli tashkilotlar vujudga kela boshladi. Xorazm davlatining dastlabki hujjatlaridan biri machitni davlatdan ajratish bo’ldi.
1920 yil 2 aprelda esa turkman urug’ boshliqlari Qo’shmuhammad, G’ulomalixon, Baxshi va boshqalar ishtiroqida Gelbart kotibligida, Olloqulov tarjimonligida majlis o’tkazilib, birinchi navbatda o’zaro nizolarga chek qo’yish masalasi muhokama qilindi. Chunki Xorazm vohasi xalqlari o’rtasidagi munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishda asosiy masala ilgarigi Xiva xonligi xududidagi o’zbek, turkman, qozoq. qoraqalpoq millat mehnatkashlari o’rtasida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qo’shni Amudaryo viloyati bilan ularning o’zaro hamkorligini kuchaytirish, umuman Xorazm mehnatkashlari bilan Turkiston Respublikalari mehnatkashlari o’rtasidagi do’stlikni yuqori darajaga ko’tarishdan iborat edi.
Bu kengashda o’zaro nizoli harakatlarning aybdori chor Rusiyasi bo’lib kelgani aytildi. Kelgusida mehnat bilan harbiy majburiyat teng taqsimlansa o’rtadagi nizolarga chek qo’yilishi anih ko’rsatildi. G.I. Broyda tashabbusi bilan boshlangan bu kengashda ishtirok qilgan o’zbek va turkman urug’ boshliqlari, oqsoqollari bunga tamoman rozi bo’ldilar. Shu bilan turkman mehnatkashlarining vakillarini ham markaziy hokimiyatga saylashni zarur topdilar. Oilaviy aloqalar o’rnatishni ilgari surdilar. Butun Xorazm vakillarining birinchi qurultoyiga saylanadigan 200 nafar vakillarning 80 nafari turkmanlar vakillari bo’lishi belgilandi.
1920 yil 9 aprelda Vaqtli hukumatning majlisi chaqirilib, Nozirlar sho’rosi tuzildi. Polvonniyoz hoji Yusunov (Davlat nazorati), Bekjon Rahmonberganov – Xalh madaniyati za maorifi noziri, Bobooxun Salimov – adliya noziri, Jumaniyoz Sultonmurodov – vaqtli hokimiyat raisi Odomoxun Ortiqov – muovini va boshqalar.
Xorazmda endigina shakllanayotgan hokimiyatning shu majlisida davlat tuzilishi, nozirliklar tashkil qilish, maktab, kasalxona ochish, yangi lavozimlar saylov nizomi haqidagi masalalar muhokama qilindi. Xorazmdagi 20-yillardagi o’zgarishlarning eng muhim natijadari: o’zbeklar bilan turkmanlar hamkorligi vujudga kelib, mehnat armiyasi tashkil qilindi. Saylov qonuni, sudxo’rlikka qarshi dekret, vakuf erlari haqida nizom, oliy sud haqida, xon erlari va mulklarini musodara qilish haqida konunlar e’lon qilindi.
1920 yil 27 aprelda Xiva shahrida Butun Xorazm vakillarining birinchi qurultoyi chaqirilib (buning ishtirokchilari turli millatga mansub kishilar edi) barcha millat mehnatkashlarining manfaatiga mos keladigan masalalarni muhokama qildilar va bu borada zarur qarorlar qabul qildilar. Ko’p yillardan buyon davlat nomi «Xiva» shaklida ishlatilib kelingan bo’lsa, endi Xorazm nomi bu qurultoyda qayta tiklandi, Xorazm Xalh Sovet Respublikasi (XXSR) tuzilgani e’lon qilindi va uning Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bundan tashqari Xorazm XSR ning Nozirlar Sovetini sayladilar. 8 ta nozirlik tashkil qilinib, 5 nafar kommunist, bir yosh Xivalik va 2 nafar partiyasiz kiritildi. 1920 yil 28 aprelda esa XXSR e’lon qilindi.
1920 yil 30 aprelda Xorazm millatidan va dinidan qat’i nazar barcha mehnatkashlarning respublikasidir. deb e’lon qilindi. Shunday qilib 1920 yil aprel oyida Xorazmda mustaqil Xalh Respublikasi e’lon qilinib, barcha xalqlar bilan birodarlikda yashashga katta umid bog’landi. Endigina siyosiy xaritada paydo bo’lgan mustahil Xorazm respublikasiga qo’shni xalhlar yordam qo’lini cho’zdilar. Qo’shni Jumhuriyatlar 700 ming kishi hayot kechirayotgan Xorazm vohasini mahsulotlar va texnika uskunalari bilan ta’minlashni o’z zimmasiga oldi va qaytib olmaslik sharti bilan 20 million so’m ajratdi. Turkiston komissiyasining qarori bilan 1920 yil aprel – may oylarida yana 150 million so’m yordam berildi. Joylarda yangi tashkilotlar tashkil qilishga kirishdilar. Tezda yangi zamon maktablari, bolalar bog’chasi, qariyalar uyi, internat-maktablar vujudga keltirildi.
Turkkomissiya esa Xorazmga tezlik bilan birinchi navbatda 3 do’xtir, 8 feldsher, bir tish do’xtiri, bir akusherka, uch kasalxonani ta’minlashga etadigan dori-darmonlar 10 o’qituvchi, o’qish qurollari, 50 ming pud kerosin, 50 ming pud neft, idish-asboblar yubordi.
1920 yil 7 martdan nashr qilinayotgan «Inqilob quyoshi» ro’znomasi, 3 apreldan ish boshlagan «Maorif saroyi», aprel oyi oxirlarida birinchi tomoshabinlarni qabul qilgan Xiva tarixiy muzeyi, birinchi bo’lib Xivada ish boshlagan o’zbek, tatar, rus teatr truppalari yangi hayot ustunliklarini tashviqot qila boshladilar. «Maorif saroyi» ochilishi marosimiga Toshkent shaharining oxuni Mulla Qoriev ishtirok qilishining o’zi katta voqea edi. Shunday qilib, machit davlatdan ajralgani bilan xokimiyat din egalariga qarshi tazyiq qilmadi. Dindorlar ham partiya, sovet tashkilotlarida xizmat qila boshladilar. An’anaviy o’quv yurtlari – machit va madrasalar o’z faoliyatini davom qildirdilar va ularda minglab yoshlar ta’lim-tarbiya oldilar.
1920 yil iyul oyida Said Abdullaxon va mashhur Xismatulloning Xivadan surgun qilinishi o’lkaning yirik dindorlari o’rtasida ba’zi noroziliklarni keltirib chiqardi. Ammo yangi tashkil qilingan xokimiyat ijobiy ishlar qilishni davom qildirdi. Ko’p xotinlikka chek qo’yish to’g’risida qonun tayyorlashga kirishildi. Mehnat intizomi to’g’risida qo’llanma tayyorlandi. «Er–uni ishlaganga» degan ko’rsatmalar berildi.
4 avgustda Toshkent shahriga o’qishga 20 nafar o’quvchi yuborildi. 16 avgustda esa Xiva shahrida birinchi marta yakshanbalik o’tkazildi. Bundan tushgan daromad obodonlashtirish ishlariga sarflandi. Shu yili dekabr oyida esa Xiva shahrida qizil o’qituvchilar uyushmasining birinchi majlisi o’tkazildi. Xorazm vakillarining birinchi qurultoyida esa barcha vakufninig madaniyat va maorif ixtiyoriga berilishi, dindorlarning noroziligini ancha oshirgan edi. Bu yangiliklarning barchasi an’anaviy hayot tarzimizga tamoman mos kelavermadi. Shu sababdan ham qator dindorlar markaziy shahar Xivadan chekka noxiyalarga, boshqa o’lkalarga keta boshladilar. Ba’zi dindorlar xalh xokimiyatiga qarshi kurashni davom qildirayotganlar safiga qo’shildilar.
1920 yil iyun oyidan Xiva shahrida «Rosta», «Krasnoarmeyskiy listok» ro’znomalarining nashr qilina boshlashi, o’qituvchilar tayyorlash kursining ishboshlashi, ayrim kitobchalarning nashr qilinishi kabi tarixiy voqealariing yuz berishi Xorazmda fan va madaniyatning rivojlanayotganini ko’rsatar edi. Bulardan tashqari, Xorazmda sotsial masalalar bo’yicha tengi yo’q ishlar qilindi. 1920 yil boshlarida Xorazm xududidagi o’zaro nizolar sababli minglab xotin-qizlar bandilikda saqlanayotgan edilar. Xalq hokimiyati ana shu xo’rlangan xotin-qizlarni o’zaro munozaralar yo’li bilan o’z ota-onalari qoshiga, o’z oilalariga qaytardi. 20-yillarning birinchi kunidan boshlab Xorazm vohasida yangi hayot qurilishida mashhur tashkilotchilar, madaniyat xodimlari Matyoqub Otajonov, Polvonniyoz Hoji Yusupov, Mulla- bekjon Raxmonov, Bobooxun Salimov, Odamoxun Ortiqov, Jumaniyoz Sultonmurodov, Orozgaldi Hojimamedov, Afzol Tagirov, Husayn Qo’shoev, Otajon Abdolov, Safo Olloberganov, Matyoqub Axangarov, Ro’zmat Yusupov, Yusuf Ahmadov, I.Xonsuvorov, Zokir. Bikchurin, Xakimboy Muhammadiev, Mullanavro’z Ro’ziboev, G.I. Broydo, Sergey Malishev alohida katta xizmat qildilar. Bu ilg’or tashkilotchilarning tarixda iz qoldirgan eng muhim xizmati shuki, ular xalq ommasi orasidan haqiqiy qobiliyat egalarini tanlab olabildilar va tarbiyalay oldilar. Ularning hadiqiy tarbiyasini olgan qobiliyat egalari Davlat Rizaev, Karim Boltaev, Qurbon Olloberganov, (Beregin), Soib Nazariy, Onabibi Safoeva, Ahmadjon Ibrohimov, Xayrulbanot Saydoshova, Qosim Zaripov, Masharip Polvonov, Eshmurot (Shuxrat) Divanov, Umar Qurboniy, Bolta Sharipov kabi yoshlar davlat ishlariga ishtirok qilib, ta’lim-tarbiya sohasida faol ko’zga ko’rina boshladilar.
1921 yil butun Xorazm vakillarining ikkinchi qurultoyining chaqirilishi Xorazm vohasining keyingi taraqqiyot yo’lini ko’rsatib berdi. Jumladan, qurultoy chiqargan xulosada shunday so’zlarni o’qiymiz:
«Xorazm respublikasida bundan keyin mehnat qilmasdan ommaning qonini so’radigan parazitlar bo’lmasligi kerakki, mamlakat bo’yicha dekret e’lon qilinib, er-uni ishlaydiganlarga berilsin, erni ijaraga berib kun ko’ruvchilar erdan mahrum qilinadi».
Bunday qonunning qabul qilinishi mehnatkash ommaning mehnat faoliyatini kuchaytirdi. Dehqonchilik sohasida esa katta ijodiy uyg’onish boshlandi.
Bu davrda xalqaro munosabatlarda ham katta o’zgarishlar yuz bera boshladi. 1920 yil iyun oyida Xorazm respublikasining ilg’or Davlat vakillari Toshkent Moskva shaharlariga kelib, qator uchrashuvlar o’tkazdilar va bitimlar tuzdilar. 1920 yil 1 sentyabrda Xorazm delegatsiyasi Boku shahrida chaqirilgan Sharq xalqlari s’ezdida ishtirok qilib, shu s’ezd qarorlarini qabul qilishda aktiv ishtirok etdilar. 13 sentyabr kuni XXSR va RSFSR o’rtasida davlat shartnomalari imzolandi, 13 noyabrda esa XXSR bilan Buxoro xalq sovet Respublikasi o’rtasida ikki tomonlama shartnoma imzolandi. XXSR bilan RSFSR o’rtasida imzolangan shartnomaga binoan Chor Rusiyasi Xiva xonligiga nisbatan ilgari qo’llanib kelgan barcha huquqlardan Sovet Rusiyasi «voz kechdi». Chor Rusiyasi davrida Xorazmda vujudga keltirilgan barcha boyliklar mahalliy mehnatkashlarning ixtiyoriga berildi va Xorazm respublikasiga 500 mln. so’m yordam uyushtirildi. 1920 yil 20 seityabrda RSFSR bilan XXSR o’rtasida iqtisodiy shartnoma imzolanib, o’zaro savdoga keng imkoniyatlar ochildi. Sovet Rusiyasidan Xorazmga keltirilayotgan va Xorazmdan Rusiyaga chiqarilayotgan mahsulotlar, tovalar har qanday soliq va bojlardan ozod qilindilar va Xorazmga 100 dona duradgorlik stanoklari, 20 dona tokarlik stanoklari yuborish planlashtirildi.
Bulardan tashqari, RSFSR va TASSR Xorazm respublikasini xo’jalik asboblari, oziq-ovqat, qishloq xo’jalik qurollari, urug’lik bilan ta’minlashni o’z zimmasiga oldilar. Xorazmga yuzlab mutaxassislar ko’chib kela boshladilar. Shu davrda «Xorazmga doimiy ishga kelgan har bir evropalik bor imkoniyatlar bilan yordam berishi bizning asosyy maqsadimiz» degan shior ostida ish ko’rdilar.
1921 yil 13 oktyabrda va 1922 yil 29 iyunda RSFSR va XXSR o’rtalarida imzolangan shartnomalar ham 1920 yil sentyabrda imzolangan shartnomaning ijrosi edi.
RSFSR bilan iqtisodiy aloqani keng yo’lga qo’ygan Xorazm respublikasi Turkiston ASSR va Buxoro respublikalari bilan ham o’zaro munosabatlarni yaxshilay bordi. 1921 yil 1 iyulda Turkiston ASSRda Xorazm respublikasining vakolatxonasi tashkil qilindi. Shu yili 4 dekabrda vakolatxona Bosh konsullikka aylantirildi. RSFSR bilan XXSR va TASSR o’rtasida o’zaro hamkorlik munosabatlarining keng yo’lga qo’YILISHI Xorazm respublikasi bilan Amudaryo bo’limi (1920 yil dekabr oyidan Amudaryo viloyati) o’rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko’tardi.
Xorazm respublikasidagi o’zbeklar bilan turkmanlar o’rtasida, mang’ishloqlik qozoqlar bilan krasnovodsklik turkmanlar o’rtasida birodarlik shartnomalarining imzolanishi Xorazm vohasida hayot kechirayotgan o’zbek, turkman, qoraqalpoq va qozoq mehnatkashlarining kayfiyatiga ham ijobiy ta’sir o’tkazdi. Xorazm respublikasi bilan Amudaryo viloyati o’rtasida savdo va madaniy aloqalarga keng yo’l ochildi. Natijada Amudaryo kirg’oqlari bo’ylab qo’yilgan soqchilar ortiqcha bir narsa bo’lib qolmoqda edilar.
1920-1921 yillar jahonning turli xududlaridan Xorazmga «Madaniy yurish» e’lon qilindi. Xuddi yangi er o’zlashtirganlari singari qo’shni xalqlarning vakillari xalq xo’jaligining hamma sohalariga kirib keldilar. Rus ustalari tashabbusi bilan yangi Urganch va Xiva shaharlari oralig’ida to’rtta temir ko’prik qurildi. Turkiya grajdanlari Abdulla Mamedov, Husayn Ismoilov, Bahri Kamol madaniyat va maorif ishlarida jonbozlik ko’rsata boshladilar. H.H. Niyoziy sahna san’ati sohasida katta tashkilotchilik qildi. Boshqird Afzal Tagirov, Kashshof Poti Xorazmda o’rta maxsus bilim yurtlarini vujudga keltirishda katta xizmat qildilar. Buzilgan zavodlarni tiklash, qadimiy hunarmandchilikni keng yo’lga chiqarib qo’yish ishlari kuchaytirildi. Fidokorona halol mehnat qahramonlarini mukofotlash maqsadida 1922 yil fevraldan Xorazm «Mehnat nishoni» ta’sis qilindi. Ammo yangi hayot qurilishi hammaga ham bir xil kayfiyat bermadi. An’anaviy hayot nash’alariga sodiq bo’lgan qator kishilar o’z yo’lida mahkam turib, tarki vatan qildilar. Ba’zilari yangiliklarga qarshi tashviqot qilishni davom qildiraverdilar.
Xorazm xalqi yangi hayot qurilishining dastlabki yillarida turli yo’nalishlar bo’yicha harakat qildi. Chunki ular yangi hayot qay tarzda yuz berishini bilmasdilar. Shuning uchun ham kundalik siyosatda ko’proq yoshlar faollik ko’rsatdilar. Birinchi bor vujudga kelgan idoralarning xodimlari orasida katta ko’pchilikni shu yoshlar tashkil qildi. Inqilob g’alabasining dastlabki yillari yoshlar bilan keksalar o’rtasidagi munosabatda ajralishning boshlanishi davri bo’ldi. Bu masala xotin-qizlarga ham taalluqli edi.
Xiva xonligi davrida 132 madrasa, 2169 an’anaviy mak- tab, 8 ta jadid maktabi bo’lib, ularda 60 mingdan ortih yoshlar o’hitilayotgan ediki, islom g’oyasini o’tkazish markaziy masala hisoblanardi. Inqilob ~ g’alabasi bilan bu 'diniy maktablarga, dindorlarga harshi hujum boshlanmagan bo’lsa ham yangi siyosatning o’zi bu o’huv yurtlarining yarmidan ko’pro- g’ining o’z faoliyatini to’xtatishlariga olib keldi. O’hiyotgan o’g’il-hizlar safi 10 marta hisharib ketdi. Bu an’apaviy tar- biya sohasidagi ishlarga katta zarar etkazdi.
1920-1921 yillarda Xorazm madaniyat va maorif noziri lavozimida ko’p kishilar ishladilar. 1921 yil Turkiya grajdani davrning faol kishilaridan Bahri Kamol ham shu vazifada ishladi. U Xorazmda milliy maktablarni ko’paytirishga harakat qildi va o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda guruhlarga ajratib o’qitishni tavsiya qildi. Bahri tashabbusi bilan Xiva shahrida yangi partiya maktabi tashkil qilinib, keyin shu maktab dorilfununga aylantirildi.
Bahri madaniyat va maorif noziri sifatida qo’shni o’lkalardan mutaxassislar taklif qila boshladi.
Faqat Saratov gubernasidangina 38 nafar maorif xodimlari Xorazmga keldilar. Ana shu mutaxassislarning yordami bilan 1922 yil Xiva shahrida o’qituvchilar seminariyasi tashkil qilindi. Uning birinchi direktori qilib Kashshof Poti tayinlangan edi. Xiva o’qituvchilar seminariyasi Turkiyadagi shunga o’xshash o’quv yurtlarining o’quv planlari asosida ishlay boshladi. Ana shu nizom va dasturulamallarga asosan bu o’quv yurtida ma’naviy tarbiya birinchi o’ringa qo’yildi.
Tarbiya sohasidagi ishlarda kattalarga hurmatda bo’lishga alohida e’tibor berildi.
Xiva shahrida tashkil qilingan o’qituvchilar seminariyasiga Xiva, Yangi Urganch, To’rtkul shahridan ko’p yoshlar jalb qilindilar. Qishloq dehqonlarining farzandlari talabalarning faqat 5 foizini tashkil qildilar. Inqilob g’alabasining dastlabki yillaridan boshlab Xorazmda kadrlar taiyorlash ishlariga alohida e’tibor berildi. 1922 yil Xorazm madaniyat va maorif noziri lavozimiga Sulton Qori ko’tarilar ekan, kadrlar tayyorlash masalasi ilgarigicha muhim vazifa sifatida qolmoqda edi.
Inqilob g’alabasidan keyin Xorazm madaniyat va maorif sohasidagi muhim yutuq har bir xalqning o’z ona tilida maktab, teatr kollektivlari, ro’znomalar, qisqa muddatli kurslar tashkil qilinishi bo’ldi. Xorazm respublikasi xududida 1920-1922 yillarda o’zbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq tillarida maktablar tashkil qilindi. Muhimi yana shundaki, maktablarda bir necha tilda bemalol so’zlasha biladigan o’tsqtuvchilar dars berdilar. 1922 yil sentyabr oyidan boshlab Xorazm xalh doridfununida Afzol Tagirov, David Bakirov, Ahmon Abdolov, Husain Qo’shaev, Sobir Hakimov kabi ilg’or pedagoglar dars berib, xorazmliklar orasidan o’qituvchilar va jamoatchi kadrlar tayyorlashga katta hissa ho’shdilar. Ular xorazmlik ilg’or yoshlarga qonunlar asosidan, tarix, sotsiologiya, jug’rofiya, arab tili, tabiat, rus tili fanlaridan ta’lim berdilar. Xorazm respublikasi madaniyat va maorif sohasida eng baynalminal tarmoq bo’lyb qoldi. Chunki bu soha turli millat vakillarini o’zaro hamkorlikka uyushtiradigan eng muhim tarmoq sifatida shakllanib bordi.
1921 yil may oyida chaqirilgan butun Xorazm vakillarining II – qurultoyda umrbod bir-birlariga qo’l bergan o’zbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq xalqlarining vakillari birodarlikka, do’stlikka sodiq bo’lib qoldilar. Qurultoyga taklif qilingan vakillarning ellik olti nafari turkman xalqining vakillari bo’lib, ularning ishtirokida sovetlar markaziy ijroiya komiteti (MIK) tashkil qilindi. Xorazm respublikasi konstitutsiyasiga o’zgarishlar kiritildi. 1922 yil Xorazm sovetlarining III-qurultoyi chaqirilib, 24 rayondan 339 vakil taklif qilindi. Shu davrda turkman mehnatkashlarining alohida qurultoyi chaqirilib, 200 vakil va qozoq, qoraqalpoq mehnatkashlari vakillarining qurultoyi chaqirilib, 40 vakil ishtirok qildi.
Xorazm respublikasi mehnatkashlari vakillarining qurultoy va kengashlarining o’tkazilishi yangi hayot qurilishi sohasida katta izlanishlar bo’lgan edi. Shuning uchun bo’lsa kerak bu davrda Xorazm sharoitida yangilik ko’p yuz berdi. Ana shu yuz bergan yangiliklar birodarlikda qilingan mehnat natijalaridan edi. Xiva inqilobining g’alabasi kishilarni bir-biriga yaqinlashtirib, xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga ko’tardi. Bunday xolatni 1921-23 yillardagi ochlikka qarshi kurash harakatida aniq ko’rish mumkin.
Uch yil davomida xorazmliklar Rusiyaning ochlikdan qiynalayotgan xalqlariga million so’mlab pul to’pladilar, oziq-ovdat yubordilar. Volga bo’yi xalqlaridan Xorazmga yuborilgan tashakkurnomalar ko’p narsalardan dalolat berardi.
Xorazm mehnatkashlari xalqlar o’rtasida mustahkam birodarlik yuzaga keltirmoq uchun katta ishlar qila boshladilar. 1922 yil Genuya konferentsiyasi ochilishi munosabati bilai Xiva shahrida 500 kishilik majlis chaqirilib, Rusiya, Ozarbayjon, Buxoro respublikalarining shu konferentsiya ishida ishtirok qilayotgan vakillariga muvaffaqiyatlar tiladilar. Genuya konferentsiyasi ishi yaxshi natijalar bilai tugagani uchun Xiva shahrida 1922 yil 11 aprelda manifestatsiya e’lon qilinib, shaharning bir ko’chasiga G.V. Chicherin nomi berildi.
Xorazmning xalh xo’jaligi ishlari bu davrda juda og’irlashgan edi. 1920 yillarning boshlarida Xorazmda jami 35 miig chig’ir ishladi. (1913 yyl 80 ming), 55-60 ming desyatina er ekildi. (1913 yil 175 ming desyatina), paxta maydonlari 3 ming desyatinani tashkil qildi. (1913 yil 18,5 ming desyatina). 20 ming oila joysiz qoldi. Faqat turkman aholisi hayot kechirayotgan xududlarda o’zaro nizolar natijasida 5 ming oila xonavayron bo’ldi. Hali 1920 yil 29 may kuni Xiva shahridan Toshkentga Turkkomissiyaga yuborilgan telegrammada «Xivaning ilgarigi ozgina sanoati ham vayron qilingan, keyingi 2 yil davomida xalq xo’jaligiga kuchli zarar etkazilganki, yaqin vaqtlarda to’g’rilab bo’lmas... Amudaryo bo’limida ahvol juda yomon o’lka xonavayron, pul bilan yordam kerak, eng og’ir ochlikda qolganlar Xiva tomonidir» deb ta’kidlangan edi. Ana shunday holatga tushib qolgan xududda uch yil ichida oziq-ovqat masalasi ijobiy hal qilindi, bu katta g’alaba edi. Bu o’zaro ishonchni mustahkamladi.
1923 yil RSFSR Xorazmga yordamlashish uchun 100 nafar agronom, injener, texnik, mexanik, elektrik, matbuotchi, charm tayyorlash ustalari ajratdi. Tatariston o’z o’quv yurtlaridan Xorazm uchun 10 o’rin ajratdi. Shu yili 29 yanvardan Moskva shahrida XXSR ning savdo va sanoat nozirligining savdo idorasi ochilib, 4 sentyabrdan boshlab bu idora XXSR ning iqtisodiy kengashining savdo vakolatxonasiga aylantirildi. Bunday aloqalar Xorazm respublikasi xalqlari hamkorligini oshirdi. 1923 yildan milliy masalaga e’tibor kuchayib Xiva, Xo’jayli, Toshhovuz viloyatlari vujudga keldi va suv masalasida uch viloyat vakillaridan kengash tuzildi. Xorazmda yuz berayotgan o’zgarishlar haqida 1923 yil sho’nday deb yozgan edilar: «Xorazmda inqilob boshlangandan to 1922 yil oxirigacha bo’lgan davrni butunlay siyosiy kurashdan iborat bo’lgan davr deb aytish mumkin».
Endi hozirgi kunda ilgarigidek har bir ayrim shaxslar tomonidan tutilgan shaxsiy siyosatlar, bu kungacha yuqumli kasaldek bo’lib kelgan rasmiy va shaxsiy kurashlar yo’q... Biz ham endi butun jumhuriyatlarda davom etmoqchi bo’lgan iqtisodiy va xo’jalik ishlarimizni yo’lga solishga kirishdik. Maorif, madaniyatning ko’tarilishiga tirishmoqdamiz»...
1923 yil o’rtalarida Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm soveti respublikalari Ko’ngilli flot shirkatining O’rta Osiyo bo’limini tashkil qilib: Toshkent, Olma-Ota, Buxoro, Xiva havo yo’lida qatnaydigan 6 ta samolyot sotib oldilar. Shu yili Xiva shahri qoshida samolyot stantsiyasi tashkil qilmoq uchun maxsus kishilar keldilar. 1923 yil Xiva shahrida rus davlat banki ochildi va Xorazm dehqonlarining Moskvadagi qishloq xo’jaligi ko’rgazmasiga safari uyushtirildi.
Moskva ko’rgazmasida Turkiston, Xiva, Buxoro mehnatkashlari hayotini aks ettiruvchi buyumlar, materiallar qo’yilgan maxsus bo’lim tashkil qilindi. Ana shu tariqa Xorazm hayoti jahon xalqlari ko’z oldida yana ham yaqqolroq ko’rina boshladi.
1920 yil Xorazmda birinchi marta may bayramining nishonlanishi, 1921 yil O’rta Osiyoda birinchi bor Xorazm xalqlari birodarlik bayramining o’tkazilishi, 1922 yil Xiva shahrida Urta Osiyoda birinchi davlat teatrining tashkil qilinishi, 1923 yil Xorazmda xalqaro yoshlar kunining nishonlanishi kabi voqealar siyosiy hayotda tarixiy voqealardan bo’ldi. 1921-1922 yillar Xorazm yoshlar uyushmasi bilan qo’shni Amudaryo viloyati yoshlar uyushmasi tashkiloti o’rtasida kuchli hamkorlik o’rnatilgan davr bo’ldi. A.T. Peskunov, Muhammadnazar Odamov, Qurbon Beregin, Soib Nazariy, Ro’zmat Yusupov, Kutlimurod Mahmudov kabi yoshlar, uyushma faoliyatida katta rol o’ynadilar. Xorazm vohasi yoshlari Volga bo’yi xalqlari hayotida yuz bergan ochlik mahalliy voqea bo’lib qolmasdan hammani o’ylantiradigan va harakatga keltiradigan voqea ekanini birinchilardan bo’lib anglab etishdi. 1922 yil 3 mayda yoshlar o’rtasida muzika, adabiyot, sport to’garaklari ish boshlaganini hisobga oldilar. Ko’chmanchi qozoq, turkman yoshlarini siyosiy hayotga tortish muhim masala qilib qo’yildi. 1923 yil 28 yanvarda Xorazm xotin-qizlari uchun alohida maktablar tashkil qilish masalasi ilgari surildi. Shu yili Xorazmda xotin-qizlar uyushmasi tashkil qilinib, unga rahbar qilib Xayrulbanot Saydoshova saylandi. Xotin-qizlar uyushmasi masalasi 1923 yil 11 noyabrda Xorazm kompartiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi partiya yacheykasi majlisida muhokama qilindi. Shunday qilib, asrlar davomida siyosatdan chetlanib kelingan Xorazm xotin-qizlari xalq xo’jaligining deyarlik barcha sohalariga ishga jalb qilina boshladilar. Xotin-qizlarning xalh xo’jaligi ishlariga jalb qilinishda ba’zi qiyinchiliklarni engib o’tishga to’g’ri kelgal bo’lsa ham bu siyosat ijobiy rol o’ynadi. Chunki ishlab chiqarish sohasida va madaniy hayotda ularning o’rni ham alohida ahamiyat kasb qiladi.
Download 30.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling