2-ма’ruza. O’simlik hujayrasining tuzilish xususiyatlari. Hujayra bosqichlari reja


Download 138.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana29.01.2023
Hajmi138.22 Kb.
#1139975
  1   2   3   4   5   6   7   8


2-МА’RUZA. O’SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISH 
XUSUSIYATLARI. HUJAYRA BOSQICHLARI 
 
REJA 
1. O’simlik hujayrasining tuzilishi. Ularning shakllari va o’lchamlari 
2. Parenxima va prozenxima hujayralari. Hujayra qobig’i 
3. Sitoplazmatik membrana. Sitoplazma. Protoplast 
4. Organoidlar. Hujayraning bo’linishi 
Tayanch so’zlar: mikroskop, hujayra, protoplazma, elektron mikroskop, gen 
injeneriyasi, biotexnologiya, sitoplazma, organoidlar, yadro, vakuola, kiritmalar, 
parenxima, prozenxima, prakariot, eukariot,hujayra po’sti
O’simlik organlari haqida umumiy tushuncha. Hujayra haqidagi ta’limotlar 
hujayraning kashf etilishi mikroskopning yaratilishi bilan bog`liqdir. Mikroskop 
so’zi grekchadan olingan bo’lib, “mikro” kichik, “scopeo” ko’raman degan ma’noni 
anglatadi 
“Kletka” grekcha “ketos” so’zidan olingan bo’lib, bo’shliq degan ma’noni 
anglatadi. Hujayraning kattaligi mikron (mk) millimetrning mingdan bir bo’lagini 
tashkil etadigan kattalik bilan o’lchanadi. 
XVI asr oxiri va XVII asrining boshlarida optik asboblar ustasi gollandiyalik Gans 
va Zaxariy Yansonlar mikroskop kashf etdilar. Zamonaviy linzalar bilan jihozlangan 
qudratli yorug`lik mikroskoplari buyumini 2500 martagacha katta qilib ko’rsata 
oladi (0.2 mk). Hujayrani o’rganishning bir qancha usullari bo’lib, shulardan biri 
yorug’lik mikroskopidir. Zamonaviy linzalar bilan jihozlangan qudratli yorug’lik 
mikroskoplar tekshiriladigan mikroob'ektlarni 2000 martagacha katta qilib 
ko’rsatadi va kattaligi 0,2 mk ga teng bo’lgan zarrachalarni ko’rish imkonini beradi. 
Bu mikroskopning quvvati cheklangan bo’lib, 0,2 mk dan kichik bo’'lgan obe'ktlarni 
ko’rib bo’lmaydi. Elektron mikroskopning kashf etilishi submikroskopik 
tuzilishlarni o’rganish imkonini beradi. Elektron mikroskopning yorug’lik 
mikroskopidan farqi shundaki, unda ko’rish uchun yorug’lik o’rnida katta tezlikda 


harakatlanayotgan elektronlar oqimi ishlatiladi. Tasvirni katta qilib ko’rish va nurlar 
taramini fokusga yig’ish maqsadida bu mikroskopda optik linza o’rniga magnit 
maydonidan foydalaniladi. Elektron mikroskop yordamida mikroob'ektlarni 200000 
marta va undan ham ortiq darajada kattalashtirib ko’rish mumkin. Elektron 
mikroskop bilan tekshirishlarda maxsus o’lchov birligi nanometr (nm) ishlatiladi (1 
nanometr 0,0001 mk ga teng). Bizga ma'lum bo’lgan viruslarning eng kattasi tamaki 
mozaykasining virusi bo’lib, uning uzunligi 250 nm yoki 0,025 mk dir. 
Mikromanipulyatorning yaratilishi tirik hujayrada operatsiya o’tkazish 
mumkinligini tug’dirdi. Bu asbob yordamida hujayradan u yoki bu organoidni olib 
tashlash yoki qo’yish, hujayraga har xil moddalarni kiritish, bu moddalarning 
elektrik faolligini o’lchash mumkin, hujayraning tirik qismlarini o’rganish 
maqsadida keyingi yillarda qarama-qarshi fazali (fazovo-kontroyli) mikroskop 
kashf etildi. Qarama-qarshi fazalar mikroskopda yorug’lik nuri hujayraga ma'lum 
burchak ostida yo’naltiriladi. Bunda hujayraning ba'zi joylari qolgan qismlariga 
qaraganda qoraroq (to’qroq) ko’rinadi. Bu esa tirik hujayraning oddiy mikroskopda 
ko’rib bo’lmaydigan ko’pgina qismlarini ko’rish imkonini beradi 
XVII asrda o’simlik organizmlarining hujayraviy tuzilishi aniqlandi. 1665 yili 
ingliz fizigi Robert Guk (1636-1703) o’zi takomillashtirgan mikroskopi orqali 
po’kak bo’lagi, marjon daraxti o’zagi, ukrop va boshqa o’simliklarni o’rganib uning 
natijalarini o’zining "Ba'zi bir mayda narsalarni tasvirlash" asarida bayon etdi. Bu 
asarda Guk birinchi bo’lib "hujayra" atamasini ishlatgan. 
O’simliklar anatomiyasi haqidagi birinchi asar angliyalik Gryu va italiyalik 
Malpigilar tomonidan yozildi. Gryu o’z ishlarini "O’simliklar anatomiyasining 
boshlanishi" (1682). Malpigi esa ikki jildli "O’simliklar anatomiyasi haqida 
tasavvurlar"(1671) nomli asarlarida chop etdilar. 1831 yili Robert Braun hujayra 
yadrosini aniqladi va yadro hujayra hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi 
haqidagi fikrni olg’a surdi. 1884 yili rus olimi P.F.Goryaninov (1796-1856), 
keyinchalik chex olimi Yan Purkine va uning shogirdlari hujayra ichidagi tiriklik 
massasiga katta ahamiyat berdilar. 1830 yili Purkine u massani protoplazma deb 
atadi. 


Hujayra nazariyasini yaratishda o’zining katta hissasini qo’shgan olimlardan 
botanik Mattias Shleyden (1804-1881) va zoolog Teodor Shvann (1810-1882) 
bo’ldi. Hamma tirik organizmlar hujayra tuzilishiga ko’ra ikki katta olamga: 
prokariotlar va eukariotlarga bo’linadi. 

Download 138.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling