2-ма’ruza. O’simlik hujayrasining tuzilish xususiyatlari. Hujayra bosqichlari reja
Download 138.22 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Osmotik bosim.
Hujayra shirasi va uning tarkibi. Hujayrada uzluksiz modda almashinuvi
natijasida vakuol paydo bo`lib, uning ichida esa suv va unda erigan organik hamda mineral moddalarning eritmasi joylashadi. Vakuola. O’simlik hujayrasi uchun eng xarakterli organoid bo’lib, o’simlik hujayrasida suv ko’p miqdorda bo’lganligi uchun vakuola sistemasi yaxshi rivojlangan. Yosh hujayralar endoplazmatik to’rda ko’p mayda pufakchalar bo’lib, ular o’zaro qo’shilib kattalashadi va endoplazmatik to’rdan ajralib chiqadi. Shu bilan yagona yirik vakuolaga aylanadi. Vakuolaning membranasi tonoplast deb ataladi. Vakuola ichidagi suyuqlik hujayra shirasidan iborat. Vakuola shirasining tarkibi juda murakkab. O’z ichiga organik moddalar, mineral tuzlarni oladi, hamda 96-98% suv tutadi. Vakuola shirasi ko’pincha nordon reaksiyaga ega. Vakuolaning pH ko’rsatkichi 5-5,6 atrofida bo’ladi. Bu esa vakuolalarga ikkilamchi lizosoma sifatida qarashga imkon beradi. Vakuolaning shirasi yanada nordon bo’lishi mumkin. Masalan: bu ko’rsatgich limonda 2 , begoniya o’simligida 1 ga teng. Ayrim poliz ekinlarida bodring, qovun va boshqalarda kuchsiz ishqoriy. Vakuolalar hujayraning osmotik xususiyatini belgilaydi. Bu esa o’z navbatida hujayraning so’rish kuchi , turgor bosimi va suv rejimini belgilaydi. Osmotik bosim. Ekzoosmosdan ko’ra endoosmosning kuchliroq bo’lishi natijasida rivojlanib, pufakning ichki tomonidan itaruvchi gidrostatik bosim ya’ni osmotik bosim deyiladi. Bunday bosimning mavjudligini birinchi marta 1826-yilda fransuz botanigi Dyutroshe isbotlab berdi. Buni isbotlashda qo’llanilgan asbob esa Dyutroshe osmometri deb ataladi. O’simlik hujayrasining vakuolasida juda ko’p osmotik faol moddalar to’planadi. Bularga shakar, organik kislotalar, tuzlar kiradi. Hujayra shirasida osmotik faol moddalar qancha ko’p to’plansa, unda osmotik bosim shuncha yuqori bo’ladi. Hujayra osmotik bosimini Vant-Goff formulasi bo’yicha aniqlasa bo’ladi: P=RTCi Bunda P-osmotik bosim, R-gaz doimiysi 0,0821 ga teng, T-absalyut harorat (273 0 +t 0 C xona harorati), C-eritma konsentratsiyasi, i-izotonik koeffisent bo’lib, elektrolit eritmalar uchun 1 ga va elektrolitmas eritmalar uchun 1,5 ga teng. Osmotik bosim o’simlik turiga, ularning yashash sharoitiga va hatto organlariga ham bog’liq. Sho’r tuproqlarda yashovchi galofit o’simliklarda bu ko’rsatgich ancha yuqori. Download 138.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling