2. Mashg’ulot: Yadro tuzilishi va hujayraning bo‘linishi. Hujayra shirasining tarkibi. Turgor va plazmoliz hodisasi
Download 373.57 Kb.
|
2-LOB mavu (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KЕRAKLI JIHOZLAR
- UMUMIY TUShUNCHA.
- ISh TARTIBI
2. Mashg’ulot: Yadro tuzilishi va hujayraning bo‘linishi. Hujayra shirasining tarkibi. Turgor va plazmoliz hodisasi. Hujayra po‘stining shakl o‘zgarishlari MAVZUNING MASQADI. Yadro va hujayraning bo‘linishini o‘rganish. Hujayra shirasining tarkibini, turgor va plazmoliz hodisasini, hujayra po‘sti va uning o‘zgarishlarini o‘rgatish. KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, lantset, pintset, pipetka, filtr qog‘oz, buyum va qoplag‘ich oynalar, suv, glitserin, sudan III eritmasi, osmiy kislotasi, piyoz ildizi, 30%li shakar eritmasi, spirogira suv o‘ti, 5%li kaliy tuzlarining eritmasi, preparoval nina. Probirka, uzum shirasi yoki shakar feling suyuqligi, fil'tr qog‘oz, spirtli lampa, bug‘doy uni, simob eritmasi, nitrat kislota, kaliy ishqori, anor po‘sti, xlorid kislota eritmasi, 2-5% li floroglyutsin reaktivi, fenol reaktivi va doimiy preparatlar, UMUMIY TUShUNCHA. O‘simliklar hujayrasi ko‘payish xususiyatiga ega. Ular uch xil: oddiy, ya'ni amitoz, murakkab; ya'ni mitoz(karikinetik) va reduktsion, ya'ni meyoz yo‘l bilan bo‘linadi. Oddiy bo‘linishda (amitoz), hujayra ikki tamonga tortilib bo‘linadi, ba'zan esa hujayraning o‘zi ikkiga ajraladi. Bu xildagi bo‘linish hodisasini kasallangan hujayralarda, suvo‘tlarida va boshqa tuban o‘simliklarning ko‘p yadroli hujayralarida ko‘rish mumkin. Mitoz bo‘linish o‘simliklarning o‘suvchi qismida muntazam amalga oshadi. Hujayra bo‘linishidan oldin hamma vaqt yadro bo‘linadi. Yadro membrana bilan o‘ralgan bo‘lib, tuzilishi protoplazmaga qaraganda zichroq bo‘ladi. Yadroning bo‘linishi uning kattalashuvidan boshlanadi. Yadro po‘sti yo‘qolib ketadi va yadro o‘zining qiyofasini o‘zgartiradi. Bunda ingichka xromatin (bo‘yoq bilan bo‘yaladigan) iplar uzun-uzun holda joylashadi. So‘ngra xromatin iplar xromasomalarga aylanadi, yo‘g‘onlashadi va qayrilgan shaklni oladi. Yadro ichidagi yadrochalar asta sekin yo‘q bo‘lib ketadi, shu payitda hujayra qutiblaridan yadroga tomon juda ingichka axromatin (bo‘yoq bilan bo‘yalmaydigan) iplar tortiladi, bu iplar ikkita qolpoqcha shakliga kiradi. Bu yadro bo‘linishidagi dastlabki-profaza deb ataladi. Uzunasiga bo‘linib hosil bo‘lgan xromosomalar hujayraning o‘rta (ekvatorial)qismiga yadro plastinkasi yoki yulduzchasi shaklida joylashib oladi. Axromatin iplari qutblarga qarab tortilib urchuq shaklini oladi, yadro bo‘linishdagi bu fazani-metafaza deyiladi. So‘ngra xromosomalarning ajralish jarayoni boshlanadi. Bunda xromosomaning bir qismi hujayraning bir qutibiga, ikkinchisi qarama-qarshi tomondagi qutubga o‘tadi. Xromosomalarning bu xildagi ajralishida undagi axromatin iplari muhim rol o‘ynaydi. Yadro bo‘linishidagi bu fazani anafaza deyiladi. Anafaza jarayoni oxirida urchuqning o‘rta qismida yangi hujayra po‘sti paydo bo‘la boshlaydi. Hujayra qutublariga to‘plangan xromosomalar dastlab qo‘shaloq yulduzga o‘xshab turadi, so‘ngra asta sekin ikkita yangi hujayraga aylanadi, bularda yadrochalar ham paydo bo‘ladi. Yadro paydo bo‘lishining bu fazasini telofaza deyiladi. Ildiz hujayralarining kariokinetik (mitoz) bo‘linishini kuzatish. ISh TARTIBI: Piyoz ildizining o‘sish konusidan uzunasiga kesib olingan kesmada meristema to‘qimasini ko‘rish mumkin. Bu to‘qima yadrosida kariokinetik bo‘linish hodisasining hamma fazasi ro‘y beradi. Mikroskopning kichik qilib ko‘rsatadigan ob'ektivi orqali qaralganda ildizning uchi konussimon ildiz g‘ilofi bilan qoplanganligini ko‘ramiz. G‘ilof ostida meristema to‘qimaning parenxima hujayralari bir qator bo‘lib zich joylashgan. Bu hujayralar yadrosi yirik va sitoplazmasi ancha quyuq bo‘ladi, ularning ba'zilari tinch holatda, ba'zilari esa bo‘linishning har xil fazalarini kechirayotgan bo‘ladi. Mikroskopning katta qilib ko‘rsatadigan ob'ektivi orqali bo‘linayotgan hujayralardan 4 (profaza, metofaza, anafaza va telofaza)larni ko‘rish mukin. Yuqorida ayitilgan fazalarni rasm daftarga chizib olinadi. Download 373.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling