2. Mashg’ulot: Yadro tuzilishi va hujayraning bo‘linishi. Hujayra shirasining tarkibi. Turgor va plazmoliz hodisasi


OShLOVCHI MODDALARNI ANIQLASh TARTIBI


Download 373.57 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi373.57 Kb.
#1514278
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-LOB mavu (3)

OShLOVCHI MODDALARNI ANIQLASh TARTIBI.
Anor po‘stidan olingan eritmaga bir necha tomchi temir xlorid tuzi tomizilsa, u darhol qorayib ketadi. Oshlovchi moddalarning ba'zilari terini oshlashda qadimdan ishlatilib kelinadi, bu moddalar teri bilan reaktsiyaga kirishib, barqaror birikmalar hosil qiladi. Oshlovchi moddalarni xuddi quyuq choy singari og‘izni burishtiradigan xususiyati bo‘ladi. Ular uch valentli temir tuzlari bilan to‘q zangori rang hosil qiladi. Oshlovchi moddalar ba'zan (kurtaklarda) hujayra shirasining tarkibida bo‘ladi: ayrim vaqtlarda, ular to‘p bo‘lib maxsus plazmatik parda bilan o‘ralib turadi, «oshlovchi vakuolalar» deb shunga aytiladi. (Dub, tol va boshqa daraxtlarning po‘stloq hujayralarda uchraydi). Hujayra shirasida ikki xil pigment ( bo‘yovchi modda) antotsian va antaxlor bo‘ladi. Antotsian hujayra shirasining reaktsiyasiga qarab uni turli tusga kiritadi. Hujayra shirasi kislotali bo‘lsa, antotsian uni qizartiradi. Reaktsiya ishqoriy bo‘lsa – moviy tusga, reaktsiya neytral bo’lsa binafsha tusga kiritadi. Masalan, atirgul tojibarglari qaynatib olingan suvga kuchsiz kislotadan ozgina qo‘shilsa, u qizarib ketadi. Agar bu qizil eritmaga natriy yoki kaliy ishqori qo‘shilsa, binafsha tusga kiradi. Antotsian ximiyaviy tarkibiga ko‘ra juda murakkab tuzilishga ega bo‘lib, glyukozidlarga o‘xshab ketadi. Antoxlor gul va mevalarni sariq tusga kiritadi. Shu pigmentlar tufayli gul va mevalar rang-barang bo‘ladi. Mevalarni tarqalishida, gullarni changlanishida pigmentlar katta rol' o‘ynaydi.


PIGMЕNTLARNI ANIQLASh TARTIBI:
Lavlagi ildiz mevasidan yupqa kesikchalar tayyorlab, suvda yuviladi, uni nina yordamida buyum oynasidagi suv tomchisiga joylanadi va qoplag‘ich oyna yopib, oldin kichik ob'ektivda, keyin katta ob'ektivda ko‘rib tekshiriladi. Bunda parenxima hujayralar qizg‘ish va binafsha rangli hujayra shirasi bilan to‘lgan bo‘ladi. (Shirasining rangi antotsian pigmenti tufaylidir).
Hujayra shirasi tarkibida kristallar ham uchraydi. Bu kristallar mineral tuzlardan, oksalat kislotaning kal'tsiyli tuzidan iborat bo‘lib, o‘simlikni hayvon va hashoratlar is'temol qilishdan saqlaydi. O‘simlik hujayrasida (kubik, prizma, romb, trapetsiya shaklida), murakkab (druza) va ignasimon (rafida) kristallar uchraydi.

Download 373.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling