2. Mashg’ulot: Yadro tuzilishi va hujayraning bo‘linishi. Hujayra shirasining tarkibi. Turgor va plazmoliz hodisasi


Piyoz po‘stidagi oddiy kristallarni o‘rganish


Download 373.57 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi373.57 Kb.
#1514278
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-LOB mavu (3)

Piyoz po‘stidagi oddiy kristallarni o‘rganish.
Oksalat kislota kristallarni ko‘rish uchun piyoz po‘stidan preparat tayyorlanadi. Ularni shakllari bilan tanishib, rasmini daftarga chizib olinadi.
Piyozning sirtqi quyuq po‘stini olib qaychida bir necha mayda bo‘lakka bo‘linadi, uni glitserin eritmasi aralashtirilgan suvga solinadi. Hujayralar orasidagi havoni chiqarib yuborish uchun piyoz po‘sti qaynatiladi. Shundan keyin uni buyum oynasidagi glitserin tomchisiga solinadi va ustini qoplag‘ich oyna bilan berkitib, mikroskopning katta ob'ektivi orqali ko‘riladi. Bunda piyoz po‘stining hujayralari parenxima hujayralaridan iborat ekanligi ko‘rinib turadi. Mikroskopning makrovintini yuqoriga pastga burash yo‘li bilan hujayrada har xil:( romb, krest, trapetsiya va boshqa.) shakllarda rangsiz, yaltiroq kristallar (oksalat kislotaning kal'tsiy tuzlaridan iborat kristallar) borligini ko‘rish mumkin. Agar unga xlorid kislota tomizilsa, oksalat kislotaning kal'tsiy tuzlari erib ketganini ko‘ramiz.
G‘O‘ZA BARGI BANDIDAGI MURAKKAB KRISTALLARNI ANIQLASh.
G‘o‘za bargi bandidan ozgina kesib olib, buzina – marjon daraxt o‘zagi orasiga qo‘yib yupqa kesiladi. Bunda uning kesib olinadigan joyi mumkin qadar to‘g‘ri qilib ushlanadi. So‘ngra bir nechta yupqa kesma olib, uning bittasini buyum oynasi ustidagi suv tomchisiga qo‘yiladi, igna bilan to‘g‘rilab ustiga qoplag‘ich oyna yopiladi. Unga mikroskopning katta qilib ko‘rsatadigan ob'ektivi orqali qaralsa, parenxima hujayralarini ko‘rish mumkin. Preparatni o‘ng va chapga salgina siljitish bilan undagi oksalat kislota tuzi kristallarini topib ko‘rish mukin. G‘o‘za bargi bandida murakkab kristallar asosan barg tomiri yaqinida bo‘ladi. Agar preparatga xlorid kislota tomizilsa, kristal asta sekin yo‘q bo‘lib ketadi. Ignasimon(rafidalar) kristallarini agava o‘simligining bargida yuqorida aytilgan usulda tekshirib ko‘rish mumkin.
Alkaloidlar. Alkaloidlar hamma o‘simliklarda ham hosil bo‘lavermaydi. Alkaloidlar ko‘knorgullilar, ayiqtovongullilar, ituzumgullilar (bangidevona, mingdevona) ro‘yangullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarda (xina daraxti, kofe)larda ayniqsa ko‘p bo‘ladi.
Alkaloidlar og‘riqni qoldiradigan, tinchlantiradigan dori sifatida ozginadan ishlatiladi. Misol tariqasida morfin, kodein, xininni ko‘rsatish mumkin. Hashoratlarga qarshi kurashda anabazin, nikotin qo‘llaniladi. Organik kislotalardan; olma, uzum, limon, oksalat kislotalari bo‘ladi.

Download 373.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling