2-Ma’ruza: O‘zbek tili derivatsiyasi va so‘z yasalishi


So‘z yasash qolipi. So‘z yasash qolipi UMIS, yasama so‘z AHVO sifatida. So‘z yasalishining mahsuldor va kammahsul qoliplari


Download 169.29 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi169.29 Kb.
#1540764
1   2   3   4
Bog'liq
2-Ma`ruza

So‘z yasash qolipi. So‘z yasash qolipi UMIS, yasama so‘z AHVO sifatida. So‘z yasalishining mahsuldor va kammahsul qoliplari
Morfemalarning o‘rinlashishidagi tartib va izchillik ularning ma’no-grammatik xususiyati bilan bog‘liq, so‘zning lug‘aviy ma’nosini hosil qiluvchi (so‘z yasovchi) affiks birinchi, lug‘aviy ma’noga ta’sir qiluvchi (lug‘aviy shakl hosil qiluvchi) affiks ikkinchi va lug‘aviy ma’noga ta’sir qilmaydigan (aloqa-munosabat) affiks uchinchi bo‘lib qo‘shiladi.
Qo‘shimchaning o‘rinlashuvidagi me’yoriy holat ba’zan istisno ko‘rinishlar ham kasb etadi (opa-lar-im - opa-m-lar, ayt-di-ng-lar – ayt – di –lar - ing kabi). Bu kam uchraydigan hodisa bo‘lsa-da, unda grammatik, uslubiy va dialektal asoslar mavjud.
«Asos - so‘z yasovchi affiks - lug‘aviy shakl hosil qiluvchi-sintaktik shakl hosil qiluvchi» qolipidagi qoida bundagi turlarning o‘zaro munosabati, har bir turning o‘z ichidagi morfemalarning tartibi jihatidan bir qancha xususiyatga ega. Quyida faqat shakl hosil qiluvchilar doirasida fikr yuritamiz (ma’lumotlar «O‘zbek tili grammatikasi (I tom) »dan olindi).
So‘z yasalishi paradigmasi masalasiga o‘tishdan oldin, umuman, “paradigma” tushunchasi haqida qisqacha fikr bildirishga to‘g‘ri ke­ladi.
Paradigma deganda, asosan, bir umumiy ma’nosida birlashuvchi xususiy ma’noli shakllar guruhi tushuniladi. Bu guruh va unga xos ma’no tilning ma’lum sathiga xos kategoriya hisoblanadi. Bu kategoriyaning ta’rifi uning mohiyatini aks ettiradi. Xususiyliklar esa shu paradigmaga mansub, o‘ziga xos ma’noli shakllarda aks etadi. Ma­salan, fe’lning zamon kategoriyasi harakatning nutq paytiga munosabatini ifodalaydi. Bu zamon shakllarining hammasi uchun umumiy xususiyat - zamon kategoriyasining mohiyati shundan iborat. Demak, zamon shakllarining hammasi shu umumiy xususiyati bilan bir pa­radigmani tashkil etadi. Zamonning har bir turi esa o‘zicha umumiylik va xususiyliklarga ega. Masalan, o‘tgan zamon fe’li harakatning nutq paytigacha bo‘lishini bildiradi, bu umumiylik - o‘tgan zamon fe’lining mohiyati. Bu zamonning shakllari ana shu umumiy ma’no asosida birlashadi. Har biri esa o‘ziga xos xususiyatga ega . So‘z yasalishi sathida ham ana shunday hodisa, ya’ni bir umumiy ma’nosida birla­shuvchi, xususiy ma’nosi bilan farqlanuvchi yasama so‘zlar guruhlari bor. “Guruhlovchi ma’no”, “so‘z yasalishi tipi”ga oid tahlillarda bu narsa yoritildi va xuddi shu hodisalar so‘z yasalishi sistemasini belgilashi qayd etildi. Lekin hammamizga ma’lumki, o‘zbek tilshunos­ligida so‘z yasalishi sistemasini yoritishda yasama so‘zlar paradigma­lar asosida o‘rganilmagan, to‘grirog‘i, bunda “paradigma” yoki “katego­riya” so‘zi qo‘llanmagan.
So‘z yasalishi paradigmasi, so‘z yasalishi kategoriyasi masalasiga kelsak, bu masala ilmiy aabiyotlarda o‘rganilgan. Muallif so‘z yasalishi paradigmasi bo‘yicha, jumladan, quyidagilarni yozadi: "...so‘z yasalish paradigmasi va uni tashkil etuvchilarni quyidagi tartibda ko‘rsatmoqchimiz”.
Fonologiya, morfemika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis­ta zidlik, bogliqlik asosida bosh paradigma - so‘z yasalishsistemasi paradigmasi.
So‘z yasalish sathining bosh — maksimal paradigmasi tarkibi kuyidagicha birliklardan tashkil topadi: 1. So‘z yasash usullari pa­radigmasi. 2. So‘z yasalish kategoriyasi paradigmasi. 3. So‘z yasalishtiplari paradigmasi. 4. Konkret tipli yasalmalar paradigmasi".
Bevosita paradigma tushunchasining mohiyatidan kelib chiqilganda, ya’ni paradigmaning adabiyotlardagi "bir umumiy ma’no­ga ega bo‘lgan (shu asosda birlashuvchi) shakllar guruhi" ta’rifidan kelib chiqilsa, faqatgina muallifning "So‘z yasalish kategoriyasi pa­radigmasi" deb agayotgan paradigmaning borligini tan olish mumkin. Buni ham muallif tushungan tarzda qabul qilish mumkin emas. (Bu haqda bir oz keyinroq to‘xtaymiz). Ajratilgan boshqa paradigmalar "paradigma" deb atash mumkin bo‘lgan hodisalar emas. Masalan, "so‘z yasalish sistemasi paradigmasi" deganda nima tushunilishi, qanday paradigma nazarda tutilishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuningdek, "so‘z yasash usullari paradigmasi" haqida ham gapirish mumkin emas. Chunki, avvalo, usullarning paradigmasi bo‘lmaydi. Qolaversa, o‘zbek tilida so‘z yasalishining affiks va yordamchi so‘z (so‘z-morfema) yorda- mida so‘z yasalishidan boshqa usuli, jumladan, muallif qayd etayotgan "kompozitsiya usuli" yo‘q. Shunday ekan, "so‘z yasash usuli paradigmasi" haqida gapirish mumkin emas. Keltirilgan boshqa paradigmalar ham "paradigma" deyish mumkin bo‘lgan hodisalar emas.
So‘z yasalishi kategoriyasi tushunchasi so‘z yasalishi paradigma­sining tushunchalaridan biri, deyish noto‘g‘ri. Bu jumla nafaqat so‘z yasalishi kategoriyasini, umuman biron-bir hodisani, uning mohiyatini bildira olmaydi, chunki paradigma ma’lum bir kategoriya- ga oid (shu kategoriyaniki) bo‘ladi. Masalan, ot turkumiga xos egalik kategoriyasining shakllari majmui shu kategoriyaning paradigmasi hisoblanadi.
"So‘z yasalish tiplari paradigmasi" deganda so‘z yasalish tiplari asosidagi paradigmani, "so‘z yasalish tipi" deganda esa ma’­lum bir so‘z yasovchi yordamida yasalgan so‘zlar guruhini tushuniladi. Ma­salan, -chi affiksli shaxs otlari yasalishi tipi; -dosh affiksli shaxs otlari yasalishi tipi va b.
Birinchidan, "so‘z yasalishi tipi" hodisasini bunday tushunish to‘g‘ri emas. Ikkinchidan, paradigmani so‘z yasovchilarga qarab bel­gilash yuqoridagidan farqlanmaydi.
Ma’lum bo‘ldiki, so‘z yasalishi paradigmasi maxsus tahlil etil­gan yagona bu ishda ham mazkur hodisa aniq belgilanmagan, o‘z-o‘zidan, uning mohiyati ham ochilmagan.
Shuni alohida qayd etish kerakki, so‘z yasalishi paradigmasi va kategoriyasi haqida fikr yuritilgan ishlarning birontasida, pa­radigmaning turlari aniq belgilanmaganligidan tashqari, so‘z yasalishi kategoriyasining, ulardan birontasi- ning mohiyati ochib berilmagan, ya’ni birontasining aniq va to‘g‘ri ta’rifi berilmagan. Masalan
So‘z turkumlariga xos morfologik kategoriyalarning ta’rifiga e’tibor berilsa, ta’rif shu turkumga oid so‘zning kategoriyasi ma’nosini bildiruvchi so‘z bilan boshlanadi, so‘ngra morfologik kategoriyaga oid shaklning ma’nosi qayd etiladi. Masalan, egalik kategoriyasining ta’rifi "predmetning" deb, zamon kategoriyasining ta’rifi "harakatning" deb boshlanadi. So‘ngra egalik va zamon shakli yasovchisining ma’nosi aytiladi. Masalan, harakatning nutq paytiga munosabatini ko‘rsatuvchi fe’l shakllari umumiy va xusu- siy ma’nosi (ma’nolari) bilan fe’lning zamon kategoriyasiga xos paradigmani hosil qiladi. Ana shunday umumiy va xususiy ma’nolar asosidagi fe’l shakllari va ular bilan belgilanadigan grammatik kategoriyalarning har biri fe’l morfologiyasidagi kichik sistema hisoblanadi. Ularning barchasi birgalikda esa fe’l morfologiyasi sistemasini belgilaydi. So‘z yasalishi sistemasida esa bunday holni kuzatmaymiz. Masalan, “shaxs otlari kategoriyasi” deganda, ot yasali­shi sistemasiga xos biror belgi, xususiyat aks etmaydi. Chunki u so‘z yasalishi tarkibining bittasiga, ya’ni so‘z yasovchiga taalluqlidir. Kategoriyaga xos ma’no, ya’ni sistemani belgilovchi ma’no esa yasama so‘z tarkibining har ikki qismi (so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchi ma’- nosi)dan kelib chiquvchi, so‘z yasalishi tipini belgilovchi ma’nodir. Yuqorida ko‘rdikki, so‘z yasalishi sistemasini so‘z yasalishi tiplari belgilaydi.
Xullas, so‘z yasalishi sistemasining taxlilida yasama so‘z tarkibiga xos birliklarning (so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchining) mohiyatini, ularning birikishidan hosil bo‘ladigan yasama so‘z bilan bog‘liq "guruhlovchi ma’no”, “so‘z yasalishi tipi” kabi tushunchalarning mohiyatini to‘g‘ri va aniq belgilash muhimdir. Shunga erishilsa, so‘z yasalishiga oid boshqa hodisalarning (masalan, mahsulli-mahsulsizlik, so‘z yasalish imkoniyati kabi hodisalarning) mohiyatini yoritishga imkon tug‘iladi va, oxir-oqibat, so‘z yasalishi sistemasini to‘g‘ri va to‘la yoritish mumkin bo‘ladi.
Shunday ekan, “so‘z yasalishi sistemasini belgilovchi, ya’ni kichik bir so‘z yasalishi sistemasi hisoblanuvchi yasama so‘zlar guruhiga nis­batan kategoriya, paradigma so‘zlarini qo‘llash shartmi?” degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bizningcha, aniqrog‘i, o‘zbek tili materiallarining ko‘rsatishicha, bu so‘zlarni termin sifatida qo‘llashga unchalik ehtiyoj yo‘q. Chunki, yuqorida aytilganlardan ma’lum bo‘lyaptiki, so‘z yasalishi sistemasi bilan bog‘liq hodisalarning mohiyatini yoritish­da’guruhlovchi ma’no‘,’yasama so‘zlar guruhi’,’so‘z yasalishi tipi’ ter­minlari, ular bildiradigan tushunchalar asosida ish ko‘rishning o‘zi kifoya qiladi. So‘z yasalishi kategoriyasi, so‘z yasalishi paradigmasi kabi so‘z birikmalari mazkur terminlar bildiradigan (so‘z yasalishi sistemasiga oid) tushunchalarni shu terminlardan aniqroq qayd eta olmaydi yoki ulardan farqli bo‘lgan biron-bir tushunchani bildirmaydi. Uz-o‘zidan, bu so‘zlarni termin sifatida qo‘llash so‘z yasalishi sistemasiga oid hodisalarning, tushunchalarning mohiyatini to‘g‘ri belgilashga, oson ang‘lashga emas, balki buning aksiga, ya’ni masalani murakkablashtirishga, tadqiqotchini chalg‘itishga xizmat qilishi mumkin. Bu esa so‘z yasalishi sistemasini tadqiq etishda kategoriya, paradigma so‘zlarini termin sifatida qo‘llashga ehtiyoj yo‘qligini ko‘rsatadi.
So‘z yasash qolipida unumlilik va mahsullilik tushunchalarini farqlash zarur. Unumlilik ostida so‘z yasash qolipining “tirik”ligi, hozir ham yangi-yangi so‘zlar yasashga хizmat qila olishi, mahsullilik atamasi ostida esa bu qolip bera oladigan/bergan so‘zlar miqdori tushuniladi va u sermahsul va kammahsul sifatida ikki chekka ko‘rinishga ajratiladi. Shuning uchun so‘z yasash qolipi unumli sermahsul (chunonchi, [ism + bo‘l- = o‘timsiz fe’l]; [numerativ + to‘liq takror = daraja-miqdor ravishi]), unumli kammahsul (chunonchi, 1-7 sanoq sonlari + -ov = jamlovchi son]), unumsiz sermahsul (chunonchi, [fe’l asos + -g‘/q = ot/sifat]) va unumsiz kammahsul (chunonchi, [ot/sifat asos + -chil = so‘z yasash asosi atab kelgan predmet/hodisa/belgi me’yordan ortiqligiga ishora ma’noli sifat]) kabi turlarga ajratiladi.
Unumli so‘z yasash qoliplarining o‘ng – mazmun tomoni hosilalarning ma’noviy qobiliyati sifatida (jins → tur → хil → ko‘rinish…) aniq ko‘rsatilishi mumkin va lozim. Unumsiz so‘z yasash qoliplarida buni bir so‘z turkumi (jins ma’nosi) doirasida ham ko‘rsatish amri mahol.
So‘z yasash qoliplarida unum va mahsul хususiyatlari tariхiy bo‘lib, davr, hatto nutq uslub va sohalari, so‘z yasash ko‘p ma’noli bo‘lsa, uning ayrim-ayrim ma’nolari, so‘z yasash asosining hosilada qaysi ma’noviy qirrasi bilan ishtirok etishi bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladi, hamisha taraqqiyotning ma’lum bir nuqtasida turadi.

Download 169.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling