2-ma’ruza Pretsendent asosida o'rganish
Download 1.72 Mb.
|
2-ma’ruza. Prezentatsiya asosida o\'rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashinali organish
- O’rgatuvchi tanlanma
2-ma’ruza Pretsendent asosida o'rganishMa’ruzachi t.f.d., dotsent Sh. MadraximovMashinani o'rganishMashinali o'rganish (Machine Learning) - sun'iy intellektning katta bo'limlaridan biri bo’lib, u o'rganish qobiliyatiga ega algoritmlarni yaratish usullarini o'rganadi. O'rganishning ikki turi mavjud. Bular pretsendent asosida o’rganish yoki induktiv o’rganish bo’lib, xususiy empirik berilganlardan umumiy qoununiyatlar aniqlashga asoslanadi.Mashinali o'rganishDeduktiv o’rganish mutaxassislarning bilimlarini rasmiylashtirish va ularni bilimlar bazasi shaklida kompyuterga o'tkazishni o'z ichiga oladi. Deduktiv o’rganish odatda ekspert tizimlari sohasiga taalluqlidir, shuning uchun mashinani o'rganish va pretsendent asosida o'rganish atamalarini sinonim deb hisoblash mumkin.Mashinali o'rganishMashinani o'rganish nafaqat matematik, balki amaliy, muhandislik predmetidir. Odatda sof nazariya darhol amaliyotda qo'llaniladigan usullar va algoritmlarga olib kelmaydi. Ularning amalda yaxshi ishlashi uchun nazariyadagi taxminlar va real muammolar o’rtasidagi nomutonosiblikni ma’lum bir ma’noda qoplaydigan qo'shimcha evristikani ixtiro qilish kerak bo’ladi. Mashinani o'rganish bo'yicha deyarli hech qanday tadqiqot usulning amaliy samaradorligini tasdiqlovchi model yoki haqiqiy ma'lumotlar bo'yicha eksperimentsiz bo’lmaydi.O’rgatuvchi tanlanmaPretsedentlarning chekli to'plami (ob'ektlar, vaziyatlar) berilgan, ularning har biri uchun ba'zi ma'lumotlar yig'iladi (o'lchanadi). Pretsedent haqidagi ma'lumotlar uning tavsifi deb ham ataladi. Mavjud bo'lgan barcha holatlar tavsiflari to'plami o’rgatuvchi tanlanma deb nomlanadi. Ushbu aniq ma'lumotlarga asoslanib, nafaqat ushbu namunaga, balki umuman barcha pretsedentlarga, shu jumladan hali kuzatilmaganlarga ham xos bo'lgan umumiy bog'liqliklarni, qonuniyatlarni, munosabatlarni aniqlash kerak bo’ladi.Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling