2-ma’ruza radioto‘lqinlarning tarqalishi xususiyatlari


Bo‘shliqda (ochiq fazoda) radioto‘lqinlarning tarqalishi


Download 63.14 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi63.14 Kb.
#1551057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2SIM m

Bo‘shliqda (ochiq fazoda) radioto‘lqinlarning tarqalishi
Bo‘shliq deganda molekulalar, atomlar, erkin zaryadlar bo‘lmagan bir jinsli cheksiz fazo tushuniladi. Bunday bo‘shliq tushunchasini kiritilishi
maydonning radioto‘lqinlarni tarqalishining istalgan mexanizmiga xarakterli bo‘lgan umumiy xossalarini aniqlashga imkon beradi.
Agar bo‘shliqning ε0=1 nisbiy dielektrik singdiruvchanlikka va µ=1 nisbiy magnit singdiruvchanlikka ega bo‘lgan A nuqtasiga yo‘naltirilmagan nurlantirgich joylashtirilsa, u holda nurlantirgichdan R masofadagi Eo elektr maydon kuchlanganligini quyidagicha tarzda aniqlash mumkin:
A nuqta atrofida R radiusli aylanani o‘tkazamiz (2.2-rasm).



2.2-rasm.

U holda sfera sirtining birligiga to‘g‘ri keladigan quvvatni, ya’ni bitta davrda Poyting vektori modulining P | o‘rtacha qiymatini quyidagicha aniqlash mumkin:




P | =P / 4πR2,

bu erda R – nurlantirgichga beriladigan quvvat.


Poyting vektori bu Eo elektr maydon kuchlanganligini No magnit maydon kuchlanganligiga vektor ko‘paytmasi hisoblanadi:


P = [E0 ; H0] yoki E0 ┴ H0 ekan, u holda P | = | E0 | · | H0 | .

Poyting vektorining yo‘nalishi bu nuqtadagi energiyaning tarqalishi yo‘nalishi bilan mos tushadi.


Nurlantirgichdan etarlicha katta maosfalarda u nurlantiradigan qabul qiluvchi antenna egallaydigan uncha katta bo‘lmagan maydon chegaralaridagi sferik to‘lqinni tekis deb hisoblash mumkin, sferik to‘lqin uchun quyidagi nisbat mavjud:


, Om

U bo‘shliqning to‘lqin qarshiligi deyiladi.


Natijadan H | = | E0 | / 120π yozish mumkin yoki P | qiymatni hisobga olish bilan quyidagini olamiz:


,


,

ya’ni nurlantirgichdan R masofadagi E0 elektr maydon kuchlanganligini olamiz


E0 vektorning fazasi to‘lqin R masofani bosib o‘tganida φ = (2π/λ)· R qiymatga ega bo‘ladi, bu erda λ –to‘lqin zunligi.



Download 63.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling