2-ma’ruza radioto‘lqinlarning tarqalishi xususiyatlari
Download 63.14 Kb.
|
2SIM m
2-ma’ruza RADIOTO‘LQINLARNING TARQALISHI XUSUSIYATLARI. Reja:
1. Radiochastotalarning tasniflanishi.
Radiochastotalarning tasniflanishiBarcha aloqa tizimlari odatda uzatiladigan alohida yoki guruhli signal bilan modulyasiyalangan garmonik YUCH tebranishlar ko‘rinishidagi (sinusoidal) radiosignallarni ishlatadi. Har bir aloqa liniyasiga ma’lum polosa ajratiladi. Ajratilgan polosaning o‘rta chastotasi uzatuvchi radiostansiyaning nominal chastotasi deyiladi. Xalqaro radioaloqa reglamentiga muvofiq radiochastotalar 9 ta dipazonlarga bo‘lingan, ularda radioto‘lqinlarning tarqalishi sharoitlari bir xil va 4 dan 12 gacha nomerlar bilan belgilanadi. N nomerli dipazon pastdan 0,3 · 10N Gs va yuqoridan 3 · 10N Gs chastota bilan chegaralangan. Dipazonlarga quyidagi nomlar berilgan:
Bu erdan ko‘rinib turibdiki, dmapazonning nomeri ortishi bilan chastotalar diapazoni kengligi oshadi, masalan: № 4da Δf4=27 kGs, №12da esa Δf12=2700 kGs. Diapazonning chegaralarida radioto‘lqinlarning tarqalishi sharoitlari taxminan bir xil. Uzatish joyidan qabullash joyiga xabarlarni tashish uchun radioaloqa liniyasining ishchi chastotasi yoki tashuvchi chastota quyidagi talablarni hisobga olish orqali tanlanadi: Ishlaydigan, nurlanishlari rejalashtiriladigan liniyaning kerakli punktlarida radioqabullashga halaqit qiladigan radiostansiyalarning mavjud emasligi; Bu chastotada ishlashi yangi uzatkichni ishlashiga halaqit qilishi mumkin bo‘lgan radioaloqa va uzatish tizimlarining mavjud emasligi; Tanlanadigan chastota mavjud radiochastotalarni taqsimlanishi rejalarini bo‘yicha bu radioaloqa turi uchun ajratilgan diapazonda bo‘lishi kerak; Uzatiladigan radiosignallar spektri kengligiga mos keladigan etarlicha katta keng chastotalar polosalarini egallash imkoniyati bo‘lishi ko‘rak. Keltirilgan talablarni tahlil qilish bilan ko‘rsatish mumkinki, ko‘p kanalli radiokanalni qurish barcha 9 ta diapazonlarning hammasida ham maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi. Masalan, № 4 diapazonda AM qo‘llanilganda faqat 3-kanalli TLF radioliniyalarini tashkil etish mumkin (ΔFtlf= 0,3 ÷ 3,4 kGs, Δfp = 8 kGs, Δf4 = 27 kGs). Bu diapazonda hatto bitta uzatish (ΔFuzat= 15 kGs) va TV (ΔFTV= 6 MGs) kanalini yuqori sifatli uzatilishini tashkil etish mumkin emas. TV uzatish uchun №8 dipazon, radioeshittirish uchun, ko‘p kanalli radioliniyani tashkil etish uchun esa odatda UQT dipazon (8 va undan yuqori diapazonlar) ishlatiladi. RRL kanalli hisoblanadi, u holda tashuvchi chastotalar ESY orqali aloqa tizimlarida bo‘lganidek UQT dipazonida tanlanadi. Download 63.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling