2-ma’ruza radioto‘lqinlarning tarqalishi xususiyatlari


UQT diapazonning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 63.14 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi63.14 Kb.
#1551057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2SIM m

UQT diapazonning o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zining kichik uzunligi tufayli UQT to‘lqinlar erning sferik sirti va erning yirik noitekisliklari yoki boshqa to‘siqlar atrofida yomon difraksiyalanadi. Shuning uchun UQT diapazonda antennalarni er sirtidan sezilarli balandlikda joylashtirishga uriniladi, chunki bunda birinchidan, to‘g‘ri ko‘rinish masofasi ortadi, ikkinchidan antennaning yaqinida joylashgan mahalliy predmetlarning ekranlashtiruvchi ta’siri kamayadi. Shunday qilib, UQT diapazonda antennaning joylashish balandligi to‘lqin uzunligidan ko‘p marttaga ortiq bo‘ladigan shart bajariladi va maydon kuchlanganligini hisoblashni interferension formulalar bo‘yicha o‘tkazish mumkin bo‘ladi.


UQT diapazonda er sirti ideal dielektrik sifatida qaralishi mumkin. Shuning uchun gruntning o‘tkazish xossalarining o‘zgarishi UQTni tarqalishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
SHu bilan birga, er sirtining uncha katta bo‘lmagan notekisliklari UQTni er sirtidan qaytishi shartini sezilarli o‘zgartiradi.
To‘g‘ri ko‘rinish chegarasida aniq kichik bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan l < 0,2· l0 masofalarda UQT diapazonda erning sferikligini va troposferadagi radioto‘lqinlarning refraksiyasi ta’sirini hisobga olmaslik mumkin. Bunda UQTni tarqalishining xarakterli o‘ziga xos xususiyati katta barqarorlik va vaqt bo‘yicha signal sathining o‘zgarmasligi hisoblanadi.
0,2l0 < l < 0,8· l0 chegaralarda yotadigan sezilarli masofalarda erning sferikligini hisobga olish zarur bo‘ladi. Bir vaqtda refraksiyaning ta’sirini erning ekvivalent radiusidan foydalanish yo‘li bilan hisobga olish kerak bo‘ladi.
Bunday masofalarda UQTni tarqalishi uchun metrologik sharoitlar ta’sir qiladi. Troposferaning sindirish koeffitsientining o‘zgarishi bilan to‘lqin traektoriyasining egriligi o‘zgaradi, binobarin, to‘g‘ri va er sirtidan qaytgan nurlar uchun bu o‘zgarishlar turlicha bo‘lishi mumkin. Natijada to‘g‘ri va qaytgan nurlar orasidagi fazalar farqi o‘zgaradi, buning natijasida radioto‘lqinlar maydonlari sathi o‘zgaradi, signalning so‘nishi bo‘lib o‘tadi. Masofaning ortishi bilan so‘nishlarning halaqit qiluvchi ta’siri ortadi

Download 63.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling