2-ma’ruza radioto‘lqinlarning tarqalishi xususiyatlari
Radioto‘lqinlarning umumiy xossalari
Download 63.14 Kb.
|
2SIM m
Radioto‘lqinlarning umumiy xossalari
Radioto‘lqinlar tarqalishi jarayonida qator sabablarga bog‘liq bo‘ladigan kuchsizlanishga uchraydi. Uzatkichtan uzoqlashishi bilan energiya yanada katta hajmda tarqaladi, natijada, energiya oqimining zichligi kamayadi. Radioto‘lqinlar tarqaladigan muhit ham ularning kuchsizlanishini keltirib chiqaradi. Bu issiqliq yo‘qotishlari tufayli energiyaning yutilishi va er sharining qavariqligi yoki do‘ngligi ko‘rinishidagi to‘siqlarda og‘ishida to‘lqin maydoni kuchlanganligining kamayishiga bog‘liq. Elektromagnit to‘lqin elektr va magnit maydonlardan tashkil topgan (2.1-rasm). 2.1-rasm. Elektromagnit to‘lqinning tuzilishi Fazoning har bir nuqtasida to‘lqining E elektr maydon kuchlanganligi vektori N magnit maydon kuchlanganligi vektori perpendikulyar va har ikkala vektorlar to‘lqinning tarqalishi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi. Radioto‘lqinlarni tarqalishi quyidagi ma’lum qonunlarga bo‘ysunadi: 1. Bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziqli tarqalish, ya’ni xossalari barcha nuqtalarida bir xil bo‘lgan muhitda tarqalishi. 2. Bitta muhitdan boshqasiga o‘tishda qaytish va sinish. Tushish burchagi qaytish burchagiga teng. 3. Difraksiya. O‘z yo‘lida tiniqmas jismga dech kelish bilan radioto‘lqinlar undan aylanib o‘tadi. Difraksiya to‘siqning geometrik o‘lchamlari va to‘qin uzunliklari nisbatlariga bog‘liq ravishda turli darajalarda namoyon bo‘ladi. 4. Refraksiya. Xossalari nuqtadan-nuqtaga asta-sekin o‘zgaradigan bir jinsli bo‘lmagan muhitlarda radioto‘lqinlar egri chiziqli traektoriyalar bo‘yicha tarqaladi. Muhitning xossasi qanchalik keskin o‘zgarsa, traektoriyaning egriligi shunchalik katta bo‘ladi. 5. To‘liq ichki qaytish. Agar optik zichroq muhitdan kam zichlikli muhitga o‘tishda tushish burchagi qandaydir chegaraviy qiymatdan oshsa, u holda nur ikkinchi muhitga o‘tmaydi va muhitlarning chegarasidan to‘liq qaytadi. CHegaraviy tushish burchagi to‘liq ichki qaytish burchagi deyiladi. 6. Interferensiya. Bu hodisa fazoda bir qancha to‘lqinlarning qo‘shilishida kuzatiladi. Fazoning turli nuqtalarida qo‘shiladigan to‘lqinlarning fazalari nisbatiga bog‘liq ravishda natijaviy to‘lqin amplitudasining ortishi yoki kamayishi olinadi. Er sirtida tarqaladigan va er sharining qavariqligi qisman og‘diradigan difraksiya tufayli radioto‘lqinlar sirt to‘lqinlari deyiladi. Sirt to‘lqinlarining tarqalishi er shari sirtining xossalariga kuchli bog‘liq bo‘ladi. Atmosferada yuqori balandliklarda tarqaladigan va atmosferaning bir jinslimasliklari tufayli erga qaytadigan radioto‘lqinlar fazoviy to‘lqinlar deyiladi. Download 63.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling