2-ma’ruza radioto‘lqinlarning tarqalishi xususiyatlari


Download 63.14 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi63.14 Kb.
#1551057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2SIM m

Kosmik halaqitlar
Erdan tashqi manbalar hosil qiladigan radionurlanishlar kosmik radionurlanishlar, bu nurlanishlar hosil qiladigan halaqitlar esa kosmik halaqitlar deyiladi.
Radionurlanishlarning asosiy manbai unga ko‘plab diskret manbalarning nurlanishlari qo‘shiladigan radionurlanish fonini hosil qiladigan galaktika hisoblanadi. Quvvatli radionurlanishlar asosiy manbalari Quyosh, YUpiter, Saturn, Venera, Oy, YUlduzlar hisoblanadi.
Galaktikaning radionurlanishlari barcha yo‘nalishlarda kuzatiladi, lekin ayniqsa uning ekvotrial tekisligida galaktikaning markaziga yo‘nalishda intensiv hisoblanadi.
Galaktikadagi halaqitlar 18 ÷ 30 MGs diapazonda eng intensiv hisoblanadi. Bu halaqitlar sathi juda doimiy, lekin erning aylanishi hisobiga er sirtining bu nuqtasida halaqitlar sathining sutkalik o‘zgarishi kuzatiladi.
Quyosh va planetalarning radionurlanishlari galaktikaning radionurlanishlariga qaraganda ikkinchi darajali ahamiyatga ega, chunki u faqat antenna nurlanish manbaiga yo‘naltirilganida sezilarli halaqitlarni hosil qiladi.
Quyoshning nurlanishi spektri murakkab va o‘zgaruvchan. Nurlanish intensivligi Quyoshdagi portlashlar va qo‘zg‘alishlar vaqtida keskin ortadi. Binobarin, bu eng kuchli qisqa to‘lqinlar diapazonida namoyon bo‘ladi.
Er sirti va atmosferasi hosil qiladigan halaqitlar
Er ham radionurlanishlar manbai hisoblanadi. Erning radionurlanishlari Erda joylashgan antennalar you Er bilan aloqada kosmik kemalar antennalarining yo‘naltirilganlik diagrammalari yon yaproqchalari orqali qabul qilinishi mumkin.
Erning issiqlik radionurlanishlaridan tashqari, halaqitlar Er atmosferasining nurlanishlari orqali hosil qilainadi. Fizikadan ma’lumki, agar gaz qanday chastotada nurlanishni selektiv yutsa, u holda u o‘sha chastotada nurlanishni chiqaradi.
Santimetrli to‘lqinlar diapazonida Quyosh nurlanishi kislorod va suvning bug‘lari orqali yutiladi va qayta nurlantiriladi.
Atmosfera shovqinlari 1000 ÷ 20000 MGs diapazonda namoyon bo‘ladi. Bu diapazonda u galaktik shovqindan katta bo‘ladi va tashqi shovqinlarning deyarli yagona turi hisoblandi.

Download 63.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling