2-ma’ruza. Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar. Sertifikatlashtirish faoliyatining maqsad va vazifalari
Download 26.39 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-ma\'ruza
2-MA’RUZA. SERTIFIKATLASHTIRISH BO‘YICHA ASOSIY TUSHUNCHALAR. SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATINING MAQSAD VA VAZIFALARIReja:1. Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar.2. O`zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish faoliyati. 2.1. Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar. «Sertifikatlashtirish milliy tizimi» — davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashtirish o‘tkazishda o‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo‘lgan tizim; «mahsulotlarni sertifikatlashtirish» — mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat; «muvofiqlik sertifikati» — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat; «muvofiqlik belgisi» — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga yoxud ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi; «mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi» — ayni bir xil standartlar va qoidalar qo‘llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi; «sifat bo‘yicha ekspert-auditor» — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakaga ega bo‘lgan mutaxassis; «sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organi» — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan sertifikatlashtirish organlarining topshirig‘iga ko‘ra inspeksiya nazoratini amalga oshiruvchi yuridik shaxs; «sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazorati» — sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilayotganda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni davriy takroriy baholash tartib-taomili. Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish – guvohnoma talabgoriga sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi. Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi – deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sertifikatlashtirish qatnashuvchisi tushuniladi. Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda ma’lum darajada ishtirok eta oladigan sertifikatlashtirish qatnashuvchisi tushuniladi. Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikatlashtirish xuquqida ega bo‘lgan idora tomonidan tasdiklangan ro‘yxatga kiritilgan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, sotuvchi /ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan mahsulot sertifikatlashtirilishi tushuniladi. Mahsulot – ma’lum faoliyat yoki jarayon natijasidir. Mahsulot tushunchasiga quyidagicha izohlar keltirilgan: 1. Mahsulotning to‘rtta toifasi bor: xizmatlar (yuk tashish, bank xizmati, sug‘urta faoliyati va x.z.); dasturiy vositalar (kompyuter dasturi, lug‘at, o‘quv dasturlari); texnik vositalar (motorning qismi); qayta ishlanadigan materiallar. Mahsulotning turlari uning turli umumiy toifalariga kiradigan vazifalar yoki shu vazifani bajarish uchun qo‘llanilayotgan elementlarni o‘z tarkibida mujassam qilinishi bilan belgilanadi. Mahsulotni xizmatlar, dasturiy vositalar, texnik vositalar yoki qayta ishlanadigan materiallar qatoriga kiritish shu mahsulot uchun belgilangan vazifaning ustunlik qiladigan elementiga bog‘liq. Masalan, yetkazib beriladigan mahsulot – “avtomobil”, - texnik vositalar (masalan, shinalar), qayta ishlanadigan materiallar (yonilg‘i, sovutish suyuqligi), dasturiy vositalar (motorni dasturli boshqarish, haydovchi uchun qo‘llanma) va xizmatlar (avtomobildan foydalanish to‘g‘risidagi sotuvchi tomonidan beriladigan tushuntirishlar) dan iborat. 2. Xizmat - yetkazib beruvchi va iste’molchining o‘zaro hamkorligida amalga oshirilgan kamida bitta harakat natijasidir. Xizmatlar odatda nomoddiy bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: iste’molchi yetkazib bergan moddiy mahsulot ustida bajarilgan faoliyat (masalan, ta’mir talab avtomobil); iste’molchi yetkazib bergan nomoddiy mahsulot ustida bajarilgan faoliyat (masalan, soliq miqdorini aniqlash uchun zarur bo‘lgan daromad to‘g‘risida ariza); nomoddiy mahsulotni berish (masalan, bilimlarni berish ma’nosidagi axborot); iste’molchilar uchun qulay sharoitlarnn yaratib berish (masalan, mehmonxonalarda va oshxonalarda). Dasturiy vosita axborotga ega bo‘ladi va u odatda nomoddiy bo‘ladi, shuningdek yondashuvlar, operatsiyalar yoki protseduralar shaklida ham bo‘lishi mumkin. Texnik vosita odatda moddiy bo‘ladi va uning miqdori hisoblab topiladigan tavsif bilan ifodalanadi. Qayta ishlanadigan materiallar odatda moddiy bo‘ladi va ularning miqdori uzluksiz tavsif bilan ifodalanadi. Texnik vositalar va qayta ishlanadigan materiallar ko‘pincha tovar (mahsulot)lar deb ataladi. Download 26.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling