2-ma’ruza: sistemaning kinematik tahlili. Reja
kombinatsiyali bog‘lanishli inshootlar
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
2-MA’RUZA. SISTEMANING KINEMATIK TAHLILI (1)
kombinatsiyali bog‘lanishli inshootlar.
SHarnirli bog‘lanishli inshootlarga f e r m a l a r misol bo‘lsa (2.3-rasm, d), bikr bog‘lanishli inshootlarga r a m a l a r kiradi (2.3-rasm, v). Ham sharnirli, ham bikr bog‘lanishli birikmalardan tashkil topgan inshootlar k o m b i n a s i ya l i bog‘lanishli inshootlar deyiladi. Bunday inshootlarga balka va shprengeldan tashkil topgan sh p r e n g e l l i b a l k a misol bo‘ladi (2.7-rasm). IV. Inshoot elementlarining joylashishiga ko‘ra yassi va fazoviy sistemalarga bo‘linadi. Inshoot va unga qo‘yiladigan yuklar bir tekislikda bo‘lsa, bunday inshootlar ya s s i s i s t e m a l a r deyiladi (2.3-rasm, b, v, g, d va e). Agar inshoot elementlari turli tekisliklarda joylashgan bo‘lsa, u f a z o v i y s i s t e m a deyiladi (2.8-rasm). V. Inshootlar tayanch reaksiyalarining yo‘nalishiga ko‘ra havonli va havonsiz sistemalarga bo‘linadi. Vertikal yuklar ta’sirida bo‘lgan inshootlarning tayanchlarida vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda reaksiyalar hosil bo‘lsa, u h a v o n l i s i s t e m a deyiladi. Masalan 2.3-rasm, g dagi arka havonli sistemaga kiradi. Agarda vertikal yuklar ta’sirida bo‘lgan inshootlarning tayanchlarida fakat vertikal yo‘nalishlarda reaksiyalar hosil bo‘lib, gorizontal yo‘nalishlarda reaksiyalar hosil bulmasa, unga h a v o n s i z s i s t e m a deyiladi. Masalan 2.3-rasm, b dagi balka, 2.3-rasm, d dagi ferma va 2.3-rasm, e dagi ko‘p oralikli balka, havonsiz sistemalarga kiradi. 3. Inshoot tayanchlari va ularning turlari. а) б) в) шпренгель балка 2.7-расм фазовий рама 2.8-расм |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling