tanlash qurilish mexanikasida muhim ahamiyatga ega. 2.1-rasmda oddiy balkaning
haqiqiy ko‘rinishi va hisoblash tarhi ko‘rsatilgan.
Qaralayotgan inshoot murakkab ko‘rinishda bo‘lsa, inshoot hisoblash tarhini
tanlashda uning yuk ko‘taruvchi qismlarigina tarhda o‘z aksini topadi.
а)
б)
кўприк
2.2-rasm
Yuk ko‘tarmaydigan qismlari esa hisoblash tarhlarida tashlab
yuboriladi. Masalan, 2.2-rasm, a da tasvirlangan ko‘prikni hisoblash
tarhida faqat
asosiy yuk ko‘taruvchi qismi ko‘rsatilgan (2.2-rasm, b).
2. Geometrik o‘zgaruvchan va geometrik o‘zgarmas, oniy o‘zgaruvchan
sistemalar haqida ma’lumot. Bog‘lamalar. Ularning turlari: sharnirli sterjen,
sillindrik sharnikli, payvand bog‘lamalar.
Inshootlar va ularning hisoblash tarhlari belgilariga qarab quyidagi 5 turga
bo‘linadi:
I. Geometrik belgisiga ko‘ra inshootlar o‘z navbatida uchga bo‘linadi:
1) cterjenlardan tashkil topgan inshootlar.
Sterjen deb, ko‘ndalang kesimining o‘lchamlari uzunligiga nisbatan
ancha kichik bo‘lgan elementlarga aytiladi (2.3-rasm, a).
Sterjenlardan tashkil
topgan inshootlarga balka, rama, arka, ko‘p
oraliqli balka, fermalar kiradi. Agar
inshoot to‘g‘ri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo‘lsa, unga
balka deyiladi (2.3-
rasm, b). Inshoot egri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo‘lsa,
arka deyiladi (2.3-
rasm, g). Bir-biriga bikr qilib biriktirilgan sterjenlardan tashkil topgan inshoot
Do'stlaringiz bilan baham: