Foydalanilgan adabiyotlar
Аsоsiy dаrsliklаr vа o‘quv qo‘llаnmаlаr
Sаyfullаеvа R. vа bоshqаlаr. Hоzirgi o‘zbеk аdаbiy tili. (Kirish. Fоnеtikа. Fоnоlоgiya. Grаfikа. Tаlаffuz vа imlо lеksеkоlоgiya. Frаzеоlоgiya. Lеksikоgrаfiya). T., 2005.
Аbduаzizоv А. O‘zbеk tili fоnоlоgiyasi vа mоrfоlоgiyasi. T., 1994.
Sayfullaеva R., Mеngliyеv B., Qurbоnоva M., Yunusоva Z. Hоzirgi o‘zbеk adabiy tili. –T.: Univеrsitеt, 2007.
Hamrayeva Y., va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Mashqlar to‘plami. 1-qism. Qarshi, 2005. O‘quv qo‘llanma. QDU IK tas.
Mengliyev B.M., Sh.Shoyqulov va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1-qism. Qarshi, O‘quv qo‘llanmaning electron versiyasi. 2004. QDU IK tas.
N.Jamolxonov. Hozirgio‘zbekadabiytili. 1-qism. T.: O‘qituvchi, 2005. Darslik. O‘z R OTV tas.
Tursunоv U. vа bоshqаlаr. Hоzirgi o‘zbеk аdаbiy tili T., 1993.
Tоjiеv YO. O‘zbеk tili mоrfеmikаsi, T.: TоshDU, 1992.
Mirtоjiеv M. Hоzirgi o‘zbеk аdаbiy tili. T., 2004.
Jаmоlxоnоv H. Hоzirgi o‘zbеk аdаbiy tili. T., 2005.
Glossariy
t.r.
|
Termin
|
Izoh
|
1
|
Lisoniy UMIS va YAHVO
|
UMIS (zot) va YАHVO (tajalli) butun dialektikaning, ya’ni butun borliq - tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosiy munosabat qonunlaridan biri bo‘lganligi sababli, u har bir fanda o‘ziga xos tarzda xususiylashadi. UMISning tildagi tajallisi lison, YАHVOniki esa nutq deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui til deyiladi.
|
2
|
Lison
|
Lison deyilganda ma’lum bir jamiyatning barcha a’zolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar tomonidan) tayyor holga keltirib qo‘yilgan, hamma uchun umumiy va majburiy, fikrni ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan birliklar hamda bu birliklarning o‘zaro birikish qonuniyatlari yig‘indisi tushuniladi.
|
3
|
Fonema
|
Muayyan til egalarining ma’lum tovushlar tipi haqidagi umumiy tasavvurlari fonema hisoblanadi.. Har bir fonema so‘zlovchilar ongida o‘z tipini farqlovchi belgilari majmui asosida vujudga kelgan maxsus «akustik-artikulyatsion portret» yoki «tovushlar obrazi» sifatida saqlanadi. Muayyan fonemaning farqlovchi belgilari uning artikulyatsion va akustik xususiyatlari asosida shakllanadi. Artikulyatsion belgilar muayyan tovushlarni talaffuz qilish uchun nutq a’zolarining bir xildagi harakatga moslashgan avtomatik, standart holatlari haqidagi tasavvur bo‘lsa, akustik belgilar sifatida bir turdagi tovushlarga xos talaffuz sifati va miqdori tushuniladi.
|
4
|
Lisoniy munosabat
|
Munosabat keng qamrovli tushuncha bo‘lib, bir butunlikning tarkibiy qismlari - birliklari orasidagi o‘zaro aloqa va bog‘lanishlarni anglatadi. Bunday aloqalar turlicha bo‘lishi mumkin.
|
5
|
Sintagmatik munosabat
|
Ularning ismlari - Salim va Halim. Bundagi nutqiy birliklar turlicha munosabatlar bilan bog‘langan. Ular so‘zi ism so‘zi, -lar qo‘shimchasi bilan ketma-ket, zanjirsimon bog‘langan. Yoki ism so‘zi uchta tovushning ketma-ketligidan iborat. Bunday chiziqsimon, liniyaviy ketma-ketlik aloqasi, sintagmatik aloqa deyiladi. Sintagmatik aloqa lisonda ham, nutqda ham mavjud bo‘ladi. Masalan, [kitob] leksemasi beshta tovushning birikuvidan iborat nomemaga ega bo‘lib, u lisoniy birlik sanaladi. Shuningdek, yasama so‘z ((suvchi), (ertapishar)), so‘z birikmasi (kitobni o‘qimoq) da ham birikuvchi a’zolar sintagmatik aloqada bo‘ladi.
|
6
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |