2-Ma’ruza To’gri chiziq. To’g’ri chiziq kesmasining orthogonal proeksiyalari. Umumiy va xususiy vaziyatdagi to’g’ri chiziqlar. Reja


Xususiy vaziyatdagi to`g`ri chiziqlarning proektsiyalari


Download 0.73 Mb.
bet2/4
Sana23.09.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1685444
1   2   3   4
Bog'liq
2 To’gri chiziq To’g’ri chiziq kesmasining

Xususiy vaziyatdagi to`g`ri chiziqlarning proektsiyalari.
Proektsiyalar tekisligiga parallel to`g`ri chiziqlar.


Gorizontal to`g`ri chiziq. Gorizontal proektsiyalar tekisligiga parallel bo`lgan to`g`ri chiziq, gorizontal to`g`ri chiziq deb ataladi. Gorizontalning barcha nuqtalari H tekislikdan baravar uzoqlikda bo`ladi, yani h II H .Shuning uchun epyurda gorizontal chiziqning frontal proektsiyasi OX o`qga, profil proektsiyasi ОУ o`qga parallel bo`ladi (3.4-chizma).





3.4-chizma




Shuningdek, gorizontal chiziq kesmasining gorizontal proektsiyasi uning xaqiqiy o`lchamiga teng bo`lib proektsiyalanadi.


2.Frontal to`g`ri chiziq.
Frontal proektsiyalar proektsiyalar tekisligiga parallel bo`lgan to`g`ri chiziq , frontal to`g`ri chiziq deb ataladi. Frontalning barcha nuqtalari V tekisligidan baravar uzoqlikda bo`ladi, yani f ll V. Shuning uchun epyurda frontal chiqning gorizontal proektsiyasi ОХ o`qiga, profil proektsiyasi OY o`qiga parallel bo`ladi. Frontal chiziq kesmasining frontal proektsiyasi uning xaqiqiy o`lchamiga teng bo`lib proektsiyalanadi (3.5-chizma).

3.5-chizma
3. Profil to`g`ri chiziq.
Profil proektsiyalar tekisligiga paralell bo`lgan to`g`ri chiziq, profil to`g`ri chiziq deb ataladi..Profil to`g`ri chiziqning barcha nuqtalari W tekisligida baravar uzoqlikda bo`ladi, yani p||W.
Shuning uchun profilning gorizontal proektsiyasi OY o`qiga, frontal proektsiyasi OZ o`qiga parallel bo`ladi.
Profil to`g`ri chiziq, kesmasining profil proektsiyasi uning xaqiqiy o`lchamiga teng bo`lib proektsiyalanadi (3.6-chizma).

3.6-chizma
Proektsiyalar tekisligiga perpendikulyar to`g`ri chiziqlar.
Proektsiyalar tekisligiga perpendikulyar to`g`ri chiziqlar proektsiyalovchi to`g`ri chiziqlar deb ataladi.
Proektsiyalovchi to`g`ri chiziqlar gorizontal, frontal va profil to`g`ri chiziqlarga bo`linadi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling