2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


Download 47.77 Kb.
bet7/13
Sana09.01.2023
Hajmi47.77 Kb.
#1085409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
2-ma\'ruza

ā unlisi to‘g‘risida. ā unlisining o‘zbek tilida va o‘zbek shevalarida paydo bo‘lishi bilan bog‘liq muhim fikrlar bilan tanishtirish lozim bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, bu unli turkiy tillarga xos emas, lekin tatar va boshqird tillarida arab va fors tilidan o‘zlashgan so‘zlarda qayd qilinadi. O‘zbek tilining shahar tipidagi, ya’ni qarluq lahjasi shevalarida qo‘llanadi. Qipchoq lahjasi shevalarida esa u doimiy emas, balki muayyan vaziyatlarda, ya’ni tojik tili va adabiy tilning kundalik ta’sirida ko‘rinib qoladigan o‘rinlari bor, lekin bu unli qipchoq, o‘g‘uz lahjalari shevalariga xos emas. Qarluq lahjasining shimoliy o‘zbek shevalarida ham bu unli qo‘llanmaydi. Bu holat ā unlisining paydo bo‘lishi masalasiga to‘xtalish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Y. D. Polivanov uni forsiy (eroniy deb yuritadi) tilning ta’sirida paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Sh. Shoabdurahmonov ā unlisining paydo bo‘lishini o‘zbek tilida keyingi hodisa deb qaraydi hamda bu unli shahar shevalarida lab undoshlari (sāvzi, bārsāvuz) va chuqur til orqa q, g‘, x undoshlari (tärāq, qilγān) ta’sirida umumturkiy a unlisi o‘rnida paydo bo‘lgan deb hisoblaydi. Turkologlardan N. Z. Hojiyeva esa tojik shevalarining ta’siri bo‘lishi kerak deb taxmin qiladi. Shu bilan birga, ā unlisi to‘g‘risida o‘tgan asrning 20-yillarida G‘ozi Olim Yunus quyidagi fikrlarni yozib qoldirgan edi:
- ā unlisi forsiy emas, forsiy deyilishi yanglish fikrdir;
- bu tovush eronlashgan turk-o‘zbek tillaridan ko‘ra fors tilining ta’siriga tushmagan shevalarimizda ko‘proq ishlatiladir;
- hatto forsiy ta’siri ostida bo‘lishidan uzoq bo‘lg‘an Edil bo‘yi tatarlarida bu alif aksariyatla eshitiladir;
- bu alif asl fors tilida yo‘qdir;
- bu turk tili ta’sirida qolg‘an forsiy (tojik) lahjasidagina eshitiladir;
- bu tovush chin turk tovushidir.
Albatta, G‘ozi Olim Yunusning bu fikriga tanqidiy qarash lozim.
Undoshlar tizimi (konsonantizm). O‘zbek shevalaridagi sof turkiy so‘zlarda b, d, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, z γ, š, č, ǯ, η undoshlari amalda bor. Ularning lingvistik tavsiflari adabiy til bilan aynidir. Shevalarimizda bu undosh fonemalar ikki pog‘onali qo‘llanadi, ya’ni palatal va vel(y)ar. Bunda old qator unlilar qurshovida undoshlar palatal (yumshoq), orqa qator unlilar qurshovida vel(y)ar (qattiq) tus oladi.
Aslida bu qonuniyat adabiy tilga ham xos. Bu qoida k, g, q, γ, x undoshlariga tatbiq etilmaydi, chunki bu undoshlarda dominantlik kuchli bo‘ladi va k, g undoshlari old qator unlilarning, q, γ, x undoshlari orqa qator unlilarning so‘zda qatnashishini talab qiladi. Misollar: kumush ~ gü:müš (Xorazm) so‘zida g undoshi qatnashgani uchun barcha unlilar old qator, qayrog‘och ~ qaraγaš (shim.o‘zb. shev.) so‘zida q, γ undoshlari qatnashganligi uchun orqa qator unli takroran kelgan. Boshqa undoshlar esa unlining xarakteriga moslashadi: beš so‘zidagi b, š undoshlari palatal, baš so‘zidagi shu undoshlar vel(y)ardir, chunki birinchisi old qator unli, ikkinchisi esa orqa qator unli atrofiga joylashgan (8-rasm).
Lab-lab f undoshi undov va taqlidiy so‘zlarda iste’molda bor: uf, tuf , o‘zlashgan so‘zlarda esa bu undosh p, ba’zan b undoshiga moyil talaffuz qilinadi, biroq Forish shevasida f undoshi mustaqil so‘zlarda ham uchraydi: pichoq ~ fї:čaq, pul ~ ful, paxta ~ faxta, patir ~ fätir.

Download 47.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling