2-ma’ruza. Transport bilan ta’minlanganlik va transport faoliyatini boshqarish tizimi reja


rasm. Hududiy transport ma’muriyatining mumkin bo‘lgan tuzilish sxemasi


Download 1.18 Mb.
bet2/3
Sana24.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1115348
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu .2.

2.1 rasm. Hududiy transport ma’muriyatining mumkin bo‘lgan tuzilish sxemasi.
SHunday qilib, hozirgi kunda mamlakat darajasida olib borilayotgan transport siyosati vakolatlarni ko‘proq hududlarga berishga yo‘naltirilgan bo‘lishi maqsadga muvofiq.
2.4. Har xil transport turlarining o‘zaro harakatlar sohalari
“Talab-taklif” tizimida marketing strategiyasining transporot tarkib toptiruvchisi mijozlarning transport talablariga bo‘lgan o‘zgaruvchan ehtiyojlarini yaxshiroq qanoatlantirish va transport resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun har xil transport turlarining o‘zaro harakatlarining turli-tuman shakllari va uslublaridan, ularning raqobatidan foydalanishni ko‘zda tutadi. Biroq har bir transport turining o‘ziga xosligi, ularning o‘ziga xos texnik va texnologik xususiyatlari transport bozorida ulardan qanday foydalanishni oldindan belgilab beradi, bu raqobat qilish imkoniyatini bir qadar cheklab qo‘yadi va transport turlarining o‘zaro harakatlarga kirishishiga ko‘maklashadi. Masalan, suv, havo va quvur tarmoqli transport turlari amalda bir-biri bilan kuchli raqobat qila olmaydi. Temir yo‘l va avtomobil transporti o‘rtasidagi raqobat xarakat poligoni, ommaviy tashishlarni amalga oshirish imkoniyati, ularning har birining tejamkorligi bilan chegaralanadi. Iste’molchilar uchun uzoqqa cho‘zilgan temir yo‘l marshrutlarining boshlanish va oxirgi punktlarida avtomobil transporti bilan temir yo‘l transportining o‘zaro harakatlari ko‘proq samarali va foydali bo‘ladi. O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari tarmog‘i va texnik servisning etarlicha rivojlanmaganligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu transport turlari o‘rtasida raqobat, qoidaga ko‘ra, faqatgina nisbatan qisqa masofalarda (200-500 kmgacha) bo‘lishi mumkin.
Yo‘lovchilarni shaharlararo tashishlarda marshrutlarning oxirida avtobus bog‘lanishlari biln o‘zaro harakatlarga kirishish bilan temir yo‘l va havo transporti o‘zaro ko‘proq raqobat qiladi. Oxir-oqibatda transport tizimining turli elementlarining faoliyat ko‘rsatishining shunday shakllari to‘g‘ri va samarali bo‘lib hisoblanadiki, ular transport xizmatlari iste’molchilarining manfaatlariga ko‘proq darajada mos kelsin. SHunday qilib, bozor iqtisodiyotida “eshikdan-eshikkacha” va \”aniq muddatiga” tamoyillari bo‘yicha etkazib berish maqsadida har xil transport turlarining kelishilgan va muvofiqlashgan o‘zaro harakatlari bo‘yicha mijozlarning talablari haqli ravishda birinchi o‘ringa chiqadi. SHu sababli transport bozorida raqobat omillari o‘z o‘rnini transportni ham, mijozlarni ham o‘zaro foyda ko‘rishga muvofiqlashtiradigan integratsiyalaydigan omillarga bo‘shatib beradi. Har xil transport turlarining jips o‘zaro harakatlari mamlakat transport tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishining asosi bo‘lib hisoblanadi.
Har xil transport turlarining o‘zaro harakatlari va ularni muvofiqlashtirishning shakllari va uslublari texnik, texnologik, tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy sohalarda amalga oshiriladi.
Transport turlarining o‘zaro harakatlarining texnik sohasi muvofiqlashtirishning quyidagi shakllarini ko‘zda tutadi: ular bo‘yicha aralash bog‘lanishlarda yuklar va yo‘lovchilar o‘tadigan tutashtiriladigan tizimlar va liniyalar hamda transport tugunlaridagi qurilmalarning o‘tkazish va qayta ishlash qobiliyatini muvofiqlashtirish; qayta yuklash vositalaridan samarali foydalanish va yo‘lovchilarga qulayliklar tug‘dirish maqsadida o‘zaro talablarni hisobga olish va harakatlanuvchi tarkib va konteynerlarning parametrlarini gabarit o‘lchamlar, yuk ko‘taruvchanlik, sig‘diruvchanlik bo‘yicha bog‘lash; har xil transport turlarining xodimlari, ichki transport tugunlarida tashish jarayonini, yuklarni qayta yuklash va yo‘lovchilarni almashtirib o‘tqazaishni boshqaruvchilari uchun tutashuvchi texnik aloqa va axborot vositalarini yaratish.
Har xil transport vositalarining o‘zaro harakatlarining bu shakllari dengiz temir yo‘l va avtomobil paromlari, yo‘l estakadalari va turlicha darajadagi kesishuvlarni (o‘tish joylari) yaratish, yuklash-tushirish mashina va mexanizmlarining uzellari, detallari va gabaritlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish; konteynerlar va yuk avtomobillari, vagonlar, kemalar, samoletlarning parametrlarini moslashtirish; roudreylerlar, konteynerlarni tashiydigan avtomobil yarim tirkamalari, konteynerlarni tashiydigan kemalardan foydalanish va hokazolar orqali amalga oshiriladi. Yo‘lovchilarga qulay bo‘lishi uchun birlashtirilgan yo‘lovchilar vokzallari va stansiyalari (temir yo‘l-avtobus, avtobus-daryo, aero-avtobus va boshqalar), yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadigan birlashtirilgan kassalar va yirik transport tugunlarida yagona axborot-hisoblash markazlari quriladi.
O‘zaro harakatlarning texnologik sohasi har xil transport turlarini ekspluatatsiya qilish majmuaviy tizimini tashkil qilishni - ishtirok etuvchi transport turlari, yuk jo‘natuvchilar va qabul qiluvchilarning moslashtirilgan kontakt grafiklarini ishlab chiqish; har xil transport turlarining yo‘lovchilarning manfaatlari bilan o‘zaro bog‘langan qulay kelish-ketish jadvallarini tuzish; yirik tugunlar va liniyalarda intermodal tashishlarda (masalan, “harakatlanuvchi shosse” tipida, bunda avtomobil-treylerlar temir yo‘l platformalarida tashiladi, so‘ngra esa o‘zlari belgilangan punktga ketadi) ishning majmuaviy texnologik jarayonlarini tashkil qilishni ko‘zda tutadi.
Muvofiqlashtirishning tashkiliy soxasi har xil transport turlarining o‘zaro harakatlarining boshqarish va axborot sohalarini qamrab oladi. Ular mamlakat transport-yo‘l majmuasini makrodarajada va hududlarda yagona muvofiqlashtirilgan boshqarish tizimini ishlab chiqishni; aralash tashishlarda tashish jarayonini tashkil qilish, tashishlarning xavfsizligi, ekologiya va xo‘jalik faoliyati bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, nizomlar va kodekslarni ishlab chiqish; yagona dispetcherlik markaziga ega bo‘lgan amodal tashishlarni tashkil qilish; vagonlar, kemalar va avtomobillarni transport tugunlaridagi yuklash, tushirish va qayta yuklash joylariga berish to‘g‘risida operativ xabardor qilish va ushbu jarayonni tartibga solish; aralash tashishlarda bir nechta transport turlarining yo‘lovchilari uchun yagona chiptalar sotishni tashkil qilish va mijozlarga transport-ekspeditsiya xazmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi. Biroq har xil transport turlarining o‘zaro harakatlarining tashkiliy soxasida hali ko‘p kamchiliklar mavjud, bu ayniqsa temir yo‘llar bilan dengiz portlari o‘rtasida, temir yo‘l stansiyalari bilan korxonalarga kirish-chiqish yo‘llarining egalari o‘rtasida eksport-import tashishlarning muvofiqlashmaganligiga taalluqli bo‘ladi.
O‘zaro harakatlarning iqtisodiy sohasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • davlat mulki va xususiy mulkchilik shakllariga ega bo‘lgan har xil transport turlari bilan transport xizmatlari ko‘rsatishga bo‘lgan talabning reja-bashoratlarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish;

  • marketing yondashuvlari asosida hududlar bo‘yicha;

  • mamlakat transport-yo‘l majmuasini rivojlantirish va uni ta’minlash strategiyasini ishlab chiqish, zaruriy investitsiyalarning o‘lchamlari va ularni transport turlari yoki moliya-sanoat guruhlari bo‘yicha subsidiyalash usullarini aniqlash;

  • ularni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda (yalpi jamoatchilik mahsulotida, tarmoqlararo balansda) to‘g‘ri aks ettirish uchun va ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va rivojlantirish masalalarini hal qilishda transportning turlari bo‘yicha transport xarajatlari ko‘rsatkichlarini asoslash va muvofiqlashtirish;

  • ekspluatatsion xarajatlar, tashishlarning tannarxi, kapital qo‘yilmalarning samaradorligi va mehnat unumdorligini aniqlashning transport turlari bo‘yicha taqqoslasa bo‘ladigan yagona uslubiy asosini ishlab chiqish;

  • aralash bog‘lanishlarda ularning davlat tomonidan tartibga solinish va erkin narxlarni shakllantirish sharoitlarida har xil transport turlari bilan transport xizmatlari ko‘rsatishga narxlar va tariflarni shakllantirishning umumiy uslubiy qoidalarini asoslash va muvofiqlashtirish, shuningdek mijozlarni intermodal tashishlarga rag‘batlantirish uslublarini ishlab chiqish;

  • korxonalar va hududlarning transport bilan ta’minlanganligining yagona ko‘rsatkichlarini, shuningdek mijozlarga transport xizmatlari ko‘rsatish sifati va samaradorligini o‘lchaydigan ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish;

  • aralash tashishlarda daromadlarni transport korxonalari o‘rtasida (ularning mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar) taqsimlash tizimini muvofiqlashtirish va tashish shartlariga rioya qilishning moddiy javobgarligi me’yorlarini va har xil transport turlari bilan tashiladigan yuklarning saqlanish me’yorlarini asoslash;

  • mijozlarga har xil transport turlari bilan birgalikda xizmat ko‘rsatishni yaxshilash loyihalarining iqtisodiy samaradorligini asoslash, birgalikda banklararo operatsiyalar va kredit operatsiyalari, lotereyalar, auksionlar, reklamalar va transport korxonalarining iqtisodiy ahvolini mustahkamlash bo‘yicha boshqa tadbirlarni o‘tkazish.

O‘zaro harakatlrning huquqiy sohasi transportning har xil turlari o‘rtasida va transport organlari bilan mijozlar (yuk egalari va yo‘lovchilar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabtlarga taalluqli bo‘lgan yuridik, huquqiy masalalarni hal qilishni o‘z ichiga oladi. Bunda tomonlarning tashish kontraktlari va shartnomalarini bajarish, tashishlarning xavfsizligini ta’minlash, yuklar va bagajlarning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro javobgarligi bo‘yicha, shuningdek transportning har xil turlarida, jumladan aralash bog‘lanishlarda sug‘urta majburiyatlari va umumdavlat qonunlari, nizomlar, kodekslar va boshqa qonun osti hujjatlari va yo‘riqnomalarning bajarilishiga rioya qilish bo‘yicha huquqiy qoidalarni ishlab chiqish, kelishish va nazorat qilish ko‘zda tutiladi.
Birta yoki bir nechta transport turlari ichida transport turlari o‘rtasidagi raqobatning shakllari va uslublari bozorning umum tomonidan qabul qilingan iqtisodiy qonunlari, aralash faoliyat sohalari va xizmat ko‘rsatish poligonlarida transport xizmatlariga talab va taklifni muvozanatlashga asoslanadi. U yoki bu transport turining transport xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha raqobatga kirisha olishini ta’minlash, transport bozorida samarli marketing strategiyasini o‘tkazish, xarajatlar va narx siyosatini oqilona (qonun doirasida) boshqarish, yangi samarali texnika va texnologiyalarni joriy qilish va mijozlarga transport xizmatlari ko‘rsatishning sifatini doimo oshirib borish hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Biroq bu uslublarni amalga oshirish uchun ma’lum bir umumiqtisodiy shart-sharoitlar — inflyasiyani sekinlashtirish, moliya tizimini barqarorlashtirish va so‘mni mustahkamlash, korxonalarning o‘zaro to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmasligini bartaraf qilish, oqilona soliq siyosati va yaxshi qonunchilik bazasi zarur bo‘ladi. Bozor sub’ektlari uchun narxlarni shakllantirish sohasida teng huquqli shart-sharoitlar kerak, bu xususan, hozirgi kunda temir yo‘l transportida yo‘q. SHu bilan birgalikda, O‘zbekistonda transportning har xil turlari, jumladan, yo‘lovchilarni tashishda temir yo‘l transporti bilan avtomobil transporti, shuningdek temir yo‘l transporti bilan havo transporti o‘rtasida ma’lum bir raqobat mavjud. O‘zaro harakatlarning turli shakllari va raqobat elementlaridan oqilona foydalanish iste’molchilarni transport xizmatlari bilan ishonchli ta’minlash imkonini beradi.


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling