2-ma’ruza. Transport bilan ta’minlanganlik va transport faoliyatini boshqarish tizimi reja
Download 1.18 Mb.
|
1-mavzu .2.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transport tizimini boshqarishni tashkil qilish Har xil transport turlarining o‘zaro harakatlar sohalari Tayanch s
- 2.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida transportni boshqarish tamoyillari
- 2.3. Transport tizimini boshqarishni tashkil qilish
2-MA’RUZA. TRANSPORT BILAN TA’MINLANGANLIK VA TRANSPORT FAOLIYATINI BOSHQARISH TIZIMI REJA Transport bilan ta’minlanganlik va erishiluvchanlik ko‘rsatkichlari Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida transportni boshqarish tamoyillari Transport tizimini boshqarishni tashkil qilish Har xil transport turlarining o‘zaro harakatlar sohalari Tayanch so‘z va iboralar Modernizatsiya, yuk, yo‘l sharoitlari, joy relfi, infratuzilma, transportning mahsuloti, transport, transport majmuasi. 2.1. Transport bilan ta’minlanganlik va erishiluvchanlik ko‘rsatkichlari Transport bilan ta’minlanganlik va erishiluvchanlik ko‘rsatkichlari xo‘jalik ob’ektlari va aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish darajasini aks ettiradi va bog‘lanish yo‘llari tarmog‘ining uzunligi, ularning o‘tkazish va tashish qobiliyati, transport liniyalari joylashishining konfiguratsiyasi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, bu ko‘rsatkichlar qanchalik yuqori bo‘lsa, bog‘lanish yo‘llari tarmog‘i shunchalik rivojlangan bo‘ladi. Alohida mamlakatlar va hududlarning bog‘lanish yo‘llari bilan ta’minlanishidagi farqlar tarmoqning quyuqlik ko‘rsatkichi ds, km/1000 kv km, bilan tavsiflanadi, u tarmoqning ekspluatatsion uzunligi Le ning S hududning maydoniga nisbati bilan o‘lchanadi: Biroq ikkita hududning maydonlari teng bo‘lganda transportga bo‘lgan ehtiyoj aholisining soni katta bo‘lgan hududda yuqori bo‘ladi. SHunda aholining transport bilan ta’minlanganligini tavsiflaydigan tarmoqning quyuqlik ko‘rsatkichi quyidagiga teng bo‘ladi, km/10000 kishi, Hududning transport bilan ta’minlanganligini umumlashtirilgan tavsiflash uchun nemis statisti E. Engel ds tarmoq quyuqligining yagona ko‘rsatkichini hududning maydoni va aholi sonini hisobga olish bilan aniqlash formulasini taklif qilgan: SHu bilan birgalikda, ko‘rinib turibdiki, aholi soni va hududning maydoni bir xil bo‘lganda tashishlarga bo‘lgan ehtiyoj ishlab chiqarishning tuzilishi, hajmlari va joylashishiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin. Bu omillarni hisobga olish uchun rus muhandisi YU. I. Uspenskiy maxrajga Q, ming t, tashish uchun taqdim qilinadigan yuklar hajmini kiritish bilan Engel formulasini modifikatsiyalagan: Keltirilgan formulalar garchi transport tarmog‘i rivojlanishining etarliligi yoki optimalligini aks ettirmasada, hududlarning transportning alohida turlarining bog‘lanish yo‘llari bilan ta’minlanganlik darajasining muhim indikatori bo‘lib hisoblanadi. Har xil transport turlari tarmog‘i quyuqligining dK, keltirilgan majmuaviy ko‘rsatkichini (km) aniqlash uchun bog‘lanish yo‘llarining £kelt, km, keltirilgan uzunligini ko‘rsatish va ko‘rib chiqilayotgan hududning faqatgina SO odam yashaydigan maydonini hisobga olish taklif qilingan: JI. I. Vasilevskiy transport liniyalarini ularning o‘tkazish va tashish qobiliyatlarining taqqoslasa bo‘ladigan darajalarini hisobga olish bilan 1 km temir yo‘lga keltirishning quyidagi koeffitsientlarini taklif qilgan: takomillashtirilgn avtomagistral uchun — 0,45, odatdagi qattiq qoplamali avtomobil yo‘li uchun — 0,15, daryo yo‘li uchun — 0,25, magistral gaz quvurlari tarmog‘i uchun — 0,30 va o‘rtacha diametrli neft quvurlari tarmog‘i uchun — 1. Tarmoqning dK majmuaviy quyuqligini aniqlash formulasidan foydalanish bilan, garchi katta shartlilik darajasi bilan bo‘lsada, dunyoning turli mamlakatlari va hududlarining transport bilan ta’minlanganligini taqqoslash mumkin (2.1 jadval). Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston transport bilan ta’minlanganlikning eng kichik ko‘rsatkichlariga ega, ularni faqatgina Afrika va Osiyo mamlakatlarining ko‘rsatkichlari bilan solishtirsa bo‘ladi. Bu shubhasiz, mamlakatda iste’molchilarga transport xizmatlari ko‘rsatish darajasining pastligi va O‘zbekiston Respublikasida bog‘lanish yo‘llarini kelajakda rivojlantirish zarurligidan dalolat beradi. Biroq Rossiya va AQSH ning keltirilgan transport tarmog‘i quyuqligining 1:5 nisbati (2,0 va 10,5 km) bu mamlakatlarning transport bilan ta’minlanganlik darajalaridagi uzilishni to‘liq aks ettirmaydi. Transport vositalaridan foydalanish intensivligi va ularning iste’molchilar uchun erishiluvchanligini ham hisobga olish lozim bo‘ladi. 2 1. jadval
Eslatmalar: 1. as, us, us — mos ravishda temir yo‘l transporti, avtomobil transporti va transportning barcha turlari uchun (umumiy) quyuqlik ko‘rsatkichlari. 2 Jadvalda ko‘rsatkichlar 100 kv km ga berilgan, N-10000 kishi. Transportdan foydalanish intensivligining nisbiy ko‘rsatkichlari deb keltirilgan solishtirma yuk aylanmasining mos ravishda 1000 kv km maydonga, 10000 ta aholiga va hududda tashilgan 1000 t mahsulotga nisbatini hisoblash mumkin: keltirilgan yuk aylanmasi transportning har xil turlarining yuklar va yo‘lovchilar bilan ishlashining tonna-kilometrlarining mos keluvchi koeffitsientlari va transport liniyalarining korreksiyalangan uzunligi (ularning tashish quvvatlarini hisobga olish bilan) orqali “ikki marta keltirish” vositasida hosil qilinadi. kattalik, mohiyatiga ko‘ra, asosiy transport faoliyatining ko‘rib chiqilayotgan hududda iste’molchilarga ko‘rsatiladigan transport xizmatlari hajmini aks ettiradi. Ba’zi bir hollarda yuk aylanmasining o‘rniga, ya’ni transport ishining o‘rniga tashishlar hajmi, daromadlar yoki transport xarajatlaridan foydalaniladi. Transport xizmatlari ko‘rsatishning dM makroiqtisodiy ko‘rsatkichi deb mamlakatning milliy daromadining (yalpi ichki mahsulotning) 1 rubliga (1 dollariga) to‘g‘ri keladigan keltirilgan yuk hajmini (tonna-kilometrlarda) hisoblash mumkin: Davlat rivojlanishining normal sharoitlarida transport ishining solishtirma kattaligining o‘sish sur’atlari yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlariga mos kelishi lozim (garchi rivojlanayotgan mamlakatlarda transportga bo‘lgan talab sur’atlari milliy mahsulotning o‘sish sur’atlarig qaraganda vaqtincha ma’lum bir darajada ilgarilab ketishi mumkin bo‘lsada). Bu nisbatlar katta darajada davlatning transport ishini optimallashtirish, tashishlarga ketadigan xarajatlarni qisqartirish, ishlab chiqaruvchi kuchlar va transportning joylashishini ratsionallashtirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan umumiy transport siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. Uzoq muddatli istiqbolda bizning davlatimizning maqsadi yuklarni tashishni nisbatan qisqartirish va yo‘lovchilarni tashishga bo‘lgan talabni ma’lum bir darajada oshirish bo‘lishi lozim. Bunda transport xizmatlarining iste’molchilari uchun transport xizmatlariga erishiluvchanlik darajasi oshirilishi lozim. dR transportga erishiluvchanlik ko‘rsatkichini hududda yuklar va yo‘lovchilarni joylashish konfiguratsiyasi va uning transport tarmog‘ining quyuqligiga bog‘liq ravishda ko‘chirishga ketadigan vaqt sarfining o‘rtacha kattaligi sifatida aniqlash mumkin (soatlarda): yuklarni tashishlar bo‘yicha: yo‘lovchilarni tashishlar bo‘yicha: bunda — hududda bir yil davomida yuklarni etkazib berishning yig‘indi vaqti, tonna-soat; — hududda bir yil davomida yo‘lovchilarni ko‘chirishning yig‘indi vaqti, yo‘lovchi soat. Bu sifat ko‘rsatkichi transport xizmatlarining iste’molchilariga transport xizmatlari ko‘rsatishning ishonchliligini xarakterlaydi. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, hududdagi barcha turdagi bog‘lanish yo‘llarining shunday tarmog‘i ishonchli deb hisoblanadiki, u hududning har qanday nuqtasidan boshqa bir nuqtasiga me’yorda belgilangan vaqt davomida erishish imkonini bersin (O‘zbekistonning o‘rtacha sharoitlari uchun viloyat ichida yuklarni tashishga — 3—4 soat, yo‘lovchilarni tashishga — 1,7—2 soat, viloyatlararo tashishlarga esa — mos ravishda o‘rtacha 2—3 va 1—2 sutka). Transport xizmatlarining iste’molchilari uchun transportga erishiluvchanlik darajasi ma’lum bir darajada mamlakatda sivilizatsiya va infratuzilmaning rivojlanish darajasi to‘g‘risida guvohlik beradi, uning ortishi esa mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning yaxshilanishiga ko‘maklashadi. 2.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida transportni boshqarish tamoyillari Tashishlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qanoatlantirishni ta’minlaydigan va xavfsizlik va ekologiklik nuqtai-nazaridan jamiyatning talablariga javob bera oladigan yuk o‘tkazuvchi va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi tashishlar tizimini shakllantirish hozirgi zamonaviy bosqichda transportni rivojlantirishning strategik maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim: raqobat va turli mulkchilik shakllariga ega bo‘lgan barcha transport korxonalarining o‘zaro harakatlari asosida transport xizmatlari bozorini shakllantirish; transportni rivojlantirishning transport xizmatlariga muhtoj bo‘lgan barcha ommaga jamoat transporti xizmatlarini taqdim qilishni kafolatlaydigan qonunchilik-huquqiy va me’yoriy bazasini yaratish; tashishlarning xavfsizligi va ekologikligini ta’minlash; transportni texnik qayta qurollantirish va yuqori samarali transport texnologiyalarini joriy qilish; O‘zbekiston transport-yo‘l majmuasini o‘zaro foydali shartlarda jahon transport tizimiga integratsiyalash. YUqorida sanab o‘tilgan vazifalar yangi iqtisodiy sharoitlarda hal qilinishi lozimligi sababli, ularni amalga oshirish bozor iqtisodiyoti sharoitlarida transportni boshqarishning yangi tamoyillariga asoslanishi lozim. Bu tamoyillar quyidagicha ifodalanadi: Transport — iqtisodiy infratuzilmaning davlat tomonidan ustivor tarmoq sifatida qaraladigan eng muhim tarmoqlaridan biridir, chunki uning faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi. Barcha mulkchilik shakllariga ega bo‘lgan korxonalarning tarmoqda faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi uchun teng shart-sharoitlar, huquqiy kafolatlar va xo‘jalik mustaqilligi. Transport xizmatlari ko‘rsatishda barcha bozor sub’ektlarining istisnosiz tengligi. Transport tarmoqlari va korxonalarning davlat tomonidan iqtisodiy tartibga solinishi. Qat’iy vertikal tuzilmalashtirish, reja-buyruqbozlik iqtisodiyoti uchun xarakterli bo‘lgan – davlatning moliyaviy va moddiy resurslarni taqsimlashi samarali tartibga solish mexanizmlari bilan almashtiriladi. Davlat tomonidan tartibga solinish quyidagi sferalarda amalga oshiriladi: transport xizmatlari bozorini tashkil qilish va korxonalarning bozorga qo‘yilishini nazorat qilish; transportda narxlarni shakllantirishni tartibga solish (tariflarni tuzish qoidalarini belgilash va majburiy tarifni o‘rnatish); soliqlarni tartibga solish (transport ob’ektlarini modernizatsiyalash va rivojlantirish xarajatlari bo‘yicha soliq imtiyozlari, maxsus hududviy soliqlarni kiritish); investitsion tartibga solish (davlatning ko‘proq mablag‘talab loyihalarni amala oshirishda ishtirok etishi). Davlat miqyosidagi vakolatlarni xududiy boshqarish organlariga berish. Mahalliy ma’muriyatlar darajasiga quyidagi masalalarni hal qilish vakolati beriladi: markazlashgan dotatsiyalar, moddiy resurslarni transport korxonalari o‘rtasida taqsimlash; mahalliy tariflarni nazorat qilish; transport faoliyatining mahalliy turlariga litsenziyalar berish; davlat tasarrufda bo‘lgan korxonalarni boshqarish; aksiyalashtirilgan korxonalarni boshqarishda davlat organlar nomidan ishtirok etish. Transportni boshqarishning bu tamoyillarini amaliyotda amalga oshirish mamlakatning bozor iqtisodiyoti sharoitlarida samarali ishlashga qodir bo‘lgan zamonaviy transport tizimini shakllantirishga tamal toshini qo‘yadi. . Transportda boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: katta hududda o‘zaro harakatlarga kirishadigan transport ob’ektlarini kenglikda (makonda) joylashtirish va ulardan ko‘pchiligining (masalan, temir yo‘llarning) uzluksiz ishlash jarayoni; tashishlarning xavfsizligi bilan bog‘lanadigan texnologik funksiyalarni aniq bajarish zarurligi; tashish jarayonlarini boshqarishda yagona boshchilik, intizomlilik va dispetcherlashtirish; tashish konveyerining barcha zvenolarining jips o‘zaro bog‘lanishi va o‘zaro bog‘liqligi. Bundan transportda ma’muriy (tashkiiy-tasarruf), iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik boshqarish uslublaridan foydalanish zarurligi kelib chiqadi. Bunda tasarruf qilish uslublari mehnatga rag‘batlntirish, ishning samaradorligi, korporativ birdamlik, tashabbus va tadbirkorlikni ta’minlaydigan iqtisodiy va psixologik uslublar bilan oqilona birlashtirilishi lozim. 2.3. Transport tizimini boshqarishni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasining transport tizimiga, aynan esa, O‘zbekiston havo yo‘llari kompaniyasi , O‘zbekiston avtomobil transporti va daryo transporti agentligi, yo‘l xo‘jaligiga O‘zavtoyoo‘l qo‘mitasi va O‘zbekiston temir yo‘llari kompaniyasi amalga oshiradi. Transport majmuasi, avval amal qilgan transport vazirliklaridan farqli o‘laroq, transport korxonalarining mulkini tasarruf qilmaydi va ularning xo‘jalik faoliyatini rejalashtirmaydi. Biroq Hukumat tomonidan Transport Vazirligining zimmasiga muhim davlat vazifalari yuklangan. Ularning qatoriga quyidagilar kiradi: havo, dengiz, daryo, avtomobil, shahar elektr transporti va yo‘l xo‘jaligi sohasida tashishlarga bo‘lgan davlat ehtiyojlarini (davlat buyurtmalari orqali ifodalangan), shuningdek mijozlarning (korxonalar, tashkilotlar, xususiy firmalar, fuqarolar) ehtiyojlarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini yuritish; Transport Vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: transport majmuasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyalari, uzoq muddatli, o‘rta muddatli va joriy bashoratlarni ishlab chiqadi; transport majmuasida yagona ilmiy-texnik siyosatni amalga oshiradi, uning ustivor yo‘nalishlarini belgilaydi, tarmoqlararo ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqadi; transport majmuasida investitsiyalash jarayonlarining davlat tomonidan tartibga solinishida ishtirok etadi; aralash tashishlarni rivojlantirishda ishtirok etadi, transport tugunlarida transport turlarining o‘zaro harakatlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; narxlar va tariflar sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va o‘tkazishda ishtirok etadi; transport tizimining holatini majmuaviy tahlil qilishni o‘tkazadi; transport majmuasi uchun umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan qonunchilik hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi; davlat xizmatlarning qonunchilik-loyihalash faoliyatini muvofiqlashtiradi. Transport tizimini boshqarishning ob’ektiv tendensiyasi markazdan uzoqlashish (demarkazlashish) va markazning hokimiyat va boshqarish funksiyalarini hududlarga berish bo‘lishi lozim. Biroq, bunda transportni markaziy boshqarish organlari boshqarish va prinsipial xarakterdagi yakuniy qarorlarni qabul qilish tizimida o‘zgarishlarni tayyorlash tashabbusini, shuningdek transport tizimining holatini doimiy nazorat qilishni har doim o‘zida saqlab qolishi lozim. O‘zbekistonning aksariyat hududlarida amaldagi transport faoliyatini boshqarish tizimi yangi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoatlarga mos kelmaydi, hududlarning mustaqilligi ortishini hisobga olmaydi. Uni o‘zgartirishga ob’ektiv zarurat vujudga kelgan. Hududlarda transportni boshqarish organlarining keng tarqalgan jahon amaliyotiga mos keladigan tuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: transport ma’muriyati organlari (departament), O‘zbekiston transport Inspeksiyasining (RTI) hududiy bo‘linmasi, Davlat avtomobil inspeksiyasi organlari (GAI) va boshqa nazorat organlari; ma’muriy bo‘lmagan xo‘jalik-moliya tashkilotlari va korxonalari, transport ma’muriyati nomidan hududning transport tizimini moliyaviy va moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlash funksiyalarini amalga oshiradi (transport xizmatlariga yagona buyurtmachi xizmati, ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish assotsiatsiyalari, jamg‘armalar, transport banklari, konsorsiumlar). Aytaylik, yagona buyurtmachi xizmati, masalan, aholining manfaatlari yo‘lida dotatsiyalar va moddiy resurslarni jamoat transporti korxonalari o‘rtasida taqsimlash va ular tomonidan taqdim qilinadigan transport xizmatlarining miqdori va sifati bo‘yicha o‘zlarining shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish bilan shug‘ullanishi lozim; muvofiqlashtirish organlari (transport kengashlari, ishchi guruhlar va komissiyalar) va jamoatchilik tashkilotlari (masalan, tashuvchilar Assotsiatsiyasi va boshqalar), hududning transport tizimini rivojlantirish sohasida keyinchalik transport ma’muriyati tomonidan qabul qilinadigan muhim qarorlarni tayyorlash va muhokamaga qo‘yishni amalga oshiradi. Transport vazirligi ma’muriyatining bo‘lgan tuzilishi 2.1- rasmda keltirilgan. Transport tizimini boshqarish markaziy organlarining quyidagi funksiyalari berilishi mumkin: transport korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladigan markazlashgan moliyaviy va moddiy resurslarni taqsimlash; mahalliy tashishlarga tariflar darajasini ishlab chiqish va nazorat qilish; faoliyatning transport turlariga litsenziyalar berishda ishtirok etish, jumladan, hududdagi transport korxonalari uchun qo‘shimcha shartlarni o‘rnatish; davlat mulkchilik shakliga ega bo‘lgan ob’ektlar va korxonalarni boshqarish va hokazolar. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling