2-ma’ruza. Ttysida talabalar bilan bevosita ishlovchi bo’limlar reja
Download 17.7 Kb.
|
2- маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
2-MA’RUZA. TTYSIda TALABALAR BILAN BEVOSITA ISHLOVCHI BO’LIMLAR Reja: Oʻquv bo’limi. Ma’naviyat- ma’rifat boʻlimi. Tashqi aliqalar boʻlimi. Iqtidorli yoshlar akademiyasi. Institut axborot resurs markazi. Tayanch so’zlar: bino, rektor, dekanat, kafedra, bo‘lim. Oʻquv bo’limi.Institutda o’quv tizimini tashkil etish va nazorat qilish vazifasini “Oʻquv bo’limi” bajaradi.Ushbu bo’lim institutdagi barcha fakultetlar dekanatlari bilan bevosita ishlaydi va har bir o’quv yili uchun o’quv reja, fanlar bo’yicha fan va ishchi dastur, talabalar amaliyotlari, o’qituvchilarning dars o’tish sifati kabi masalalar bo’yicha ishlar olib boradi. Bo’lim o’quv ishlari bo’yicha prorektor bilan hamkorlikda ishlaydi. Ma’naviyat boʻlimi.Bugungi kunda institutda talaba-yoshlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini yaratish va shu asosida tarbiyaviy ishlar metodikasini ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etish masalasi eng dolzarb masalaga aylandi. Bu borada hali juda ko‘p ishlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Institutda ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasida olib borilayotgan ishlar quyidagi asosiy yo’nalishlarda amalga oshiriladi: 1. Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida mustaqil O‘zbekiston Respublikasining vatanparvar fuqarolari etib shakllantirish, ularda milliy g‘urur, milliy fe’l-atvorning eng yaxshi sifatlarini tarbiyalash va takomillashtirish, vatan va millat oldidagi fuqarolik, farzandlik burch va vazifalarini bajarishga tayyorlash; 2. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti davrida olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish uchun talabalarni ijtimoiy himoya qilish muammolarini o‘rganish va tahlil etib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish; 3. Talabalarda kasb-hunarni egallashda mas’uliyatli munosabatni tarbiyalash, ularda fuqaro sifatida o‘z burchlarini halol bajarish tuyg‘ularini uyg‘otish va takomillashtirish; 4. Oilaparvarlik mas’uliyatini, ota-ona, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y, el-yurt oldidagi burch tuyg‘usini shakllantirish; 5. Talaba-yoshlarni jamiyat taraqqiyotiga tahdid soladigan har qanday ekstremistik oqimlarga nisbatan murosasiz, ularga qarshi jangovor kurashchi etib tarbiyalash; 6. Talabani erkin, mustaqil shaxs sifatida o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan inson sifatida shakllantirish. Institutda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida talabalar bilan olib borilgan ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari yil sayin miqdor jihatidan oshib borishi bilan birga uning sifati, samaradorligi va ta’sirchanligi ham oshib bormoqda. Institutda bu ko‘rsatkich asosida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari hamda usullarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etilganligi, jumladan, barcha ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlarida institutning barcha talabalarini qamrab olish, tadbirlarning ommaviy ravishda katta-katta guruhlarda emas, balki kichik-kichik alohida guruhlarda amalga oshirilishini ta’minlash, guruh murabbiylarining talabalar bilan olib borilayotgan ishlarini yanada faollashtirish va har bir talaba bilan individual ish olib borish natijasida erishildi. Bundan tashqari institutning barcha kafedralarida turli xil to‘garaklar faoliyat ko‘rsatib turibdi. Bunga 300 dan ortiq talaba-yoshlar a’zo bo‘lishgan. O‘quv yili davomida haftaning har seshanba kuni barcha fakultetlarda «Axborot soatlari» o‘tkaziladi. «Axborot soatlari»da institut talaba-yoshlarini respublikamizda va dunyoda bo‘layotgan xabarlar bilan barcha guruh murabbiylari tanishtirib boradilar. Buning ahamiyati juda katta bo‘lib, u talabalarimizda jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga, voqea-hodisalarga, islohotlarga faol munosabatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tasgqi aloqalar bo’limi. TAB institutning mustaqil bo'limidir. TAB o‘z faoliyatini institutning boshqa bo'limlari bilan tо‘g‘ridan-to‘g‘ri rektor rahbarligida amalga oshiradi. TAB o‘z ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Hukumat qarorlari, Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi buyruqlari va yo‘riqlari, institut Ustavi, Rektorning buyruq va farmoyishlarini TAB yo'rignomasiga amal qilgan holda olib boradi. Bo`limning xodimlari shtati va TAB haqidagi yo‘riqnoma Institut rektori tomonidan tasdiqlanadi. TAB o`z ishi bo‘yicha rektor oldida hisobot beradi. TAB bo`lim boshlig‘i tomonidan boshqariladi. Bo‘lim boshlig`i bu mansabga institut rektori tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi va ozod etiladi. Tashqi aloqalar bo’limini boshlig’i – Shohruh Madjidov. Institutning rivojlanishini barcha yo‘nalishlari bo`yicha hamkorlikni rivojlantirishni ta’minlash yo`nalishida, bo`limning bajaradigan ishlarining tarkibi quyidagi ma’lumotlar bazasini jamlash va doimo yangilab borish ishlarini o`z ichiga oladi: - mahalliy va xorijiy ishlab chiqarish korxonalar haqida ma’lumotlar; - ilg`or pedagogik, ilmiy va sanoat texnologiyalari haqida ma’lumotlar; - grantlarni taqdim etadigan tashkilotlar, fondlar, dasturlar faoliyati haqida ma’lumotlar; - mahalliy va xorijiy ilmiy - tadqiqot, ta’lim muassasalari va markazlari haqidagi ma’lumotlar. TABning asosiy vazifalari. Oliy ta’limni quyidagi yo`nalishlari bo`yicha xalqaro hamkorlik ishlarini amalga oshirish: - Talabalar va ilmiy xodimlarni o`zaro almashtirish va o`qitish, malaka oshirish, pedagogik faoliyat, ilmiy yonalish, yuqori samarali ilmiy mahsulotni ishlab chiqarish, hamkorlikda nashriyot faoliyatini amalga oshirish. Undan tashqari, xalqaro uchrashuvlarni, konferensiyalarni, seminarlar va boshqa tadbirlarni o`tkazishda hamkorlik qilish. - Institutda xorijiy mamlakatlarning fuqarolarini tayyorlash va malakasini oshirish, xalqaro va boshqa shartnomalar asosida professor-o‘qituvchilarni va ilmiy - tadqiqot sohasidagi institut xodimlariga yordam berish. Bundan tashqari, xorijiy ta’lim muassasalari, markazlari yoki individual shartnomalar (kontraktlar) bo`yicha; - Institut bilan ta’lim, ilmiy – tadqiqot, ishlab chiqarish, moliyaviy birlashmalar va tashkilotlar bilan hamkorlikdagi loyihalar va qo`shimcha moliyaviy manbalarni ta’minlovchi proyektlar va hamkorlikdagi loyihalarni xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yangi shakllarini qidirish bo`yicha analitik ishlarni amalga oshirish; - Mamlakat ichida va uning tashqarisida institutning ilmiy, uslubiy, o`quv ishlaridan xabardor qilish, shu jumladan, internet tarmog`i orqali konferensiyalar, simpozium, ko`rgazmalar, yarmarkalar va shunga o`xshash milliy, hududiy, xalqaro anjumanlarda institutning qatnashishini tashkil etish. «Iqtidorli yoshlar akademiyasi» institut talabalari, magistrantlari, katta ilmiy xodim-izlanuvchi hamda yosh olimlarini ilmiy-tadqikot va ijodiy faoliyatga jalb qilish, yo‘naltirish, kafedralarda, fakultetlarda bu borada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi tashkiliy markazdir. «Iqtidorli yoshlar akademiyasi» «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro‘yobga chiqarishning vazifalaridan kelib chiqib, iqtidorli yoshlarni aniqlash va tanlash, ularni fan sohalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlariga yunaltirish, yoshlarga o‘z iqtidorini ruyobga chiqarishlari va rivojlantirishlari uchun ilmiy muhit va tashkiliy sharoit yaratish, bu ishga ilmiy maktablar va olimlarning faol ishtirokini ta’minlash, kafedralarda olib borilayotgan dolzarb ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarga yoshlarni faol qatnashishlarini ta’minlash, kasbiy mahorat va amaliy ko‘nikma bo‘yicha ularning ijodiy, intelektual salohiyatini rivojlantirish borasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish va boshqarish maqsadida tashkil qilinadi. «Iqtidorli yoshlar akademiyasi» o‘z faoliyatini mahsus bo‘lim sifatida olib boradi.
Download 17.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling