2-ma’ruza. Ttysida talabalar bilan bevosita ishlovchi bo’limlar reja


Download 17.7 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi17.7 Kb.
#250934
1   2
Bog'liq
2- маъруза

«Iqtidorli yoshlar akademiyasi»ning vazifalari. «Iqtidorli yoshlar akademiyasi»ning iqtidorli yoshlar bilan ishlashni tashkil etish borasidagi vazifalari quyidagilardan iborat:

-iqtidorli talabalarni aniqlash va tanlash, moyilligiga qarab ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;

-iqtidorli talabalar faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;

-ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning intelektual salohiyatini davriy ravishda aniqlab borish;

-talabalarni ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarga, ilmiy to‘garaklar (laboratoriya)ga faol jalb qilish;

-Respublika va halqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar, fan olimpiadalari, seminarlar, tanlovlarda iqtidorli talabalarning ishtirokini ta’minlash;

-institut Kengashi qarorlari bilan tashkil etilgan akademik M.A. Xojinova, akademik M.T. O‘razboev, akademik X.X. Usmonxo‘jaev, Olima F.S.Kungurseva va «Institut Kengashi» nomidagi hamda boshqa faxriy stipendiyalarga nomzodlar tanlovlarini o‘tkazish va o‘quv yili davomida avvaldan tanlab olingan iqtidorli yoshlarni bunday tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rishini va qo‘shimcha o‘qishlar kursini institutda tashkil etish;

-xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga iqtidorli talabalar va yosh mutaxassis-olimlarning borishiga tavsiya berish va tashkil etish;

-iqtidorli talabalar o‘rtasida muntazam ravishda sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish;

Iqtidorli talabalarga Akademiya quyidagi ishlar bo‘yicha yordam ko‘rsatadi:



  • iqtidorli yoshlarning Respublika va halqaro ilmiy anjumanlarda ilmiy ma’ruza bilan qatnashuvida;

  • «bakalavriat-magistratura - katta ilmiy xodim-izlanuvchi» tizimi asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga yordam berish;

  • iqtidorli yoshlarning ilmiy maqolalarini chop etishda hamda ularning ilmiy ishlari va ilmiy ishlanmalarini amaliyotda joriy etishda;

  • talabalarga mualliflik guvohnomalarini, patentlarini hujjatlashtirishda;

  • fakultetlarda ilmiy anjuman, seminarlar, tanlovlarni tashkil qilish va o‘tkazish, yirik olimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishda;

  • «Ustoz-shogird» tizimi bo‘yicha ishlarni tashkil qilishda.

Download 17.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling