2-ma`ruzaga topshiriq. Oziq –ovqat, sabzavot –poliz, vitaminli va dorivor o’simliklar
Quyida poliz ekinlariga kiruvchi oila vakillarini ko‘rishimiz mumkin
Download 91 Kb.
|
2-маruzani topshirig'i
Quyida poliz ekinlariga kiruvchi oila vakillarini ko‘rishimiz mumkin.
Qovun (Melo orientalis (S. Kudr) Nab.- qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘t o‘simlik. Bargi uzun bandli, yirik, barg qo‘ltig‘ida gajagi bor. Turiga qarab asosan iyun oyida gullaydi. Guli ayrim, ba’zan ikki jinsli, sariq rangli. Mevasi ko‘p urug‘li, turli shakl va rangda 300 g. dan 15-20 kg gacha va undan ham og‘ir. Tarkibida 16-18% qand, vitamin S, karotin, pektin moddalari, mineral tuzlar bor. Mevadan ho‘lligida, quritib (qovun qoqi) qiyom va povidlo tayyorlab foydalanadilar. Qovun Respublikamizning hamma viloyatlarida ekiladi. Ayniqsa Xorazm qovunlarining shuhrati, asosan quyidagi to‘rtta turga mansub: handalak, amiri, kassaba hamda zard. Handalakga – ertapishar, ko‘kcha, handalak, zamcha, sariq handalak, bosvoldi kabilar kiradi. Amiriga – yozda pishadigan davlatboy, daxbedi, amiri, nongo‘sht, shakarpalak, toshloqi kabilar kiradi. Oila. Cucurbitaceae- Qovoqdoshlar Turkum. Cucurbita -Oshqovoq Tur. Cucurbita pepo -Oshqovoq Bir yillik o‘t o‘simlik. Oziq ovqat, dorivor, em xashak o‘simligi sifatida xamda karotin manbai sifatida keng ekiladi. Oshqovoqning siqib olingan suvi (xom oshqovoqning) yoqimli ta’mga ega va juda foydali. Oshqovoqning urug‘ida 40 % gacha moy bo‘ladi, uning tarkibida palmitin, stearin, olein va boshqa kislotalarning triglitseridlari bo‘ladi. Eng asosiy biologik faol moddasi kukurbitin aminobirikmasi xisoblanadi. U gelmintoz kasalliklarini davolashda juda foydali. Mevasidan (silos qilingan xolatdagisidan) karotin olinadi. Oila. Cucurbitaceae- Qovoqdoshlar Turkum. Melo -Qovun Tur. Melo orientalis -Qovun Oila. Qovoqdoshlar- Cucurbitaceae Turkum.Tarvuz- Citrullus Tur. Tarvuz- Citrullus vulgaris Schrad. Yotib o‘suvchi bir yillik o‘t o‘simlik. Palagi 3-4 m, bargi uzun, bandli, bo‘lakli, o‘q ildizli. Iyun oyida gullaydi. Guli ikki jinsli. CHangchi gullari palakda to‘p-to‘p, urug‘chi gullari esa yakka holda joylashadi, och sariq rangli. Mevasi avgust-sentyabr oylarida pishadi. YUmaloq, cho‘zinchoq shaklda bo‘lib, rangi oq qora, ola-bula rangda bo‘ladi. Tarkibida 6-11% qand, S vitamini, azotli moddalar va boshqa birikmalar bor. Оила.Карамдошлар- Brassicaceae Туркум. Карам-Brassica L. Тур.Карам, сабзавот карам -Brassica oleracea L. Oila. Cucurbitaceae – Qovoqdoshlar Turkum. Citrullus Schrad. – Tarvuz Tur. C.vulgaris Schrad – Tarvuz Turkum. Cucumis L. – Bodring Tur. C. sativus L. – Bodring Turkum. Melo Hill. – Qovun Tur. M.orientalis (S.Kudr.) Nab. – Qovun M. flexuosus (L.) Sager. ex M. Roem – Tarrak M. dudaim (L.) Sager – Pechakqovun yoki amiri qovun Turkum. Cucurbita L. – Qovoq Tur. C. pepo L. – Patisson, sapcha qovoq C. moschata Duch. – Osh-qovoq, oyimqovoq C. maxima Duch. – Kartoshka qovoq, o‘ris qovoq Download 91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling