2-ma`ruzaga topshiriq. Oziq –ovqat, sabzavot –poliz, vitaminli va dorivor o’simliklar
Quyida xalqimiz tomonidan ko‘p ishlatiladigan vitaminli o‘simliklardan ba’zilarini keltiramiz
Download 91 Kb.
|
2-маruzani topshirig'i
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson va hayvonlar organizmida ro‘y beradigan turli kasalliklarni davolashda ishlatiladigan dori-darmonlar ichida shifobaxsh o‘simliklardan tayyorlanayotgan dorilar salmoqli o‘rin tutadi.
Quyida xalqimiz tomonidan ko‘p ishlatiladigan vitaminli o‘simliklardan ba’zilarini keltiramiz.
Oila. Moraceae – Tutdoshlar Turkum. Ficus L. – Anjir Tur. Ficus carica L. – Anjir Oila. Elaeagnaceae – Jiydadoshlar Turkum. Hippophae L. – CHakanda Tur.Hippophae rhamnoides L. – CHakanda Oila. Rosaceae – Ra’noguldoshlar Turkum. Cerasus Mill. – Gilos Tur. Cerasus avium (L.) Moench. – Gilos Oila. Ephedraceae – Qizilchadoshlar Turkum. Ephedra L. – Qizilcha Tur.E. equisetina Bunge – Zog‘oza Oila. Equisetaceae – Qirqbo‘g‘imdoshlar Turkum. Equisetum L. – Qirqbo‘g‘im Tur.E. arvensis L. – Dala qirqbo‘g‘imi Oila. Poaceae – Bug‘doydoshlar Turkum. Bromus L. – YAltirbosh Tur.B. danthoniae Trin. – Dantoniya yaltirboshi Turkum. Oruza – SHoli Tur.O. sativa L. – SHoli Inson va hayvonlar organizmida ro‘y beradigan turli kasalliklarni davolashda ishlatiladigan dori-darmonlar ichida shifobaxsh o‘simliklardan tayyorlanayotgan dorilar salmoqli o‘rin tutadi. Oila. Equisetaceae – Qirqbo‘g‘imdoshlar Turkum. Equisetum L. – Qirqbo‘g‘im Tur. E. arvense L. – Dala qirqbo‘g‘imi Dala kirqbo‘g‘ini - kosmopolit o‘simlik hisoblanadi. Bu o‘simlik katta maydonlarda tarqalgan bo‘lib, tog‘ etaklarida, yonbag‘irlarida o‘sadi, namlik yuqori bo‘lgan joylarda, aihor va buloq bo‘ylarida uchraydi. O‘simlikning er ustki qismi ishlatiladi. YUrak xastaliklarini davolashda qirkbo‘g‘indan olinadigan preparatlar siydik haydovchi vosita shuningdek, o‘pka-yurak etishmovchiligi bilan bog‘liq shishlarni davolashda qo‘llaniladi. Qirqbo‘g‘inning qaynatma va damlamalari siydik yo‘llarining kasalliklarida, gemorroidal va bachadondan qon ketganida ishlatiladi hamda organizmning qo‘rg‘oshindan zaharlanganida foydalaniladi. O‘simlik nefrit va nefrozlarni davolashda qatiyan man etilgan, sababi u buyrakka ziyon etkazishi mumkin. Dala qirqbo‘g‘inidan tayyorlanadigan qaynatma - mahsulotdan 10 g miqdorda olib sirlangan idishga solinadi, 200 ml qaynatilgan suv quyilib, og‘zi berk idishda, 30 daqiqa suv hammomida qizdiriladi. So‘ngra 10 daqiqa mobaynida sovutiladi, dokadan o‘tkaziladi, kolgan mahsulot siqiladi. Olingan qaynatmaga dastlabki hajmi 200 ml bo‘lguncha qaynagan suv solinadi. Qaynatmani salqin joyda ikki kundan oshmasdan sakdash mumkin. Kuniga 2-3 mahal 1/3 stakan mikdorida ovqatdan keyin 1 soat o‘tib qabul kilinadi. Dala qirqbo‘g‘inining suyuq ekstraktini 1/2 choy qoshig‘ida kuniga 3-4 marta ichish mumkin. Qirqbo‘g‘inning tarkibida olma, akonit, shavel, kremniy kislotalari (2,5% gacha), oshlovchi moddalar, achchiq modda, smola, 1-5% saponin, ekvizetrin, flavonoidlar, 4,7 mg% karotin, 30-90 mg% askorbin kislotasi va boshqa moddalar bo‘ladi. OILA.ALLIACEAE-PIYOZDOSHLAR TURKUM.Convallaria-Marvaridgul (Landish) TUR. C.majalis L.–Marvaridgul O‘rmalovchi ildizpoyali ko‘p yillik o‘simlik, uzunligi 15-30 sm. O‘simlik tuksiz. Ildizbo‘g‘izi barglari 2 (3) yoysimon tomirli, cho‘ziq-ellipssimon, novsimon, uzunligi 10-20 sm, eni 4-8 sm, och yashil. Gullari 6-20 ta, hidli, tojbarglari qo‘shilgan, oq, uzunligi 5-7 mm, sharsimon-qo‘ng‘iroq. CHangchisi 6 ta, urug‘chisi 1 ta. Mevasi qizil-sarg‘ish, sharsimon, urug‘i dumaloq-tuxumsimon, och-sariq rangli. Urug‘i bilan va vegetativ (ildizpoyasi) ko‘payadi. Aprel-iyun oylarida gullab, avgust-sentyabrda mevasi pishadi. Ishlatiladigan organi: guli, bargi, urug‘i 1-o‘simlikning yuqori qismi, 2-ildizpoya-ildizi va asosiy poyasi bilan, 3-gulning bo‘yiga kesimi, 4-etilgan meva, 5- mevaning ko‘ndalang kesimi Ishlatilishi: YUrak kasalida foydalaniladi. Zaharli, dorivor o‘simlik hisoblanadi. Kosmetikada ishlatiladi. Foydalaniladigan qismi. Tibbiyotda may marvaridgulining, asosan, er ustki qismi (o‘ti) hamda ayrim hol¬larda bargi va gulidan foydalaniladi. O‘ti va gullari o‘simlik gullagan vaqtda, barglari esa gullashdan oldin yoki gullay boshlaganda ochiq va quruq havo¬da, shudring erdan ko‘tarilgandan so‘ng, erdan 3—5 sm baland o‘rib olinadi va soya erga yupqa qilib yoyib yoki quritgichda 50—60°S da quritiladi. Oila. Ginkgodoshlar- Ginkgoaceae Turkum. Ginkgo- Ginkgo L. Tur. Ikki bo‘lmali ginkgo- Ginkgo biloba L. Bo‘yi 15-20 m.li ikki uyli daraxt. Barglari keng elpig‘ichsimon, etli, uzunligi va eni 1-12 sm, yuqori qismi notekis kungurasimon yoki urug‘i danaksimon, dumaloq. May-iyun oylarida gullaydi, sentyabr oyida mevasi pishadi. Juda yorug‘sevar, tuproq va namga talabchan o‘simlik. Vatani: SHarqiy Xitoy Tarqalishi: Xitoy, Janubi-sharqiy Osiyo (Xitoy), YAponiya Ahamiyati: Manzarali. Urug‘i etilganda pistaga o‘xshash, qattiq bo‘lib, bo‘yi 3 sm, eni 1,5 sm ga etadi. U ikki pallali bo‘lib, endosperma, kraxmal va yog‘ moddalarga boydir. Oziq-ovqat sifatida urug‘inpng ahamiyati katta. Xushmanzara daraxt sifatida foydalaniladi. Oila. Ayiqtovondoshlar-Ranunculaceae Turkum. Parpi –Acanitum L. Tur. Jungor parpisi-A.jungarica L. Ko‘p yillik ildizpoyasi tugunaksimon, zaharli o‘t o‘simlik. Poyalari tik o‘suvchi, mustahkam, balandligi 70- 150 sm. Barglari yumaloq, uzunligi 5- 9 sm, eni 8- 12 sm, asosigacha 5 ta bo‘lakka ajralgan, ketma-ket o‘rnashgan. Tupguli shingilsimon, gullari to‘q, zangori yoki xira binafsha rangda. Iyul-avgust oylarida gullab, mevasi avgust-sentyabrda pishib etiladi. Tarqalishi. O‘zbekistonda boshqa turlari o‘sadi. Markaziy Osiyo, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tog‘larida tarkalgan. Foydalanadigan qismi. Tibbiyotda parpining ikkala turidan foydalaniladi. Qorakul parpisining tugunak ildizidan, jung‘or parpisining er ustki qismidan foydalaniladi. Jungar parpisining er ustki qismi o‘simlik gullashi oldidan va gullash vaqtida o‘rib olinadi. Tarkibi. Ildiz tugunagi tarkibida 2,35% gacha, er ustki qismida 0,5% gacha alkaloidlar bo‘ladi. Oila. APOCYNACEAE JUSS. –KENDIRDOSHLAR Turkum. Vínca-Barvinok Tur. Vínca mínor- Kichik bargli barvinok CHala buta, bo‘yi 0,25 sm. gacha doimiy yashil. Barglari oddiy, ellipssimon. Asosan, er ustini qoplovchi o‘simlik. Gullash davrida yuqori manzarali ko‘rinishga ega bo‘lib, uni turli gulbandlariga, ayniqsa osilib (aprel) o‘suvchi o‘simlik sifatida ekish tavsiya etiladi. Botanika bog‘ida iqlimlashtirilgan. Vatani: Evropa Ahamiyati: Manzarali Foydalaniladigan qismi. Tibbiyotda kichik burigulning er ustki qismi (o‘ti) dan foydalaniladi. Er ustki qismi may oyidan boshlab oktyabrgacha o‘rib olinadi va soya, havo almashinib turadigan joyda yoki quritgichlarda 40—50° S da quritiladi. Tarkibi. O‘ti tarkibida bir qancha alkoloidlar bor. Qo‘llanilishi. Kichik buriguldan tayyorlangan dorivor preparatlar va ajratib olingan alkaloidlar qon bosimini tushiradi, ayniqsa, miya va yurak-qon tomirlarini kengaytiradi. Kichik bo‘rigul dorivor preparatlaridan vinkapan qon tomirlarini (ayniqssa, miya qon tomirlarini) kengaytiruvchi, qon bosimini tushiruvchi va qisman tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Download 91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling