2. Mashg’ulot: Yadro tuzilishi va hujayraning bo‘linishi. Hujayra shirasining tarkibi. Turgor va plazmoliz hodisasi


-rasm: Piyoz ildizi hujayrasining mitoz bolinishi


Download 373.57 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi373.57 Kb.
#1514278
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-LOB mavu (3)

6-rasm: Piyoz ildizi hujayrasining mitoz bolinishi:

  1. tinch xolatdagi yadro,2,3,4-profaza davrlari,5-metafaza, 6,7,8-anafaza,

9,10- sitokinez-telofaza
HUJAYRA ShIRASINING TARKIBI.
UMUMIY TUShUNShA: Hujayra shirasi tarkibida glikozidlar, oshlovchi, organik moddalar, har xil qandlar, ya'ni saharoza, glyukoza, fruktoza mavjud bo‘lib, pishib yetilgan mevalarning ta'mi ana shu moddalarning borligiga bog‘liqdir. Tuzlardan kaliy xlorid, kaltsiy nitrat, magniy sulfat, kaliy gidrofosfat, temir (III)xlorid va boshqalar bo‘ladi. Organik kislotalardan: limon, olma, oksalat, vino, qaxrabo va boshqalar bo‘ladi. Hujayra shirasi odatda ishqorli reaktsiya beradi. Uglevodlar hujayra shirasida glyukoza (uzum shakari S 6N12O6), saharoza (qamish shakar (S12N22O4 ) va boshqa shakllarda bo‘ladi. Shakar suvda yaxshi eriydi. O‘simlik tanasi bo‘ylab tez tarqaladi. O‘simlik mevasida, ildizida va boshqa organlarda to‘planadi.
HUJAYRA ShIRASI TARKIBIDA UGLЕVODLARNING BORLIGINI FЕLING RЕAKTIVI YORDAMIDA ANIQLASH
IShLASh TARTIBI: Hujayra shirasida shakar (glyukoza) borligini to‘tiyoyi (mis kuporosi) yoki kaliy ishqori eritmasidan iborat feling suyuqligi yordamida aniqlasa bo‘ladi. Reaktsiyaning qanday kechishini ko‘rish uchun bir probirkada uzum sharbati olinadi. Unga feling reaktivi qo‘yib, spirtli lampa alangasida qizdiriladi, natijada sharbat ostida qizg‘ish tusli cho‘kma hosil bo‘ladi. Demak hujayra shirasida shakar bor.
Azotli birkmalar. Oqsillarni aniqlash tartibi: Azotli birikmalar o‘simlik hujayrasida amino va amido kislota shaklida paydo bo‘ladi. Bu kislotalar tarkibida S, N, O elementlari uchraydi. Hujayra tarkibida oqsil moddasining mavjudligini quyidagi rangli reaktsiyalar vositasida aniqlab olish mumkin.
1.Milon reaktivi. Simobning nitrat kislotaga ta'sir etishi tufayli vujudga keladi, uni oqsil moddaga ta'sir ettirib qizdirilsa, oqsil qizg‘ish rangga kiradi.
2.Biuret reaktivi. Kaliy ishqori, to‘tiyoyi eritmasi bilan oqsil moddaga ta'sir ettirib qizdirilsa, oqsil moviy binafsha rangga kiradi.
3.Ksantoprotein reaktsiyasi. Bunda nitrat kislotani oqsil moddaga ta'sir ettirib qizdirilsa, oqsil ochiq sariq tusga kiradi.

Download 373.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling