2. Mashg’ulot: Yadro tuzilishi va hujayraning bo‘linishi. Hujayra shirasining tarkibi. Turgor va plazmoliz hodisasi


Download 373.57 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi373.57 Kb.
#1514278
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-LOB mavu (3)

TURGOR VA PLAZMOLIZ.
Hujayra protoplazmasi o‘zi bilan aralashmaydigan suyuqlik ajratadi, bu suyuqlik hujayra shirasi deyiladi. Protoplazmadagi hujayra shirasi bilan to‘lgan bo‘shliqlar vakuollar deb ataladi.
Hujayra shirasining suvga to‘yinib taranglanishi – hujayraning turgor holati deyiladi. Turgor holatdagi ya'ni tarang bo‘lib, turadigan hujayralar o‘zaro bir-biriga zich yopishib, o‘simlik organini elastik holatga keltiradi. Shu holat tufayli o‘simlik poya, barg, gullari (tarang) turadi. Hujayra shirasining o‘zidan suvini yo‘qotgan holati plazmoliz hodisasi deyiladi. Bunda sitoplazma qisqaradi va hujayra po‘stidan ajralib o‘rtaga to‘planadi. Hujayra shirasi esa hujayra po‘stiga yaqin joylashadi. Plazmolizda o‘simlik organlari so‘liydi. Plazmoliz holatidagi hujayra suvga botirilsa, unda turgor holati qayta tiklanadi. Bu esa deplazmoliz hodisasi deyiladi.

TURGOR VA PLAZMOLIZ HODISASI QUYIDAGICHA O‘RGANI-LADI. Spirogira suv o‘tining bir necha ipini olib, buyum oynasidagi suv tomchisiga qo‘yiladi. So‘ngra unga mikroskopning katta qilib ko‘rsatadigan ob'ektivi orqali qaralsa, uning turgor holatda ekanligi ko‘rinadi. Shundan keyin qoplag‘ich oynani biroz ko‘tarib unga suvni o‘ziga tortib oladigan eritmadan, masalan selitra eritmasidan bir nechta tomchi tomizilsa,plazmoliz hodisasining qanday ro‘y berishini kuzatish mumkin. Bunda hujayra ichidagi moddalar asta sekin to‘planib qoladi. Bu hodisa hujayra shirasining quyuqligi bilan bir xil bo‘lguncha davom etadi. Plazmoliz holatdagi hujayrani toza suvga solib qo‘yilsa, u yana turgor holatiga o‘tadi.

7-rasm .Hujayra shirasining paydo bo’lishi:
I-embrional hujayra, II-o’sayotgan hujayra, III-IV-voyaga yetgan hujayra,
1-yadro,2-sitoplazma,3-vakuol,4-hujayra shirasi





8-rasm: Spirogira hujayrasi, chapda-plazmoliz holatdagi,o’ngda-turgor
holatidagi hujayra
SAVOLLAR:
1. Yadro va hujayralarning bo‘linishi necha xil bo‘ladi, bir- biridan farqlarini tushuntirib bering?
2.Hujayra bo‘linishining profazasi bosqichida qanday o‘zgarishlar amalga oshadi?
3. Metafaza boschiqida qanday o‘zgarishlar amalga oshadi ?
4. Anafaza boschiqida qanday o‘zgarishlar amalga oshadi ?
5. Telofaza boschiqida qanday o‘zgarishlar amalga oshadi ?

6.Hujayra po‘sti qanday vazifani bajaradi?


7.Hujayra po‘sti nimalardan tuzilgan?
8.Hujayra po‘stining ximiyaviy va fizikaviy xususiyati nimadan iborat?
9.Hujayra po‘stida necha xil va qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
10.Yog‘ochlangan va po‘kaklangan hujayralar qanday reaktivlar vositasida aniqlanadi?
Download 373.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling